O‘zbek аdabiy tili (morfologiya) toshkent nashriyoti


-topshiriq. Quyidagi test topshiriqlarini mustaqil bajaring


Download 0.78 Mb.
bet16/118
Sana09.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1469389
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118
Bog'liq
ишланилаётган

1-topshiriq. Quyidagi test topshiriqlarini mustaqil bajaring.
1. AHVOga tegishli xususiyatlarni toping. 1.Moddiylikdan xoli 2.Betakror
3. Cheksiz 4.Takrorlanuvchan 5.Moddiylikka ega
A. 5,2,3
B. 3,2,4
C. 1,2,5
2. UMIS va AHVO munosabati falsafada qanday ataladi?
A. Substansiya va aksidensiya
B. Zot va tajalli
C. Haq va sifat
3. Fonologik UMIS qanday ataladi?
A. Tovush
B. Fonema
C. Grafema
4. Quyidagi misralari bilan UMIS va AHVO munosabatini ajoyib tasvirlagan shaxsni aniqlang.
Subutiydir aning sakkiz sifoti,
Sifot zoti emas, na g’ayri zoti.
A. Alisher Navoiy
B. Huvaydo
C. So‘fi Olloyor
5. Moddiylikdan xoli va takrorlanuvchanlik xususiyatlari qaysi kategoriyaga xos?
A. AHVO
B. UMIS
C. AKSIDENSIYA


2- topshiriq. Quyidagi so‘zlarga izoh bering va ingliz tiliga tarjima qiling:
• umumiylik – alohidalik;
• mohiyat – hodisa;
• imkoniyat – voqelik;
• sabab – oqibat.


3-topshiriq. Matnni o‘qing. Matn tarkibidagi har bir so‘z ifodalangan grammatik ma’noni izohlang.Grammatik ma’no ifodalovchi vositalarga diqqat qiling.
Usmon Nosirning keyingi umri panjaralar ichida, yerto‘lalar, qamoqxonalar va tikanli simlar ortida kechdi. Quyoshning bir tutam nuri ham uning yuziga temir panjaralar orasidan tushdi. Sovuq o‘lkalarda kechgan yillarda esa quyoshni deyarli ko‘rmadi.
Kechagina shoirning jo‘shqin ovozi yangragan zallarda endi uning nomi va ijodiga tuhmat toshlari otila boshlandi. Korxonalar va o‘quv yurtlarida, gazeta va jurnallar sahifalarida, radio to‘lqinlarida Usmon Nosir sha`niga aytilgan bo‘htonlar avj oldi. Kutubxona va she`riyat muxlislari uyini nurga to‘ldirib turgan shoir kitoblari gulxanlarga tashlandi.
Tergov xonalarida esa uning «xalq dushmani» ekanligini tasdiqlash, «dalil»lar topish uchun turli vahshiyona usullar qo‘llandi. Hali yigirma to‘rtga kirib ulgurmagan yigitning boshi balolardan chiqmadi. G`ayriqonuniy tergov usullari qanchalik dahshatli bo‘lmasin, u qariyb bir yil davomida «o‘z aybi»ni bo‘yniga olishdan bosh tortdi. Ammo nafaqat shoir, balki tergov ishlari bo‘yicha mutaxassislar ham qaysar edi. Oqibatda Usmon Nosir Toshkent qamoqxonasida saqlanayotgan kezlaridayoq ruhiy kasallikka duchor bo‘ldi…(Naim Karimovdan)

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling