Chu bir dam ko‘rmadim siymtek saqoqing.
Ham ul dam kuydi Lutfiy sham' yangliq,
Ki ko‘rdi nogihon nortek yangoqing.
Oshiqni qiynayotgan dardning bir o‘zi emas, balki dard bilan birga firoq, hijron, g‘am-hasrat kabi kayfiyatlar ham oshiqni iztirobga sola- di, uning iztiroblari kuchayib boradi. Oxirgi ikki baytda yoming oppoq bag‘bag‘alarini ko‘ra olmaganidan hasrat chekib sochi oqargan bo‘lsa, qizil yanoqlarini ko‘rganda shamga o‘xshab kuydi. Ikki detal, bir-biriga zid ikki holat. Ammo bu zidlikning natijasi ma’shuqaning yagona maq- sadini amalga oshiradi - oshiqning dardini zo‘raytiradi, xolos. Dardning teran ildizini, dardning qiyofasini bu qadar mahorat bilan chizish faqat Lutfiyga xos.
Lutfiyning fors tilida yozgan she’rlaridan ayrim-ayrim baytlar, shu- ningdek, uning Abdurahmon Jomiy davom ettirib tugatgan “aftad” radif- li g‘azali to‘liq holda yetib kelgan.
Lutfiyning ruboiy va tuyuqlari. Lutfiyning ruboiylari ham, g‘azallari singari, yuksak saviyada yozilgan. Uning g‘azallarida asosiy o‘rin egallagan yor ishqi, hijron azoblari va oshiqning dardlari ruboiyla- rida ham asosiy mavzudir:
Furqatingni chekkali jon qaydadur,
Sabr etarga sensiz imkon qaydadur!
Bizni bir yo‘li fvromush aylading,
Ul burunqi ahdu paymon qaydadur!
Shoirning tuyuqlari ham o‘zbek adabiyoti tarixida mazkur janrlami boyitdi, u o‘zbek tilining boyliklaridan foydalanib qolmadi, balki o‘zbek tilini boyitishga katta hissa qo‘shdi.
Tuz, begim, bu damda suhbat ko‘kini,
Tut ayoq, kes dardu g‘amning ko‘kini.
Ilikingdin chiqsa boshqa bir ayoq,
Ko‘zga ilmon dunyining yer-ko‘kini.
Tuyuqning mazmuni quyidagicha: 1. Ey begim, kel, suhbatga ко ‘rk bag‘ishlagin; 2. Qadah tut menga, dardu g‘amlarimning ildizini kes; 3. Agar qoTlaring bilan menga yana bir marta qadah uzatsang, 4. dunyo- ning yeru osmonini ham nazar-pisand qilmaydigan bo‘laman.
Lutfiy ijodida fard va xalq og‘zaki ijodi janrlari. Ma’lumki, fard janri uzoq tarixga ega. Turkiy adabiyotda “Devonu lug‘atit-turk”da qa- dim xalq og‘zaki ijodidan davom etib kelgan, tojik adabiyotida esa Ru- dakiy ijodidan boshlangan fardlami kuzatish mumkin. Lutfiyning fardla- ri sharqona didaktik mazmunning chuqurligi va falsafiy mushohadaning kengligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Lutfiyning fardlari, bir to- mondan, so‘z o‘yinlari asosiga qurilgani, ikkinchi tomondan, g‘azallari va ruboiylarida madh etilgan hijron va dardning yangi qirraiarini o‘zida mujassamlantirgani bilan ahamiyatli.
Do'stlaringiz bilan baham: |