O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 306-guruh talabasi To‘xtayeva Saida Akmal qizining


Download 371 Kb.
bet3/11
Sana09.01.2023
Hajmi371 Kb.
#1085425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi s

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Cho‘lpon she`riyati 20-yillardayoq adabiy tanqidchilik diqqat markaziga tushib, keskin adabiy-mafkuraviy bahs munozaralarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, uning nasriy ijodi e`tibordan chetda qolib keldi. Agar "Kecha va kunduz" haqidagi kichkinagina informatsiya va "fosh etish" ruhidagi taqrizni aytmasak, adibning nasriy merosini o‘rganish, asosan, 1987 yildan keyin boshlandi. Hozirgi o‘quvchi Cho‘lponning nasriy ijodi haqidagi ilk ma`lumotlarni adib nomini oqlash jarayonida e`lon qilingan materiallardan olish imkoniga ega bo‘ldi. "Kecha va kunduz" romani qayta e`lon qilinganidan keyingina adibning nasriy asarlari tahliliga bag‘ishlangan bir qator maqolalar e`lon qilindi. Aytish kerakki, Cho‘lpon romanining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini umumiy tarzda tahlil qilishga qaratilgan mazkur maqolalarda mavzumizga bevosita aloqador o‘rinlar mavjud. Xususan, O.Sharafiddinov va R.Otayev maqolalarida “Kecha va kunduz” romanning syujet-kompozitsion qurilishi, undagi obrazlar tizimi, adibning xarakter yaratish mahoratiga oid mulohazalar bildirilganki, ular fikrga turtki berish jihatidan qimmatlidir. Shuningdek, O.Sharafiddinov va N.Karimovning ilmiy-ommabop risolalarida tahlilga tortilgan nasriy asarlar orqali o‘quvchini Cho‘lponning badiiyat sirlariga oshno qilishga intilish borligini alohida ta`kidlash joizdir.
Kurs ishining maqsadi. Ishda Cho‘lpon nasriy asarlarining jumladan hikoya, ocherk va roman janrlarining poetikasinitadqiq etish asosiy maqsad qilib olindi.
Kurs ishining vazifalari.

  • Cho‘lponning nasriy asarlari poetikasini aniqlash

  • Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlarini tadqiq etish

  • Ijodkor yaratgan ocherk janrlarining o‘ziga xos kompazitsiyasini aniqlash

  • “Kecha” romanini va uning obrazlarini tahlil qilish

Kurs ishining ilmiy yangiligi. O‘zbek adabiyotshunosligida Cho‘lpon ijodi baholi qudrat o‘rganilgan. Ammo Cho‘lpon nasrining poetikasi to‘lig‘icha hali o‘rganilmagan. Biz ya`na shularni hisobga olib, Cho‘lpon nasri poetikasini, ijodkorning yaratgan hikoyalari, ocherklari va romani timsolida tahlilqilishga urindik. Ishimizning yangiligi ana shunda.

Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling