O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi To‘xtayeva Saida Akmal qizining


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………...……….60


Download 371 Kb.
bet2/11
Sana09.01.2023
Hajmi371 Kb.
#1085425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi s

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………...……….60
Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Ma`lumki, jamiyat, xalq, millatning ma`naviy-madaniy taraqqiyoti, barkamol avlodning shakllanishida badiiy adabiyotning ahamiyati nihoyatda ulkan. Bu haqda Yutrboshimiz “Adabiyotga e`tibor – ma`naviyatga, kelajakka e`tibor” risolasida katta e`tiborga loyiq fikr-mulohazalarni bildirganlar. Ushbu dastur qarash-g‘oyalar har bir ijodkor, shuningdek adabiyot ilmi mutaxassislariga tasvir va tadqiq yo‘llari, vositarini to‘g‘ri tanlash va ish yuritishga ko‘mak beradi.
Abdulhamid Cho‘lpon o‘zbek realistik prozasining shakllanish davrida samarali ijod qilib, uning taraqqiyotiga sezilarli ulush qo‘shgan san`atkordir. Adibning qutlug‘ nomi oqlanib, ijodiy merosi chin egalariga qaytarila boshlangan dastlabki o‘n yillar mobaynida ko‘proq uning g‘oyaviy jihatlariga urg‘u berib kelindi. Albatta, jamiyatimiz hayotida tub o‘zgarishlar yuz berayotgan, milliy o‘z-o‘zini anglash jarayonlari endigina keng omma ichiga kirib borayotgan paytlarda bu xil yondashuv asosli va zarur edi. Biroq, ma`lumki, adabiy asarni badiiyatga doxil etuvchi narsa unda ifodalangan g‘oya(mazmun)gina emas, bu o‘rinda o‘sha g‘oyaning muvofiq va go‘zal shaklda ifodalanishi yetakchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois Cho‘lpon asarlarining badiiy qiymatini, adibning milliy badiiy tafakkurimiz tadrijida tutgan o‘rnini belgilash uchun ularning poetikasini tadqiq etish muhimdir. Zero, asrimiz boshida shakllangan jadid adabiyotini mazmunan aktual etgan sharoit o‘tkinchidir, ertangi o‘quvchi uni g‘oyaviy jihatdan emas, ko‘proq badiiyat nuqtai nazaridan baholaydi, qadrlaydi. Shubhasizki, jadid ijodkorlar yaratgan asarlar, badiiy saviyasidan qat`iy nazar, o‘z davri ijtimoiy hayotiga jiddiy ta`sir o‘tkazgan, boz ustiga, ularning aktual qatlami istiqlol arafalaridan boshlab xalqimizga yana bir karra xizmat qildi. Biroq jadid adabiyoti atalmish fenomen milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan ulush, avvalo, uning badiiyat bobidagi izlanishlari, milliy badiiy tafakkurimizga tadbiq etgan yangiliklari bilan belgilanadi. Shu ma`noda jadid adabiyotining estetik prinsiplari, unga xos poetik usul va vositalarni o‘rganish orqaligina yangi o‘zbek adabiyotini yuzaga keltirgan omillarni, milliy adabiyotimizning XX asrdagi taraqqiyot yo‘lini yorqinroq tasavvur etish, adabiy jarayondagi murakkabliklarni tushunish, nihoyat, uni obyektiv ilmiy o‘rganish va baholash imkoniga ega bo‘lamiz. Shunga ko‘ra, asrimiz boshidagi adabiy jarayon xususiyatlarini atroflicha chuqur o‘rganish adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb muammolardandir.

Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling