O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Iltifotingdin, begim, men shuhrat ettim iqtisob


Download 2.59 Mb.
bet203/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Iltifotingdin, begim, men shuhrat ettim iqtisob.
[Mening g‘azallarimni istaganingizda boshim ko‘kka yetdi, shundan devonim sharaf topib, keksayu yosh tomonidan qabul qilindi. Qulingiz Lutfiyning she’rini o‘qishga siz ehtiyoj sezdingiz, ey bek, sizning iltifotingizdan men shuhrat topdim.]
Ko‘rinadiki, Alouddavlaga ham Lutfiy g‘azallari ma’qul bo'lgan. Chamasi, Alouddavla Lutfiy g‘azal!arini so‘rab olib o‘qib turgan. Bayt- lar mazmunidan yana shu narsa anglashiladiki, yuqoridagi qasida yo- zilgan davrda - taxmman 1430-yillarda Lutfiy devon tuzgan, degan xu- losaga kelish mumkin. Lutfiy devonni bir marta emas, balki bir necha marta tuzgan. Devon qo'lyozmasining Parij va Gota nusxalari shunday fikrga kelishga undaydi. Zotan, bu nusxalarda devon yangi she’rlar bilan to‘ldirib boriigan. Devonda she’rlaming o‘rni almashtirilgan, she’rlar tarkibidagi ayrim baytlar tushirilib, yangilari bilan almashtirilgan, bayt- lar mazmunan qayta tahrir qilingan. Demak, Lutfiy o‘z ijodiga har doim jiddiy yondashgan.
Mavlon Lutfiy, birinchi navbatda, Navoiy tarif berganiday, so‘z podshohi. Bu unvonga sazovor bilish uchun Mavlono Lutfiy so‘zga munosabat va so‘z tanlash, o‘z she’rlarini butun bir davr she’riyatining mezoni sifatida yaratish mas’uliyatini zimmasida olib yurishi lozim edi. Mavlono Lutfiy, haqiqatan, she’rlarini ana shu mas’uliyatni his qilib, munosib tarzda yaratdi.
Mavlono Lutfiydan boy adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi. Lckin bu asarlaming ayrimlari hali topilmagan. Lutfiy Sharafiddin Ali Y azdiyning fors tilidagi “Zafamoma” (1437) asarini ham Shohruh Mirzoning taklifi bilan ona tiliga she’riy tar- jima qilgani Navoiy tomonidan aytilgan. Ammo Navoiy bu tarjimaning oqqa ko‘chirilgan nusxasi yo‘qligi uchun shuhrat tutmaganini aytgan edi.
Keyinchalik yaratilgan adabiy-tarixiy manbalarda Navoiy asarlari- da berilgan ma’lumotlar takrorlansa-da, bu ma’lumotlar aynan qaytariq bo‘lmay, Lutfiy hayoti va ijodining biron qirrasini ochishga xizmat qiladi. Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Zahiriddin Bobur, Posh- shoxoja kabi qator shoiru muarrixlar Lutfiy ijodi, xususan, she’nyatiga yuksak baho berdilar. Lutfiy asarlari XIX asming oxirlarigacha ham ijod ahliga kuchli ta’sir ko‘rsatganini qori Rahmatulloh Vozch (1817-1894) ning “Majmuai mansur va manzumi Vozeh” tazkirasidan ham bilib olish mumkin.
Savol va topshiriqlar


  1. Download 2.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling