O‘zbek ruhiyati me’mori


Download 450.1 Kb.
bet33/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Gulmira ABDIRAIMOVA


Alisher Navoiy nomidagi ToshDO`TAU talabasi


ABDULLA ORIPOVNI ANGLASH ADABIYOTNI ANGLASHGA


YETAKLAYDI!

Abdulla Oripov o‘zbek she‘riyatida ulkan fenomen hisoblanadi.Har bir ijodkor yelkasida o‘zi mansub bo‘lgan xalq ruhiyatini bir pog‘onaga ko‘tarish vazifasi turadi.Shu ma‘noda aytganda, Abdulla Oripov o‘zbek xalqi oldidagi burchini oliy darajada bajara oldi deb o‘ylayman.Bir paytlar uning ustozlaridan biri shunday degan edi: O‘zi jussasi kichikkina bir bola.Lekin aytgan har bir so‘zining salmog‘i butun!Bu haqiqat ekanligi barchamizga ma‘lum.Abdulla Oripov ustozlari yosh shoirning iste‘dodini ko‘rishda yanglishmagan edilar.Birgina Mitti yulduz ning o‘zi adabiyotga aytar so‘zi bor ijodkor kirib kelayotgani haqida darakchi bo‘ldi.Abdulla Oripov falsafasi, ruhiy tafakkuri, hissiy sezimlari XX asr o‘zbegini, qolaversa, undan keying o‘zbeklarni tarbiyaladi desak, adashmagan bo‘lamiz.Olomonga she‘rida::Qachon xalq bo‘lasan, ey sen olomon? deya uni befarqlik, loqaydlik degan balodan nari bo‘lishga da‘vat etgan bo‘lsa, ―Men nechun sevaman O‘zbekistonni?da:Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun, Sevgan


farzand bo‘lsa, kechirma also! – degan edi.Tilla baliqchada:Menga alam qilar tilla baliqcha, Shu ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni… deb inson tasavvuridan tashqarida u anglab yetmagan dunyolar yastanib yotishiga ishora qilsa, ―Ruhim da:Sen misli kamalak, yuksak va so‘lmas, Kamalakni esa yo‘q qilib bo‘lmas! deya inson ruhiy shakllanish asosida ulg‘ayishini aytib o‘tadi.Mana bularda falsafiy qarashlar umumlashganini ko‘ramiz.Eng qizig‘i, bular yosh yigitning muzday jamiyatga aytayotgan olovli fikrlari edi.Uning ovozidan so‘ng adabiyot xalqi bir karra qalqdi.Ulug‘ ustozlar unga oq yo‘l tiladi.Chindan ham, uning adabiyot yo‘li ravon bo‘ldi.Hayot yo‘li esa barcha buyuklarga xos bo‘lgan g‘amlar, alamlar va insoniy dardlar ogushida kechdi.Buni ―Onamga xat she‘ridagi misralardan ham ko‘rishimiz mumkin:Ya‘ni, boshimizni doim ham, Ona bo‘lib siylamas Hayot.Baland tog‘lar bag‘rida o‘zidan ham haybatliroq shamollari bo‘ladi.Abdulla Oripovning ham ana shunday g‘animlari bo‘lgan, albatta.Lekin go‘zal haqiqatni qarangki, zamon o‘zi uchun faqat qadrli bo‘lganlarni quchog‘ida olib qoladi.Qolganlarni xuddi xazonlarday yo‘qsizlikka supurib tashlaydi.Bugun adabiyot Abdulla Oripovni eslaydi.Uning nomi bilan faxrlanadi.
―Munojotni tinglabda: ―Kuyi shuncha bo‘lsa, g‘amning o‘ziga, Qandoq chiday oldi ekan odamzot?! deganda, Abdulla Oripov kuy vositasida insoniy azoblar haqida fikr yuritadi.Yurtim shamoli she‘rida:
Bu gulshan vodiyda men ham bir shamol, Shamol kabi keldim, shundoq keturman ,–
bu misralarda har bir inson bir kun bu hayotni tark etishi, lekin u qilgan yaxshiliklar bu hayotda mudom eslanishi, eng muhimi, shamoldek tez o‘tuvchi umrda nimagadir erishish, avlodlarga o‘zidan yaxshi nom, ma‘naviy xazina qoldirib ketish kerakligi uqtiriladi.Iltimos she‘rida:Norning it oldida cho‘kkanin ko‘rdim, Hargiz iltimosga kuning qolmasin! deb yozarkan, Abdulla Oripov falsafasi yanada yorqin bo‘y ko‘rsatadi.Norday odam o‘zidan bir necha barobar it oldida yalinishini tasvvur qilmoqning o‘zi qanchalar ayanchli.Lekin bu haqiqat!Shoir shuning uchun ham bunday kunni hech kimga tilamaydi.Alpomish dostonida shunga monand maqol bor:Davlat qo‘nsa, bir chivinning boshiga, Semurug‘ qushlar ta‘zim qilar qoshiga.Burgut nomli she‘rida ―Axir, ne bo‘lardi bersang tabiat, Shu buyuk shiddatga yarasha maqsad?! derkan, insonda, eng avvalo, oliy maqsad bo‘lishiga ishora qiladi.Zero, niyatini yo‘qotgan hayotini, borini yo‘qotadi.Men shoirman, istasangiz shunomli Abdulla Oripov su‘rati va siyratiga bag‘ishlangan kitobida A.Ko‘chimov shunday yozadi:Odamda hamma narsa bo‘lishi mumkin:orden, medal, pul…Lekin idealini yo‘qotsa, bu endi fojia.Abdulla Oripov she‘rlari orqali millat idealini yaratib berdi.Uni anglash va anglatish siz-u bizning vazifamizdir.
Asl ijodkorlar o‘z davridan fikr jihatidan, hodisalar ma‘nosini uqish borasida hamisha bir qadam oldinda yuradi.Abdulla Oripov ham o‘z davridan ko‘ngli to‘lmagan paytlarda ham olam va odamni tushunishga harakat qildi.Masalan,
―Sarob she‘rida shunday yozadi:
Ne tong, axir farzandmiz-ku shu zamonaga, Axir ona siynasidan farzand tonolmas,
Qo‘l ko‘tarib bo‘larmidi axir onaga,
Zotan, unga qo‘l ko‘targan farzand sanalmas.
―Temir odam, ―Dorboz, ―Bulbul, ―Nay, ―Muhabbat, ―Yuzma-yuz, ―Kuz manzarasi, ―Albomga, ―Sen bahorni sog‘inmadingmi?, bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan asrning 60 va 70-yillarida Abdulla Oripov tomonidan yaratilgan har bir she‘r o‘zbek adabiyoti uchun katta bir voqea bo‘lgan edi.Qozoqboy Yo‘ldoshev
―So‘z yolqinida asl ijodkor missiyasi masalasiga to‘xtalar ekan, Abdulla Oripov bu vazifasini uddalay olgan buyuk shoir ekanligini ta‘kidlaydi.
Abdulla Oripov ana shunday daho edi.Albatta, uning ham armoni bor edi.Aks holda, nadomat bilan ―Ikki dayo oralig‘ida, Qolib ketdi mening ovozim! deya yozmasdi.Bugungi kun o‘zbek adabiyotshunosligining katta vazifalaridan biri Abdulla Oripov she‘riyatini jahon adabiyotiga targ‘ib qilish va 6 qit‘a odamlariga uni tanishtirishdan iborat deb o‘ylayaman.Ishonamanki, ular ham Abdulla Oripovni biz seganchalik sevib-ardoqlaydi.Shoirlar dunyoning erkatoylari bo‘ladi deyishadi.Ayni paytda, o‘zi mansub bo`lgan xalqning ham, millatning ham arzandasi bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.Zero, tamaddun xalqning kimligini ana shu iste‘dodlar ko‘tara olgan yuk bilan belgilaydi!



Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling