bayt:
[Xusho, labingdin chiqqan so‘zlar - ruh ozig‘i, so‘zning jonidir,
Yuzing guli - so‘z bo‘stoni chamanlarini bezovchidir],
Hazrat shukrguzorlik yuzidin ma’zarat (uzr) izhori qilib dedilarkim, bu she’ming silasi (in’omi) uhdasidin biz chiqaolmasbizki, magar muqo- balada ham qasidae sizning otingizg‘a aytqaybiz. Mavlono dedilarki, ani sizga oson qilurbiz. Sizning kiygan oson to‘nungizni gadoylik qilurbiz- ki, hulla (ipakdan tikilgan kiyim) bo‘lg‘ay. Ul hazrat uzrxohliqlar bilan kisvat (kiyim)ni Mavlonog‘a kiydurdilar. Mavlono bag‘oyat sn‘xta kishi erdi... Bu matla’idin bu toifa mashrabi (tabiati, odati)ning choshnisi (ta- biati) zohirdur:
Ulki husn ctti bahona elni shaydo qilg‘ali,
Ko‘zgudek qildi seni o‘zini paydo qiig‘ali.
(Alisher Navoiy.MAT. 17-tom, T.:2001 476-477-b.).
Navoiy keltirgan bu ma’lumotdan Lutfiyning, birinchi navbatda, darveshlik axloqida ham mashhur bo‘lganini, tariqat odobi sulukiga man- subligini bilib olamiz. Darveshlar yo‘li, Navoiy «Mahbub ul- qulub»da aytganiday, botini zohiri bilan barobar, odamlaming malomatlarini xushnudlik bilan qabul qiladigan, adab va tavoze’ni o‘zlariga odat qilib olgan, do‘stu dushmanga baravar yaxshilik istaydigan toifaning yo‘lidir. Gadoylar ham darveshlarning bir toifasi edi. Tariqat odobi bo‘yicha esa, tariqat ahli orasida faqirona kiyimlar kiyib yurish odati ham bo'lgan.
Lutfiy temuriy shahzodalar homiyligida. Boysung‘ur Mirzo kabi sultonlar Lutfiyni buyuk shoir sifatida g‘oyat e’tirof etganlar, uni o‘z huzurlariga taklif qilib turganlar. Lutfiy Boysung‘uming hayot dav- ri va uning o‘g‘li Alouddavlaning yoshlik, navqiron yigitlik paytiga bag‘ishlangan qasidasining so‘nggi ikki baytida o‘zi bilan shahzodalar o‘rtasidagi munosabatlar manzarasini chizib beradi:
Yetti boshim ko‘kka, shohokim, tiladingiz g‘azal,
LT sharaftin topti devonim qabuli shayxu shob.
Lutfiy qulning she’ri birla xuddi ehtiyoj,
Do'stlaringiz bilan baham: |