O’zbek mumtoz va milliy uyg’onish adadiyoti tarixi


Download 4.02 Mb.
bet44/80
Sana17.09.2023
Hajmi4.02 Mb.
#1680175
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80
3. Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Muammoli masalalar haqida yo’llanma beradi. Qo’shimcha ma’lumot uchun manbalarni havola etadi.
3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi (5-ilova); keyingi mavzu bo’yicha o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelishni tayinlaydi

Vazifalarni yozib oladilar.

1-ilova


Diqqatni jalb

2-ilova




1-slayd

Masnaviy adresati: Sayid Hasan Ardasher

Yaratilish tarixi va davr ijtimoiy tasviri



Shoirning tasavvufiy qarashlari: soliki majzub, majzubi solik

Masnaviyda Navoiy ijоdiy biografiyasi


MA’RUZA MATNI

Masnaviy har bandi ikki misradan tarkib topuvchi va a-a, b-b, v-v.. tarzida qofiyalanauvch she’r turi. Bunday qofiyalanish tizimi nihoyatda qulay bo’lganligi uchun voqeaband she’riy asarlar, manzumalar va dostonlar masnaviyda yozilgan.


Mumtoz fors adabiyotshunosligida masnaviy haqidagi ilk qarashlar Shams Qays Roziyning “Al-mo’’jam...” asarida keltirilgan: “...Ajam shoirlari har bir baytdagi misralarning o’zaro qofiyadosh bo’lii nuqtai nazaridan uni masnaviy deb ataganlar”.
Turkiy adabiyotshunoslikda masnaviy haqidagi ilk ma’lumot Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog’a” asarida keltirilgan. Muallif masnaviyni o’nta she’r navlaridan biri sifatida sanab, uning ko’proq nazmiy qissalar uchun mos she’riy shakl ekanligini ta’kidlaydi.
Turkiy adabiyotda masnaviy birinchi marta Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” dostonida ishlatilgan.
Alisher Navoiy ijodida masnaviy alohida o’ringa ega bo’lib, shoir o’zining “Sab’ai sayyor” dostonida bu janrni alohida tavsiflab, uni “vase’” – keng maydon deb ataydi:
Masnaviykim, burun dedim oni,
So’zda keldi vase’ maydoni.
Mumtoz adabiyotimiz tarixi, xususan, Alisher navoiy ijodida yaratilgan masnaviylarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1) lirik masnaviy (shoirning lirik kechinmalari, his-tuyg’ulari ifoda etiladigan she’r shakli),
2) epik masnaviy yoki doston (syujet asosiga quriladigan katta hajmli asar).
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida o’rin olgan masnaviy lirik masnaviy bo’lib, “G’aroyib us-sig’ar” devoniga kiritilgan. Masnaviy she’riy maktub tarzida yozilgan va hajman 148 baytdan iborat. Navoiyshunoslikda ushbu masnaviy tarjimai hol xususiyatiga egaligidan “Hasbi hol”, noma janriga mansubligidan “Navoiyning Sayid Hasan Ardasherga she’riy maktubi” deb ham yuritiladi.
Masnaviy an’anaviy Alloh hamdi va Payg’ambar na’tidan so’ng shoirning ustozi va do’sti Sayid Hasan Ardasher shaxsiga ta’rifu tahsnlar aytiladi, uning fazlu kamoloti, vafodorligi va sahovati madh etiladi:
Vafo anga pesha, saxo anga fan,
Vafoyu saxo koni Sayid Hasan.
Keyingi baytlarda shoir maktubning yozishdan asosiy maqsadini bayon qilib, uning boshiga musofirlik – Vatan tarki tushganligini ma’lum qiladi va ushbu safarning sabablari sifatida ushularni sanab o’tadi:
1) Xurosonda ijod qilish uchun imkoniyat yo’q. Shoir nazmda qobiliyat jihatdan Nizomiyga teng. Firdavsiy va Nizomiy 30 yil sarflab yozgan “Shohnoma”yu “Xamsa”sini 3o oyda yoza olishiga o’zida quvvat sezyapti, lekin buning uchun etarli sharoit va fursat yo’q.
2) yurtdagi notinchlik. Odamlarda bir-biriga vafo yo’q. Vafoning o’rnini nifoq, sahovatning o’rninibaxillik egallagan. Mamlakat shohi xalq uyini katakdek buzib, tovuq o’rniga boyo’g’lini o’tkazib qo’ygan.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy salaflaridan Nizomiy Ganjaviyning shu mavzuga bag’ishlagan asari "Haft paykar" (“Yetti go’zal”) deb atalgan bo’lsa, Xusrav Dehlaviy uni "Hasht bihisht" (“Sakkiz bihisht”), zamondoshi Ashraf Marog’aviy esa "Haft avrang" (“Yetti taxt”) deb nomlagan edilar.
Ularda asosiy diqqat Bahrom qissasiga qaratilgan bo’lsa, Alisher Navoiy asosiy e`tiborni musofirlar tomonidan aytilgan hikoyalarga qaratdi va Bahrom qissasini ana shu hikoyalarning aytilish vositasiga aylantirdi. Demak, Alisher Navoiy an’anaviy mavzuni yangicha talqin, yangicha tahlil bilan boyitib, nazirai benazirni (o’xshash-o’xshamas) maydonga keltirgan edi.
Alisher Navoiyning "Sab`ai sayyor" dostoni hijriy 889 yilning jumodiyussoniy oyida-melodiy 1484 yilning iyun oyida yozib tugatilgan:
Garchi tarixi erdi sekiz yuz,
Sekson o’tmish edi yana to’qquz.
Oyi oning jumodiyussoniy,
Panjshanba yozildi unvoni.
Varaqu satrin aylabon ta`yin.
Baytini besh ming ayladim taxmin. [10-tom, 411]
Shunisi ham borki, doston to’rt oyda, ya`ni 1484 yilning mart-iyun oylari oralig’ida yozilgan bo’lsa-da, ammo boshqa ishlar bilan band bo’lmaganda, uni to’rt hafta-bir oyda yozish ham mumkin edi, deydi shoir:
Menga ayyomi garchi yod emas,
Lek to’rt oydin ziyod emas.
Bo’lsam o’zga umurdin emin,
Bor edi to’rt hafta ham mumkin. [10-tom, 409]
38 bob, 5008 baytdan iborat bo’lgan asarning shu muddat ichida yaratilishi shoirning qaynoq buloqdek ijodiy ilhomi jarayonini anglash va tasavvur etishga imkon beradi. Alisher Navoiy dostonni yozishga kirishishdan oldin Bahrom qissasi bilan bog’li bo’lgan tarixiy-adabiy manbalarni sinchiklab o’rgandi. Bu haqda asar oxirida Bahrom tilidan shunday yozadi:
Sanga navbat chu yetti sa`y etting,
Qissaning harf-harfig’a yetting…
Sen bu ishning payig’a chun bording,
Eski daftar base ko’p axtarding.
Lojaram ko’p g’aroyib o’ldi ayon,
Ki bu afsona ichra topti bayon. [10-tom, 393-394]
Demak, Alisher Navoiy Bahrom qissasini, xususan, undagi yetti hikoyani shunchalik mahorat bilan yaratadiki, natijada, hatto, Bahromshoh ham o’zi haqidagi bu dostondan hayratda qolib, shunday deydi:
Bu ki tariximiz bayon qilding,
Elga ahvolimiz ayon qilding.
Til aning vasfidin erur ojiz,
Sehr xud bor, agar emas mo’jiz . [10-tom, 393]
Bahrom qissasiga bag’ishlangan bu doston o’zbek tilida, aruzning xafifi musaddas vaxbuni mahzuf vazniida yozilgan:
Ey siposingG’demakda elG’ tili lol,
Elga til senG’din o’ldi tilG’ga maqol.
– v – – G’ v – v – G’v v ––
Foilotun mafoilun failun
Shoh Bahrom haqidagi qissa tarixiy asosga ega. Chunki Bahrom ibn Yazdijurd (Bahromi Go’r, Varaxran V) sosoniylar xonadonining vakili bo’lib, 421-439 yillarda Ajamning podshohi edi. Alisher Navoiy o’zining "Tarixi muluki Ajam" asarida o’sha davrdagi tarixchilar dunyoqarashi asosida Bahrom binni Yazdijurd haqida ma`lumot bergan [16-tom, 234-237]. Garchi Bahrom tarixiy shaxs bo’lsa-da, ammo u og’zaki va yozma adabiyotda tarixiy shaxslikdan ko’ra badiiy obraz-timsol sifatida ko’proq mashhurdir. Shuning uchun uning "sarguzashtlari" shunchalik badiiylashtiriladiki, natijada, tarixiylik o’rnini badiiylik egallab boradi. Bu holni Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma"sidagi Bahrom va Ozoda haqidagi, Nizomiy Ganjaviy "Haft paykar"idagi Bahrom va Fitna, Xusrav Dehlaviy "Hasht bihisht"idagi Bahrom va Dilorom to’g’risidagi qissalarda ham kuzatish mumkin. Alisher Navoiy ham o’z dostonida ana shu badiiy timsolga aylangan Bahromni o’zining g’oyaviy-estetik aqidalariga mos tarzda tasvirlab, asarini "afsona" (tarixiy emas!), "qissa" (badiiylashtirilgan talqin) deb tavsiflaydi.
Alisher Navoiyning "Sab`ai sayyor"i tuzilish jihatidan oldingi dostonlaridan farq qiladi. Bu farq dostonning qoliplovchi qissa va turkum hikoyalar usulida yozilganidan ham bilinadi. Bu ham xamsanavislik an’anasining muhim detallareidan biridir. Ammo oldingi dostonlarda qoliplovchi qissa va etti hikoya alohida-alohida bo’lib tuyuladi. Alisher Navoiy esa o’z dostonida ettinchi musofir tomonidan aytilgan hikoyatni qoliplovchi qissa voqealari (Dilorom sarguzashti) bilan bog’laydi. Natijada doston qurilishida yaxlitlik maydonga keladi.
"Sab`ai sayyor"ning qoliplovchi qissasi Bahrom va Dilorom sarguzashtlaridan iborat. Qissa Bahrom yoki Diloromning tug’ilish voqealari bilan emas, balki voyaga etgan shoh Bahromning ov jarayonida rassom Moniy bilan uchrashuvi, undan Dilorom tavsifini eshitib, suratini ko’rib, unga oshiq bo’lib qolish voqeasi bilan boshlanadi. Bundan ko’rinadiki, "Sab`ai sayyor"dagi qoliplovchi qissaning, ya`ni Bahrom va Dilorom qissasining boshlanishi "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun"larning boshlanishidan farq qiladi. Chunki ularda voqealar Farhod va Majnunning tug’ilishidan boshlanadi.
Demak, Alisher Navoiy har bir dostonni undan kuzatgan g’oyaviy-estetik mazmun mohiyatidan kelib chiqib asardagi voqealar bayonining qurilmasini belgilayli.
Yazdijurd o’g’li Bahrom otasidan so’ng o’zining qahramonligi – sherni yenggani bilan podshohlik toju taxtini qo’lga kiritadi. Mamlakatda adolat va osoyishtalikni o’rnatishga intiladi va shuning bilan birga go’r-qulon oviga ham beriladi. Shundan uni Bahromi go’r deb atash ham odat bo’lib qoladi. Ov jarayonining birida Bahrom rassom Moniy bilan uchrashib, go’zal Dilorom va uning ta`rifi hamda Moniy chizgan rasmni ko’rib, unga oshiq bo’lib qoladi. Diloromni Xojasidan Xito mulki evaziga sotib olib, saroyiga keltiradi. Dilorom go’zallikda, xulqu atvorda hamda chang cholishda nodirai davron bo’lganidan Bahromni o’ziga maftun etadi. Natijada, Bahrom mamlakatdorlik ishlari bilan shug’ullanishdan ko’ra ko’proq aysh-ishratga beriladi, Diloromning suhbati, musiqasi, san`atisiz tura olmaydigan bo’ladi. hatto ov jarayonida ham bu hol davom etadi. Ana shunday ov jarayonlaridan birida Bahromning kiyik ovlash-otishdagi mahoratini Dilorom "mashqning kamoloti natijasi" deb baho berishi mast mag’rur podshoh Bahromning g’azabini keltiradi. Bahrom Diloromni jazolaydi: qo’l-oyog’ini sochlari bilan bog’lab, dasht-sahroda tashlab ketadi. Mastligi tarqalgan Bahrom Diloromni yonida ko’rmay, uni so’raganida, unga bo’lib o’tgan voqeani bayon qiladilar. Bahrom o’sha dasht-sahroga boradi, ammo Diloromni topa olmay qaytib keladi. Shundan so’ng Bahrom Diloromni qumsab, kasal bo’lib qoladi. Uni davolashga harakat qildilar, natija bermaydi. Nihoyat yetti go’zal qasr bino qilib, unga etti malikani keltiradilar. Bahrom shanba kunidan boshlab, haftaning har kuni bir qasrda bo’lib, turli o’lkalardan kelgan musofirlarning qiziqarli, shuning bilan birga katta ma`rifiy ahamiyatga molik hikoyalarini eshitadi. Yettinchi qasrda musofir tomonidan aytilgan hikoyada Diloromning dasht-sahroda tashlab ketilgandan keyingi sarguzashtlari bayon qilingach, Bahrom Dilorom daragini topib, uni Xorazmdan olib keltiradi va yana ayshu ishrat hamda ovga beriladi. Ana shunday ov jarayonining birida botloq er ularning hammasini yutadi. qoliplovchi qissa ana shunday yakunlanadi.
Bahrom va Dilorom sarguzashtlaridan iborat bo’lgan qoliplovchi qissada ikki masala badiiy tarzda hal qilingan. Ulardan biri podshoh-oshiq masalasi bo’lsa, ikkinchisi podshoh-hukmdor masalasidir. Bu masala, ya`ni Bahrom kim bo’lishi kerakligi masalasi qissaning qahramoni Bahromning o’zi tomonidan ham muhokama qilingan. Bu haqda Alisher Navoiy dostonning o’n beshinchi - "Bahromning ishq tug’yonidin bexirad…" deb nomlangan bobida alohida to’xtaladi. Unda Bahromning o’zi bu ikki yo’ldan birini - yo haqiqiy hukmdor - podshoh bo’lish yoki haqiqiy oshiq bo’lishni tanlashi lozimligini tushunadi. Shunday bo’lsa-da, Bahrom podshoh bo’la turib, oshiq bo’lishni ham istaydi.
Ki: "Agar bo’lsa shohlig’ boqiy,
Topilur bo’yla mohvash soqiy.
Buki, vaslini topmisham payvast,
Shohlig’ o’lmasa, bermas erdi dast. [10-tom, 106]
Bu esa uning har ikkala sohadagi fojiasini – podshohlikda mamlakatni xarobalikka yuz tutishi, adolatsizlikning avj olishi oshiqlikda esa komillik darajasiga etmaganiga bois bo’lib, bu holat, ikki kemaning uchini tutgan g’arq bo’ladi, deganlaridek, Bahromning botqoqlikka botib ketganligi bilan fojiaviy nihoyasiga etadi. Alisher Navoiy Bahrom obrazini chizayotganda uning "ishq" so’zi - ishqdagi kuyish - yonishlari - iztiroblarini qalamga olajagiga ishora qiladi. Bu esa Alisher Navoiyning asosiy diqqatni Bahromni oshiq sifatida tasvirlashga qaratganidan dalolat beradi. Ammo podshoh Bahrom Alisher Navoiy tasvirlamoqchi bo’lgan oshiq Bahrom bo’lishni emas, balki ham podshoh-hukmdor va ham oshiq bo’lishni ixtiyor qiladi. Demak, tasvirlanayotgan obraz shoir istagiga bo’ysinmaydi. Bu esa nihoyatda muhim bir adabiy hodisa. Shoir ham o’zi tasvirlayotgan obrazning, bu o’rinda podshoh Bahromning qarorini (ham hukmdor podshoh hamda oshiq bo’lishni) o’zgartira olmaganidan iztirobda qolib, uni to’g’ri yo’lga boshlash yo’llarini qidiradi va o’zining maqsadini birinchi musofir tomonidan Bahromga aytgan hikoyada ifoda etadi. Mazkur hikoyada Alisher Navoiy Sarandeb shahzodasi Farrux bilan sevgilisi Gulchehra o’rtasidagi munosabatlarni boshqacha hal qiladi, ya`ni shahzoda Farrux sevgilisining tarixini bilgach, uni o’z "singlisi" deb e`lon qiladi va shundan so’ng Sarandebning odil podshosi bo’ladi. Demak, Farrux oshiqlikdan voz kechgandan so’ng adolatli podshohga aylanadi va baxt-saodatga erishadi. Bu hikoyani eshitgan Bahrom esa o’zining ham hukmdor-podshoh va ham oshiq bo’lish qarorini o’zgartirmaydi. Natijada o’z qilmishlarining fojiali yakuni tomon qadam tashlayveradi. Oqibatda Bahromning taqdiri nihoyatda ayanchli tarzda yakunlanadi.
Alisher Navoiy o’zi tasvirlayotgan obraz taqdirining bunday bo’lishini istarmidi? Bu savolga Alisher Navoiy bunday bo’lishini istamas edi, uning oldini olish uchun shoirligining barcha imkoniyatlarini ishga solgan edi, deb javob berish mumkin. Ammo tasvirlanayotgan Bahromda joh, mansab, shohlik g’ururi oshiqlikdan ustun bo’lganligidan shoirning pand-nasihatlariga quloq solmadi va oqibatda fojiaga uchraydi. Bunda qiziq bir hol ham kuzatiladi: Alisher Navoiy zamonasida shoh-"zillillohi fi-l-arzi" -"Allohning erdagi soyasi" tarzida ulug’lanib, hurmat-ehtirom qilinardi. Ana shunday ruhda tarbiyalangan Alisher Navoiy ham shoh ray`iga qarshi bora olmasdi, ammo uni xatarli yo’l va faoliyatdan ogohlantirish va saqlanishga da`vat-nasihatlarini nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bayon etardi. Bu hol, xususan, Bahrom obrazini tasvirlashda yorqinroq ko’zga tashlanadi.
Shunday qilib, dostondagi qoliplovchi qissaning bosh qahramoni Bahrom murakkab timsollardan bo’lib, Diloromi Changining ham fojiali taqdiriga sababchi bo’ldi. Shoir tomonidan juda katta samimiyat va mahorat bilan tasvirlangan hunarmand va oqila Dilorom mag’rur shoh Bahrom injiqliklariga duch keldi, ammo uni tark etmadi, aksincha, uning fojiali taqdirini baham ko’rdi.
Dostondagi qoliplovchi qissa voqealari bayonida musofirlar tilidan aytilgan yetti hikoya mazmuni, g’oyasi, badiiyati va qiziqarliligi bilan alohida ajralib turadi. Ulardagi voqealar Sarandeb (Shri Lanka-Seylon)dan tortib, Misr, Rum, Hindiston, Xorazm, Shahrisabzgacha bo’lgan katta jug’rofiy hududda sodir bo’ladi. Xuddi ana shu hikoyalardan ikkinchi musofir tilidan bayon qilingan voqealar tasvirida Alisher Navoiy muhandislikning mukammal namunasi bo’lgan o’zi yurar taxt, o’zi harakat qiluvchi zinalarni aks ettiradi.
Eng muhimi shundaki, barcha hikoyalar ezgulik va olijanoblikning tantanasi bilan nihoyasiga etadi; sevishganlar murod-maqsadlariga erishadilar, adolat g’olib keladi, yovuzlik va adolatsizlik engiladi. Hikoyalarda romantik tasvir usuli (taxayyul) etakchi o’rinni egallaydi.
Hikoyalardagi Farrux, Axiy, Gulchehra (1-hikoya), Zayd Zahhob (2-hikoya), Sa`d, Gulrux (3-hikoya) Mas`ud (4-hikoya), Mehr, Suhayl (5-hikoya), Muqbil (6-hikoya) kabi qahramonlarning surat va siyrati, faoliyat va sarguzashtlari shu darajada maroqli va jozibaliki, ularni o’qigan kishi Alisher Navoiyning she`riy hikoya yozishdagi ulkan mahoratidangina hayratda qolmay, balki umumbashariy ahamiyatga molik nihoyatda muhim masalalarni falsafiy va axloqiy yo’nalishda qalamga olganining guvohi ham bo’ladi. Ular insonni komillikka da`vat etguvchilardir.
Shunday qilib, "Sab`ai sayyor" o’zining qoliplovchi qissasi va go’zal yetti hikoyasi bilan "Xamsa"dan o’rin olgan o’ziga xos va Alisher Navoiy mahoratiga mos dostonlardandir.

Download 4.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling