O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi To‘xtayeva Saida Akmal qizining


Download 371 Kb.
bet9/11
Sana09.01.2023
Hajmi371 Kb.
#1085425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi s

X U L O S A

Cho‘lponning shaxs va ijodkor sifatida, xususan, nosir sifatidagi shakllanishi jadidchilik g‘oyalari ta`sirida kechganki, adibning ilk ijodini ulardan ayro holda tushunish va baholash maholdir. Yozuvchining "Qurboni jaholat" va "Doktor Muhammadiyor" hikoyalarida kuzatilgan g‘oyaviy-ma`rifiy didak-tikaning ustivorligi, xarakterlarning nuqtai nazari-dangina talqin qilinishiyu baholanishi, mavjud voqelikning sentimental yoxud ratsionalistik inkori kabi qator xususiyatlar ham shundan dalolatdir. Shu bilan birga, "Doktor Muhammadiyor" hikoyasi tahlili Cho‘lponning ilk mashqlaridayoq realistik va didaktik adabiyotga xos xususiyatlar ziddiyatga kirishganini ko‘rsatadi. Yosh adib ibratli qahramon yaratish maqsadini ko‘zlagani holda qahramonini o‘zining tajribasidan kelib chiqib talqin qiladi, unga o‘zining o‘y-hislarini singdirib yuboradi. Bu esa Cho‘lponning ijodda mavhum g‘oyadan emas, real hayotdan kelib chiqish ehtiyojini sezayotganidan, vujudida san`atkor va tashviqotchi kurasha boshlaganidan dalolatdir. Normal ijodiy o‘sishda bu kurash san`atkor foydasiga hal bo‘lishi tabiiy edi, biroq Cho‘lpon ijtimoiy faoliyat qozonida qaynagani uchun-da uning ijodiy tamoyillaridagi o‘zgarishlar ko‘proq tashqi ta`sir natijasida yuz berdi. Xususan, o‘zi kurashgan maqsadlariga yetish umidi kesilgan pallada u reallikdan xayolot olamiga qochishga intiladiki, she`riyatida bo‘lganidek, nasriy ijodiga ham romantik talqin ("Kleopatra", "Yo‘l esdaligi") kirib keladi.


Birinchidan, Cho‘lpon nasrida hayotni badiiy aks ettirish tamoyillari g‘oyaviy-ma`rifiy didaktikadan romantik talqinga, undan realistik tahlilu tasvirga tomon o‘zgarib boradi.
Ikkinchidan, Cho‘lponning kichik nasriy asarlarini kuzatganda uning chin ma`nodagi ijodkor shaxs, izlanuvchan, yangilikka o‘ch inson bo‘lganiga amin bo‘lamiz. Uning hatto bir janr doirasidagi asarlari ham turfa janr xususiyatlarini namoyon etishi, tasvir vositalariyu ifoda yo‘sinining rang-barangligi shunga dalolat qiladi.

Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling