O‘zbek ruhiyati me’mori
Download 450.1 Kb.
|
abdulla oripov konferens 4
Xudoynazarova NODIRA
ToshDO`TAU talabasi ABDULLA ORIPOV IJODIDA TABIAT TASVIRI Adabiyot bo`stoniga qadam qo`ygan, qo`liga qalam tutib, qalbidagi barcha tuyg`ularini go`zal va ta‘sirchan tarzda kitobxonlarga yetkazib berishni istagan yozuvchi bo`ladimi, shoir bo`ladimi, u albatta, o`zini voyaga yetkazgan xalqining dardini, tashvishini va quvonchini olib chiqadi. Qo`yib beringki, shu dardlar va quvonchlar bilan birgalikda ulg`ayadi. Bizning Vatanimiz ham, adabiyotimiz ham bunday insonlarga bag`ri to`la. Xalqimizning bunday chinakam shoir va yozuvchi farzandlaridan biri esa barchaning sevimli shoiri Abdulla Oripovdir. ―Shoir umuminsoniy dardni shaxsiy darddek qabul qilishi yoki shaxsiy dardini umuminsoniy dard darajasiga ko`tarishi lozim, - deb yozgan edi Abdulla Oripov. Shoir she‘rlarini mutolaa qilish jarayonida esa, u o`z so`zining ustidan chiqqanligiga guvoh bo`lamiz. Abdulla Oripov haqiqatdan ham yurtning hurmat va e‘tiboriga erishgan shoir edi. Aynan shu sababdan uning she‘rlari nafaqat ma‘naviy boyligimizga, balki xalqimizning ruhiga aylangan desak, aslo mubolag`a bo`lmaydi. Abdulla Oripov shunday yetuk bir so`z san‘atkorlaridan biri ediki, uning she‘rlarini mutolaa qilgan har bir inson o`zi anglamagan holda shoirning dunyosiga qadam qo`yar va barchasini his qilib, go`yoki ushlab ko`rar edi. Shoirning shunday misralari borki, ular qalamda yozilganga emas, balki mo`yqalamda ijod etilganga o`xshaydi. Rassom manzarani chizadi, shoir esa tasvirlaydi. Ammo Abdulla Oripov she‘rda qalam bilan rangtasvir ijod qilardi. Mumtoz adabiyotda asosan bayon etish, tavsiflashning ustivorlik qilgani ma‘lum. Keyingi davr ijodkorlari esa ifodaning yanada samarali, ta‘sirli va haqqoniy usullaridan foydalanishga harakat qildilar. [Quronov S., quronov.narod.ru] Abdulla Oripov esa faqat harakat qilib qolmadi, balki amalda bajardi: Izlaringni quchib shalola Qoyalarga tamg`ang soladi. Peshvoz chiqib senga gul, lola Yana kelgin deya qoladi. [Cho`pon] Umuman olganda lirikada tabiat tasviri, ya‘ni peyzaj bu birinchi navbatda she‘rning jozibadorligiga hizmat qilsa, ikkinchi navbatda va asosan ―…inson qalbi kafiyat kayfiyatlari, kechinmalarini ifodalash uchun eng qulay assotsiativ (o`xshash) unsurdir [Mahmudova M., 2013: 26-bet]. Bahor kunlarida kuzning havosi, Tanimni junjitar oqshomgi shamol, Nega muncha g`amgin nayning navosi, Nega qalbim to`la o`kinch va malol? She‘r 50-yillar oxirida boshlangan jamiyat hayotidagi o`zgarishlarni 60-yillarga kelib yana orqaga keta boshlaganligi munosabati bilan 1967-yilda yozilgan. Shoir qalbidan kechayotgan dardlarni tabiat bilan hamohang tasvirlaydi. Ammo she‘rga o`zimizning davr ko`zimiz bilan qaraydigan bo`lsa, olam-olam quvonchga, baxt va omadga erishib turganimizda aynan shu kunlarimizni ko`rishi kerak bo`lgan birining yo`qligi sabab, yoki haqiqatda tabiatda bahor fasli-yu, ammo bizning ichimizdagi kayfiyat bahorga munosib kelmagan holatlardagi qalbimizdan kechayotgan ismsiz tuyg`ularning bundan ham mukammal tasviri boshqa bo`lmasa kerak. Peyzaj lirik asarda shunchalik katta o`rin egalladiki, lirikaning mavzuiy tasnifi qatorida ―peyzaj lirikasi degan tushuncha paydo bo`lgan. Peyzaj lirikasiga ―lirik turga mansub janrlardan biri: tabiat manzaralari va yil fasllarining turli ko`rinishlarini qahramonning lirik kechinmalari orqali aks ettiruvchi she‘r deb ta‘rif beriladi. [Mahmudova M., 2013: 29-bet]. Abdulla Oripov she‘rlarida shunday o`ziga xoslik borki, uning misralarini o`qir ekanmiz, shoir ruhiyatidan tabiatni yoki bahorni ajratib ololmaymiz. Muhammad Yusuf qalbidagi Vatan tasvirini she‘rga ko`chirib o`ziga haykal qo`ygan bo`lsa, Abdulla Oripov ―qaldiroqlarni larzakor ko`chirib bahorni yetaklab kelaveradi go`yo. Uyg`onguvchi bog`larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yanog`ingdan rang olgan dedim – Lolazorga burdim yuzimni. Zamonidayoq qo`shiqlarga aylangan bu satrlarni bugun bilmagan kishi yo`q. Haqiqatda ham bahor kelganida birinchi bo`lib, bog`lar va qirlar uyg`onadi. Ammo bu yerda masala tabiat qonunlarini she‘rda isbotlash emas, balki mislsiz go`zallikning she‘riyatga ham qanday ruh va jon berganligini ko`rsatishda edi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek she‘riyatda tabiat tasviri bu shunchaki narsa emas, balki yozuvchining qalbidagi o`y-fikrlarining ham o`ziga xos tarannum etish usuli hamdir. Shoirning ―Buloq sarlavhali she‘ri aynan buning isboti go`yo: Qutlug` bir saharda ko`z ochdi buloq, Yo`l soldi daryolar sari adashib. Unga rahm etmoqchi odamlar shu choq Tog`u toshlar aro yaqin yo`l ochib. Odamlar, tengmangiz, mayli toshsin u, Mayliga, tog`ni ham ko`rsin yo`lida. Qo`ying, o`z yo`lini o`zi topsin u, Zavqlanaolsin u ham kurash so`ngida. She‘rni o`qir ekanmiz, misralar bizga xuddi xalqimizning yana bir qahramon shoiri Erkin Vohidovning ―Kamtarlik haqidagi mashhur she‘rini yodimizga soladi. Unda ham shoir oddiy ijtimoiy holatdagi voqeani katta bir falsafiy mushohadaga bog`lab go`zal bir surat chizadi. Yuqoridagi she‘r ham yangi ko`z ochgan buloq haqida ekanligi ma‘lum. Ammo shoir shu satrlar orqali har doim ham yoshlarni, yangi iste‘dodlarni buyuklar o`z yo`lidan yurishga majbur qilmasliklari, balki ularga ba‘zan erkinlik berish va chin dildan duo qilishlari kerakligini tasvirlaydi. Shoirning birinchi she‘ri ―Mitti yulduz nomi bilan 1965-yilda matbuot yuzini ko`rgandi. Ammo yuqoridagi misralar 1963-yilda yozilgan. Demak, bundan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, yosh shoir o`zi kabi endi ko`z ochayotgan yosh buloqlarga ustozlar aynan erkinlik berish orqali yo`l ko`rsatishi lozimligini ta‘kidlab o`tmoqda. Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, Abdulla Oripov haqiqatdan ham she‘riyatda peyzaj borasida mukammal bir shordir. Uning she‘rlarida insoniy kechinmalar ham, ijtimoiy muammolar ham tabiat bilan bog`lanadi. Bu esa adabiyotdagi samoviy miqyos hodisasining yana bir kichik janrlardagi isboti bo`la oladi. Download 450.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling