O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet208/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Gadoiy g‘azallarida muqobala (qarshi kelish, zidlantirish) san ’atida ham mahoratga erishganini alohida ta’kidlash darkor:
Oq evindin qo‘ymas erding chiqqali, ey shum raqib,
Shukrlillah, borikim, yuzung qaro bo‘ldi yana.
Yoki:
Oq evingdin chiqqan uchun bo'ldi oshufta raqib, Nc qizardi munchag‘a yolg‘onchi ul yuzi qaro.
Quyidagi g'azalnig matla’ida ham muqobala san’ati bor:
Umr sen ore balekim, umrdin kelmas vafo,
Xush ko‘runmaydur dag‘i bir yo‘ii anvoi jafo.
Gadoiyning “ko‘ngul” radifli uchta g‘azali bor. Gap bitta radifning uchta g‘azalda ishlatilganida emas, balki har uchala g‘azalning mavzu ji- hatidan bir-biriga bog‘liqligida, bir g‘azaldagi mavzuni ikkinchi g‘azaida davom ettirganida. Birinchi g‘azal quyidagicha matla’ bilan boshlanadi:
Ey mening haqqimda yuz turluk jafo qilg'on ko‘ngul,
Xasta jonimni giriftori balo qilg‘on ko‘ngul.
G‘azalning keyingi baytlari mazmuni quyidagicha: ma’shuqa be- vafo, ammo oshiqning ko‘ngli baribir o‘sha jafochiga mubtalo bo‘lgan; ko‘ngul oshiqni dardu g'amga oshno qilgan; ko‘ngli uni hijron o‘tida kuydirib, ayshu ishratdan mahrum qilgan va h.
Endi ikkinchi g‘azalning matla’iga e’tibor bcraylik:
Ey meni mundoq jahonda xoksor etgan ko‘ngul,
Yor zulfitek parishon ro‘zgor etgan ko‘ngul.
Bu g'azaining matla’i mazmuni keyingi baytlarda davom etadi: ayshu ishrat ichida uning ko‘ngli dardu balolarni ixtiyor etgan; yillar davomida yiqqan javohirlarini - obro^e’tiborini ko‘ngli oyoq osti qilib tashladi; bir paytlar elning nazarida e’tiborli odam bo‘lgan edi, ammo ko‘ngli endi uni it kabi bee’tibor qildi.
Uchinchi g‘azalning matla’i quyidagicha:
Ey soching zanjirining majnuni bu shaydo ko‘ngu!,
Necha yonsun furqatingning o‘tina imdo ko‘ngul.
Endi oshiq ma’shuqaning jafo va zulmlarini emas, balki ko‘ngilni ma’shuqaga bog‘lovchi omillar - sochiga shaydo bo‘lgani, firoq o‘tida yonganda ko‘ngil madad bergani va ma’shuqa tufayli ko‘p balolar ko‘rganini hikoya qilayotganday bo‘ladi. Avvalgi ikki g‘azalning xu- losasi shu g‘azalda jamlanadi. Oshiq ma’shuqaning hamma jafolarini boshdan kechirib bo‘Idi, endi taqdirga tan berdi, hammasiga ko‘ngul sa- babchi bo‘ldi.
Shoir dardlarini bitta g‘azal doirasiga sig‘dira olmagan. Shoir os­hiqning ahvolini tadrijiy ravishda rivojlantirib borgan. Ko‘ngul jafoni kuchaytirib, zulmni orttirib boraverdi, oshiq esa ko‘ngli oqibatida kel- gan jafolami va zulmni qabul qilaverdi. Shunday qilib, uchinchi g‘az/al ko‘nguining ishlariga yakun yasadi.
Gadoiy g‘azallarining qofiyalanish tizimi haqida. Ba’zi g‘azallarida Gadoiy qofiyalanish tizimidan va qoidalaridan tashqa- ri chiqadi. Sababi shuki, shoir xalq qo'shiqiarining vazni va qofiyasi- ga berilib kctib, xalq qo'shiqlari qofiyalanishini tatbiq qiladi. Agar bu qofiyalanish tizimi noo‘rin bo‘lganda edi, Navoiy “Majolis un-nafois” da Afoyining qofiyada yo‘l qo‘ygan xatosi to‘g‘risida to‘xtalgani kabi, Gadoiy g‘azallarida qofiyalanishdagi saktaliklar to‘g‘risida ham so‘z yuritgan bo‘lardi. Ammo Navoiy Gadoiyning qotiyalari to‘g‘risida yoki she’riyatidagi biron kamchilik to‘g‘risida hech gap aytmaydi. Ga­doiy qofiya sifatida bir xil so‘zlardan yoki qofiya hisoblanmaydigan so‘zlardan ham foydalanadi. Qofiya o‘mida foydalaniladigan so‘zlar, xalq qo‘shiqlaridagi kabi shc'rning ohangini buzmaydi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling