O‘zbek ruhiyati me’mori


Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


Download 450.1 Kb.
bet32/34
Sana23.02.2023
Hajmi450.1 Kb.
#1224482
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
abdulla oripov konferens 4

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:


  1. Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 1-qism. Toshkent-2001. G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.

  2. Abdulla Oripov. Hikmat sadolari. 1993. Fan

  3. To‘xta Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston, 2002

Sarvinoz YUSUPOVA Talaba,. Nizomiy nomidagi TDPU


ABDULLA ORIPOV – IBRAT TIMSOLI


Abdulla Oripov ijodining serqirra va boyligi, hamda shu darajaga yetishish yo‘lidagi mashaqqatli, ammo o‘zining ahamiyati juda dolzarb bo‘lgan har bir ijod ahli uchun, qolaversa, ma‘naviyatini go‘zal shakllantiraman degan har bir inson uchun go‘zal namuna sifatida keltirsak bo‘ladi . Biz shoir ijodi bilan qiziqar ekanmiz, o‘zimiz uchun yangicha bir olamni kashf etamiz desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Har safar shoir ijodiga qayta-qayta murojaat etar ekanmiz, bir-birni takrorlamas, insonga o‘zgacha ruhiyat baxsh etadigan turfa xil asarlari tufayli aqlimizga keladigan xulosalardan ba‘zan hayratda ham qolamiz. Bu fikrlarimizning yorqin ifodasi o‘laroq ayrim namunalarni keltirib o‘tishimiz joizdir.


Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma‘yuslik, sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.


O‘tdi yoshlik zavq bilan, gohi to‘polon bilan, Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayro ham tushdim ba‘zan? qalb bilan imon bilan, Lekin seni yo‘qotdim, birinchi muhabbatim, Mangu g‘aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.
Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan, Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan, Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim, Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Xolbuki orzulardan judo ham bo‘lganim yo‘q, Yulduzday kuyganim yo‘q, oy kabi to‘lganim yo‘q. Erta xazon gul kabi sarg‘ayib, so‘lganim yo‘q,
Seni eslab yig‘layman, birinchi muhabbatim, Eslab bag‘rim tig‘layman, birinchi muhabbatim. Yo‘lin yo‘qotsa odam – muhabbatga suyangay, G‘ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay, Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay, Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim, Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim, Sirli tushlar ko‘rib men bor dunyoni unutdim, Tongda turib nomingga ushbu she‘rimni bitdim, Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim, Yolg‘iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
Bizga ma‘lumki an‘anaviy Sharq adabiyotining go‘zal namunalarining asosiy qismi Allohga ―hamd, Payg‘ambarimizga ―na‘t shaklida yozilgan. Masalan, Alisher Navoiy g‘azallari, buyuk shoh asari bo‘lmish ―Xamsasi, Mashrab va shu kabi qator buyuk siymolarimizning ijodlari bunga yorqin misoldir. Bu asarlarning zohiriy va botiniy ma‘nolari mavjud ,albatta. Ularda yorning vasfi, yohud uning ishqidagi hijroni yoritilgandek ko‘rinsada, aslida bu asarlarning tub zamirida Allohga bo‘lgan ulkan muhabbat yotadi. Bu ma‘nolarni esa o‘ta teran fikr va ziyrak aql sohiblarigina tezda ilg‘ay oladilar. Ammo, shu o‘rinda aytish joizki, yuqorida keltirilgan,Yaratganga bo‘lgan muhabbati ifoda etilgan ―Birinchi muhabbatim she‘ridagi asl ma‘noni anglash juda osondir. Shoir o‘zining nozik tuyg‘ularini shunday bir tizginga teradiki, har bir qatorni mutolaa qila turib, bu tuyg‘ular aslida shoirning tuyg‘ulari emas, balki, har bir mutolaachi o‘zning hissiyotlari, o‘y-kechinmalari aks ettirib berilgandek his etadi o‘zini. Shoir go‘yo bu dunyoni anglab bo‘lmas sir ekanligi, gohida keng, gohida esa tuynuksiz qasrga o‘xshash ekanligiga iqror bo‘la turib, qalbida doim ildiz otib turgan, so‘nmas bir uchqundek yonib turgan va hamisha unga madadkor bo‘lgan Allohga bo‘lgan muhabbatini ilgari bu qadar aniq his etmaganini juda ta‘sirli ifoda etib, qalblarni alla qanday jumbushga keltiradi, hamda chuqur mushohadaga chorlaydi. Adabiyotga ,xususan, she‘riyatga qiziqishi bo‘lgan har qanday inson shoir ijodidan o‘zi uchun ulkan dars oladi. Shaxsan men o‘zimning kamtarona ijodim jarayonida
Abdulla Oripov ijodidan o‘zgacha ruhiyat oldim desam aslo xato bo‘lmaydi. Boisi, aynan o‘sha ruhiyat ta‘sirida quydagi misralarimni yaratdim:
Zamin uzra jarang sochib navolari, Qalbga singdi madhiyaning sadolari, Ijodidan mastdur uning shaydolari, Ona tilim – sen Abdullo dunyolari.
Ijod safariga chiqqan har qanday yosh ijodkor o‘zi uchun o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan, go‘zal ijod maktabi va mashaqqatli safar yo‘lini matonat ila bosib o‘tgan ustoz ijodkor ijodiga yuzlanadi. Ustoz ijodkorning har bir asarini o‘rganish davomida o‘zi uchun ulkan dars hamda saboq oladi. Bu olingan dars hamda saboqlar yosh ijodkorning ijodi, qolaversa, kelajagi uchun bir poydevor sanaladi. Poydevor qanchalar mustahkam bo‘lsa, qurilgan imorat shunchalar mustahkam va bardavom turadi. Biz bugun yosh ijodkorlarimizning tom ma‘noda o‘zlari uchun mustahkam imoratlarini yaratishlari uchun ustoz ijodkor – Abdulla Oripov ijod yo‘liga chuqurroq nazar solishlarini istar edik. Zero, bunday ulkan iqtodor egalari biz yosh avlod uchun go‘zal ibratdirlar. Ibrat bo‘lganda ham shunday bir ibratki, buni bahosini, qiymatini yoki o‘rnini izohlashga bizning aqlimiz ham, tilimiz ham ojizlik qiladi. Shunday bir ibrat timsolini sizga ham havola etmoqlik niyatida Abdulla Oripovning quyidagi ijod yo‘llarida bo‘lgan voqeani keltirib o‘tamiz. Abdulla Oripov ijodiga nazar solar ekanman, bir holat meni juda hayratga soldi. Ustoz Abdulla Oripovning qizlari Shoira Oripova ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida quyidagi matnni e‘lon qiladilar: Navoiy tavalludiga bag`ishlangan otamning tabriklarini, internetga ishonmay, Turkiyadan O`zbekistonga samolyotda yetkazib kelib, 2014 yil 6 fevralda Yozuvchilar uyushmasi raxbariyatiga (Muhammad Aliga. XDK izohi) bergan edim. Bugun o`sha maktub matnini ayamning xotiralari bilan birga sizga ulashyapman.
Xanifa ayam xotiralaridan:
―2014 yilning qish faslini Istambulda o`tkazdik. 9-fevral Navoiy boboni tavallud topgan kunlarida Abdulla aka Turkiya davlatida, Istambuldagi «Samo» kasalxonasining jonlantirish bo`limida yotgandilar. ―Bu yil Navoiyning tug`ilgan kunida qatnasha olmayapman deb juda bezovta bo`ldilar. 1968 yili «Navoiy» she‘rini yozgan edilar.
Besh yuz yil unga ham nima gap axir, Mingga qadam qo`ydi yigirma besh yosh.
misralari bilan tugaydigan she‘rlarining yozilish jarayoni hamon esimda, o`sha yillar biz Chilonzor tumanida istiqomat qilar edik.
O`sha yillardayam, keyin ham xonadonimizda Navoiy bobomizning tavallud ayyomlarini albatta osh qilib nishonlardik. ―Navoiy bobomiz juda noziktab, injiqqina bo`lganlar-da, biror marta ham shu kunda havo ochiq bo`lmaydi, yoki qor yoki yomg`ir yog`ib izg`irin bo`ladi» derdilar.
Juda ko`p maqolalar yozganlar. Biror marta takror gap aytmasdan, albatta, biror bir yangi tashbeh topar edilar.
Kasalxonada ham o`zlari osma ukolda yotgan bo`lsalarda, menga shu maqolani aytib turib yozdirdilar. Yuz marta o`chirib, yuz marta ko`chirdim.
Maqolani qoralamasi tayyor bo`ldi. Nihoyat palataga chiqdik. Ancha yaxshi bo`lib qoldilar. Kechasi bilan maqolani qayta- qayta ishladilar.
Ilxomjon kasalxonaning kompyuterida bir necha martalab ko`chirib chiqdi. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga xat yozdirdilar. ―Albatta xalqimga o`qib eshitdiringlar. Abdulla Oripov qayoqqa yo`qolib qoldi deyishmasin, biror gazetaga beringlar deb iltimos qildilar.
Internet orqali O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga yubordik.
Ammo maqolani hech qayerda berishmadi. Abdulla akaga esa Sirojiddin Sayid o`qib beribdi deb yolg`on aytishga majbur bo`ldik, sababi ko`ngillari og`rishidan xavotirda edik.
Shu tariqa ushbu maqola-maktub e‘lon qilinmadi… [1]
Yuqorida aytaganimizdek, har bir ijodkor o‘zi uchun bir ustoz tanlaydi. Abdulla Oripov ham o‘zlari uchun buyuk mutafakkir – Alisher Navoiy bobomizni ustoz deb bilganlar. Ustozlariga bo‘lgan ulkan ehtiromni, o‘z ijodlariga bo‘lgan muabbatlaridan yuqoridagi havoladan anglashimiz mumkin. Biz Abdulla Oripov singari o‘z ustoziga ehtiromni, ijodiga muhabbatni aynan ulardan o‘rgansak, ishonamanki, biz ham ulardek shunday mashaqqatli ijod safardan qoqilmasdan, charchamasdan, eng muhimi esa bu safarning eng so‘ngigacha yeta olamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Internet ma‘lumotlari: https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/abdulla- oripov-alisher-armonli-maktub.html [1].



Download 450.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling