Lutfiy ijodiga Navoiy bir nechcha marta to‘xtalishiga sabab nima?
Lutfiy “uftad” radifli g‘azalini kim davom ettirishini vasiyat qil- gan?
Lutfiy qaysi tarixiy asami she’riy yo‘l bilan tarjima qilgan?
Navoiyning qaysi radifli g‘azali Lutfiyning “oftob” radifli g‘azaliga hamohang?
Lutfiyning g‘azallaridan tansiq us-sifot san’ati qo‘llangan g azalni tahlil qiling.
Lutfiyning oshiqlik qismati lfodalangan g‘azalidan oxirgi ikki baytni sharhlang.
Lutfiy ijodida xalq og‘zaki ijodidan qaysi janrlar qo‘llangan?
Yaqiniy Lutfiyning fardini qay maqsadda keltirgan?
Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da Lutfiy haqida qanday ma’lumot bergan?
Gadoiy
Reja:
Navoiy Gadoiy haqida.
Gadoiy ijodi yevropa olimlari nigohida.
Gadoiyning devoni qo‘lyozmasi va g‘aazallarining mavzu ko‘lami.
Gadoiy g‘azallarida badiiy san’atlaming o‘ziga xosligi.
Gadoiy g‘azallarining qofiyalanish tizimi haqida.
Tayanch so‘z va iboralar: adabiy harakatchilik, о ‘zbek adabiyoti- ning taraqqiyoti, tazkira, matla turkigo ‘у shoirlar, g ‘azal maqta ’i, devon, g'azal, dunyoviy ishq, qofiyalanish tizimi..
Navoiy Gadoiy haqida. Shoir Gadoiy ijodi XV asrda temuriylar- ning adabiyot va san’atga alohida e’tibori bois Movarounnahr va Xu- rosonda adabiyot gullab-yashnagan davrga to‘g‘ri keladi. V.V. Bartold la’biri bilan aytganda, Gadoiy har ikki o‘lka turkiy tildagi adabiy ha- rakatchilikning markaziga aylangan davrda ijod qilgan edi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyotiga Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy bilan bir qa- lorda, Gadoiy ham katta hissa qo‘shdi.
Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasida Gadoiy haqida ma’lumot bor. Navoiy Gadoiy to‘g‘risida shunday yozadi: “Mavlono (iadoiy turkigo‘ydir, balki mashohirdindur. Bobur Mirzo (Abdulqosim Bobur - N.R.) zamonida she’ri shuhrat tutti. Bir nav’i aytur va aning mashhur matla’laridan biri buldurkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |