O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet21/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Adabiyotlar:


  1. Komilov N. Tasavvuf. – T.: ―Movarounnahr, 2009. –B 272.

  2. Oripov A. Yillar armoni. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1984. 418-bet.

  3. Petroshevskiy I.M. Islam v Irani v VII-XV v. Leningrad, 1966. – c.319.

  4. Haqqul I. Tasavvuf va she’riyat. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot- matbaa birlashmasi, 1991. –B 184.

  5. Haqqul I. Sharq mumtoz adabiyoti va G‘afur G‘ulom ijodiyoti //O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. 2018 yil, 3-son. 31-bet.



Muxayyo RAYXONOVA


Qar DU


ABDULLA ORIPOV SHE‟RIYATIDA DUNYO TALQINI


O`zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan Abdulla Oripov ijodi hozirgi o`zbek she‘riyati tamoyillarning chuqurlashuvida, xalqning shonli tarixi hamda muqaddas Vatanimizning qadr-qimmatini teran falsafiy idrok etishda o`ziga xos o`ringa ega. Shu boisdan, ijtimoiy-falsafiy mushohadakorligi bilan adabiyotimizga yangicha nafas, yangicha ruh olib kirgan shoir she‘rlaridagi sharqona donishmandlik, Vatanning shonli o`tmishi va bugungi taqdiri, xalq qismati va kelajagi uchun komil kurashchanlik, hayotdagi salbiy ko`rinishlarga murosasizlik ko`p yillardan buyon tadqiqotchilar diqqatini tortib kelmoqda. Akademik B.Nazarov yozadi: XX asr o`zbek she‘riyatining so`nggi 30-35 yillik tarixida Abdulla Oripovdek tanqidchilik e‘tiboriga tushgan shoir kam topiladi.
[ Nazarov B. Abdulla Oripov. XX asr o`zbek adabiyoti tarixi. Oliy o`quv yurti talabalari uchun darslik. – Toshkent: O`qituvchi, 1999.]
Darhaqiqat, adabiyotshunosligimizda badiiy madaniyatimiz yorqin sahifalarini tashkil etuvchi shoir she‘riyatining betakror xususiyatlarini o`rganishga bag`ishlangan bir qator ko`lamli tadqiqotlar mavjud. O`zbekiston Qahramoni ustoz Ozod Sharafiddinov, akademik Matyoqub Qo`shjonov va filologiya fanlari nomzodi Suvon Meli, taniqli adabiyotshunos Ibrohim G`afurovlarning maxsus tadqiqotlarida Abdulla Oripov ijodiy yo`lining shakllanishi, shoir she‘riyatidagi tadrijiylik va mahorat qirralari atroflicha o`rganilgan.
M.Qo`shjonov A.Oripov ijodiga bag`ishlangan ―Onajonim she‘riyat risolasida o`z xalqi va yurti jamolini kuylagan ijodkor she‘rdan she‘rga o`sib, kamolotga erishganligini ta‘riflab, shoirning muxtasar ijodiy portretini yaratadi. Shuningdek, shogirdi Suvon Meli bilan hamkorlikda yozgan ―Abdulla Oripov nomli risolasida esa shoir ijodini bugungi dunyoqarash va milliy mafkura tamoyillari asosida tadqiq etadi. Mualliflar asosiy e‘tiborni Abdulla Oripovning yangi o`zbek she‘riyatini boyitishdagi o`ziga xos individual uslubini, badiiy kashfiyotlarini ko`rsatishga qaratadilar. Taniqli adabiyotshunoslar S.Mamajonov, N.Karimov, U.Normatov, B.Qosimov, B.Akramov, I.Haqqulov, N.Jabborov va A.Ulug`ovlar aynan Abdulla Oripov ijodiga bag`ishlangan maxsus ilmiy tadqiqot
yaratmagan bo`lsalar-da, ularning qator maqolalari va kitoblarida shoir she‘riyatidagi mahorat qirralari adabiyotshunosligimizdagi ilmiy-nazariy masalalar bilan bog`lab o`rganilgan qimmatli kuzatishlar mavjud.
Shoir ijodiga bag`ishlangan tadqiqotlar orasida taniqli olim N.Rahimjonov ishlari tahlil ko`lamdorligi jihatidan o`zbek adabiyotshunosligida muhim o`rin tutadi. Olimning doktorlik dissertatsiyasi va bir qator monografiyalarida XX asr ikkinchi yarmi o`zbek she‘riyatining yetakchi tamoyillari tahlili misolida Abdulla Oripov ijodiga xos bo`lgan mahorat qirralari haqida muhim ilmiy kuzatishlar mavjud.
A. Oripov she‘riyati keng qamrovli bo‘lib, ularda turfa olam qirralari aks etadi. Shoir she‘rlarida dunyo va undagi insonlar olami o‘zgacha ta‘riflanadi:
Dunyoning bori shu, Har qanday zot ham,
Aybin olavermas bo`yniga.
Balki, shu boisdan, qanchalar odam,
Tosh solib yuradi qo`yniga. [ A. oripov. Tanlangan asarlar. II jild. G`.G`ulom.
T.2001.B.90.]
Dunyo yaralibdiki insonlar turli xarakterda bo‘y ko‘rsatadi. Qaysi biri halol vijdonli, pok qalbli… Qaysilari uning aksi. Shoir nazdida dunyo ahliga nazar solmoq lozim:
Sen dunyo holiga nazar sol birpas, Nazar sol ko`zlardan oqqan yoshlarga. Dunyoda kulbalar yonar har nafas,
U doim muhtojdir qaldirg`ochlarga. [ A. oripov. Tanlangan asarlar. II jild.
G‘.G‘ulom. T.2001.B.91.]
Shoir insonga dunyoga bir pas nazar solishini, bu dunyo bir onda o‘tib ketishini, shu sonyali dunyoda insoniyatga yaxshilik urug‘ini ekish lozimligini ta‘kidlaydi.
Mening gapim bilan dunyo o`zgarmas, Sening gaping bilan dunyo o`zgarmas, Uning gapi bilan dunyo o`zgarmasa, Ahvol shundoq ekan, deb jim o`tira bersak-
Yaxshimi? [ A. oripov. Tanlangan asarlar. II jild. G‘.G‘ulom. T.2001.B.74.]
Shoir misralari orqali insoniyatga dunyoni emas, o‘zini o‘zgartirishi kerakligini, qo‘lidan kelganicha yaxshilik ulashishini ta‘kidlaydi.
Dunyo haqida qayg‘urish haqiqiy shoir qalbini junbushga keltirib turadigan darddir. Shu dardni o‘quvchi qalbiga, ruhiyatiga yetkaza bilgan shoir uni tom ma‘noda tarbiyalaydi. Adabiyotning asosida inson obrazi turar ekan, uning ruhiy olamini kashf etish shoirning bosh maqsadi hisoblanadi. Inson qalb kechinmalarini haqqoniy tasvirlash shoirning mahoratidan dalolat.
Bu dunyoda olovlar ko‘p, otashgohlar mo‘l, Adolat deb yonganlarga abadiy sharaf.
Lekin, ukam, bir gapimdan mening ogoh bo‘l,
Chopaverma har yilt etgan olovga qarab. [ A. oripov. Tanlangan asarlar. II jild. G‘.G‘ulom. T.2001.B.66.]
Shoirning nasihat tarzidagi mazkur she‘rida dunyo va uning inja tuyg‘ulari, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashlar, ularda insonning qay yo‘lni tanlashi muhimligi aks etadi.
Ha, dunyoda olovlar ko‘p, birisi mayoq,
Biri esa jahannamning o‘zi chinakam. [ A. oripov. Tanlangan asarlar. II jild. G‘.G‘ulom. T.2001.B.67.] Aslida dunyo yaxshilik va yomonlik qila olishga qodir emas. Bu ikkisi insoniyatga daxldor. Yaxshi fazilatli insonlarni sevib, ularni orqasidan ergashish bosh mezondir.
Chindan g‘alat erur dunyo ishlari, Miyang g‘ovlab ketar o‘ylagan sari, Diyonat, xiyonat aralash bari,
Boqib bu savdoga, hayron o‘tdik biz. [ A. oripov. Tanlangan asarlar. II jild. G‘.G‘ulom. T.2001.B.22.] Shoir dunyo ishlariga hayron boqmaslikni balki, to‘g‘ri yo‘lni tanlash lozimligini ta‘kidlaydi:
Sobit esam-da, gar topolmasman ep, Qarshimda osmonni past qila qolding. Sen o‘tgan dunyoga qaydan yo‘l topib,
Kechmish bir insonga qasd qila qolding. [ A. oripov. Tanlangan asarlar. II jild. G‘.G‘ulom. T.2001.B.23.] Umuman shoir she‘riyatida dunyo va inson taqdiri , xalq qalbidagi tuyg‘ularni aks ettirish yetakchilik qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, shoir she‘rlari keng qamrovli. Ularni har safar o‘qiganimizda yangidan-yangi ma‘no topamiz. Ayniqsa, shoir o`z ijodi bilan badiiy-estetik tafakkurning kuch va qudratini namoyish etadi. Xalqning ma‘naviy–axloqiy dunyosi aks etgan asarlarini xalqona poetik tafakkur nuqtai nazaridan jiddiy tadqiq etish adabiyotshunoslikdaga juda muhim va dolzarb muammodir.

Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling