O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi To‘xtayeva Saida Akmal qizining


Download 371 Kb.
bet10/11
Sana09.01.2023
Hajmi371 Kb.
#1085425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi s

Uchinchidan, Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining takomilida Cho‘lponning munosib hissasi bor. Xususan, "Oydin kechalarda" novellistik hikoyaning adabiyotimizdagi ilk va mumtoz namunasi sanalishi mumkin. Adibning "Nonushta" hikoyasi esa voqeaband syujetning yo‘qligi, asarning asosan dialoglardan tashkil topishi bilan o‘ziga xosdir. Ushbu hikoyasida Cho‘lpon naturalistik adabiyotga xos tasvir manerasini, konsepsiyani kompozitsiya vositasida ifodalash ("kompozitsion tafakkur) yo‘llarini tajriba qilib ko‘rdi. Tabiiyki, bu nav tajribalar ham yangi bo‘g‘in nosirlar uchun, ham yangicha badiiy didi shakllanayotgan o‘quvchi omma uchun muhim edi.
To‘rtinchidan, Cho‘lpon Miryoqubning ma`naviy, ruhiy evolyutsiyasini tasvirlab, uning dilidagi his – tuyg‘ular, miyasidagi o‘y fikrlarni tahlil qilishni o‘rganib chiqdik.
Beshinchidan, “Kecha” asarning birinchi qismi uchun ham unga tugallanmagan asar sifatida yondashishni lozim topdik
Oltinchidan, asarda ijtimoiy muhit va xarakterlar ruhiyati obrazlar shaklida ochib berildi.
Yuqoridagilardan ayon bo‘ladiki, o‘zbek realistik prozasining taraqqiyotida Abdulhamid Cho‘lponning munosib o‘rni bor. Milliy adabiyotimizda zamonaviy nasrchilik endigina shakllanayotgan pallada ijod qilgan Cho‘lponning ijodiy izlanishlari nasrimizning poetik arsenalini boyitishga sezilarli hissa bo‘lib qo‘shildi. Cho‘lpon o‘z ijodi bilan nasriy janrlarning turfa imkoniyatlarini namoyon qildi, turli poetik usul va vositalarni dadil tajriba qilib, ularning milliy adabiyotimizda o‘zlashib qolishiga puxta zamin hozirladi. Cho‘lpon ijodiyotining qatag‘on qilinishi nasrimiz taraqqiyotiga ta`sirsiz qolmagan, zero, u boshlagan ijodiy tajribalarning davom ettirilishiyu qiyomiga yetkazilishi nasrimizga sifat jihatidan ta`sir qilishi tabiiy edi. O‘z vaqtida amalga oshmagan bu ishning endilikda bajarilishi ham, shubhasiz, nasrimizning rivoji uchun xayrli bo‘lajak. Boz ustiga, bu hozirgi nosirlarimizning buyuk adib ruhi oldidagi ma`naviy burchi hamdir.


Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling