O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Buyon kelgach safardin mahliqoyim


Download 2.59 Mb.
bet199/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Buyon kelgach safardin mahliqoyim.
Qonimni hajr ila to‘kti yozuqsiz,
Dudog‘ingdin tilarman xun bahoyim.
Farah qil, Lutfiykim, dildor keldi,
Ijobat bo‘ldi hazratta duoyim.
Bu qadar maftunkor, jozibali, ayni paytda jafokor yor tasviri dunyo- viy muhabbatga bo‘lgan tashnalikdan paydo bo‘lgan. Yorning g‘azalda keltirilgan hamma sifatlari, tashqi go‘zalligi tansiq us sifot san’atini hosil qilgan.
Ayrim hollarda yorning jafosidan, noz-karashmalaridan azob chek- kan qahramon umidsiz kayfiyatga tushganday bo‘lib tuyuladi. Aslida baytlarning ma’nosi umidsizlikni emas, balki hijronning avj cho‘qqisini ifoda etadi. Quyidagi baytlarga e’tibor bcraylik:
Janozamning kovurgokina bog‘lang nomai shavqim
Kim, ul nomehribon topqay xabar bu joni zorimdin.
Ayur Lutfiy aning uzrin ne deb, mahsharda bo‘lg‘aymen,
Jafo birla agar qonim to‘kub o‘tsa mazorimdin.
Oshiqning ma’shuqaga yetkazmoqchi bo‘lgan oxirgi orzusi bor: oshiq janozasi kuni ma’shuqaga aytolmagan dardlarini nog‘ora sadolari orqali yetkazishni vasiyat qilmoqda, toki rahmsiz yor marhum oshiqning ohu zorlaridan xabar topsin.
Bu baytda oshiqning o‘kinchi yoki zolim yoridan yuz o'girish kayfi- yati yo‘q, aksincha, qabrda yotganda ham yorning jatolarini qabul qiladi, chunki oshiqning muhabbati abadiy. Chinakam muhabbatning samimiy ifodasi, oshiqlik qismatini bo‘yniga olish ana shudir.
Lutfiy g‘azallarida oshiqlikning qismati faqat his-tuyg‘ulaming osh- kora ifodasiga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki hijron azoblaridan zavqla- nish, mahzunlik orqali ichki dardni yuzaga chiqarishda ham namoyon bo‘ladi. OshiqJik qismatining haqiqiy suratini Lutfiy quyidagicha chizib beradi:
Firoqingg‘a meni soldi qaroqing,
Na hojat qiynasa emdi firoqing...
Na deb hajr ilkidin sendin tilay dod,
Ki hijron birla birdur ittifoqing.
G ‘amu hasrat bila boshim oqardi,

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling