O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet14/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

TILSHUNOSLIK VA BOSHQA FANLAR
Tilshunoslik ypki lingvistika muayyan tilning ijtimoiy tabiati va jamiyatdagi vazifalari, uning ichki tuzilishi, faoliyati, tarixiy taraqqiyoti va tasnifiga oid tilshunoslikka oid fandir. Lingvistika so‘zi fransuzcha «Linguistique» so‘zidan olinganbo‘lib, tilshunoslik demakdir. Uning asosi lotincha «Lingua» (til va nutq) bilan bog‘liqdir. Bu fan inson tilini o‘rga- nuvchi mustaqil fandir. Ma'lumki, til, jo‘n qilib aytganda, insonlar o‘rtasi- dagi asosiy muomala vositasidir. Tilsiz kishilik jamiyati va xalq yashay olmay- di. Tilsiz insonning o‘zi ham mayjud bo‘la olmaydi. U inson uchunberilgan buyuk bir ne’mat bo‘lib, jamiyat bilan birga taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun xizmat qiladi. Til yo‘q ekan, inson ham, jamiyat ham bo'lmaydi.
Fanda ta’kidlanishicha, hozirgi zamon fani uchta asosiy bo'limdan iborat:

  • tabiatshunoslik yoki tabiiy fanlar (tabiatning mavjudligi, uning taraq- qiyoti haqidagi qonuniyat va hodisalar);

  • ijtimoiy fanlar, ya’ni jamiyat haqidagi fanlar;

  • falsafa, tabiat, jamiyat va tafakkuming nisbatan umumiy qonuniyat- larini o'rganadi.

Tilshunoslik inson tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Umuman. tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning yaqinlashuvi natijasida, keng ma’noda aytadigan bo‘lsak, texnik fanlar, xususan, qishloq xo'jaligi va tibbiyot fanlari; tabiatshunoslik (tabiiy) fanlari (asosan, fizika) bilan falsafa (asosan, mantiq)ning yaqinlashuvidan matematik fanlar, xususan, matematik mantiq va kibemetika vujudga kelgan. Umuman olib qaraganda, tilshunoslik fani hozirgi zamon fanlarining barchasi bilan ham juda yaqin aloqada bo‘ladi. Chunki, inson faoliyatining barcha ko‘rinishlarida, xusu- san, idrok qilish va o‘zaro muloqot jarayonlarida til asosiy vazifani bajaradi. Bundan tashqari, tilsnunoslik ham fanlar sistemasida boshqa bir qancha fanlar bilan uzviy aloqada bo‘ladi. «Bu aloqalarsiz tilshunoslikning o'rganish obyekti bo‘lgan tilning o‘ziga xos tomonlarini ochib berish mumkin emas. Masalan, tilshunoslikning fonetika bo‘limida nutq tovushlarining akustik tomoni fizikaning akustika bo‘limi ma’lumotlari asosida o‘rganiladi. Nutq tovushlarining paydo bo‘lishida ishtirok etadigan nutq organlarining vazi- fasini fiziologiya materiallarisiz bayon qilish mumkin emas. Yoki nutq patologiyasi muammolari tibbiyot fani bilan uzviy aloqada hal qilinadi. Tilshunoslikda lisoniy birliklarning boshqa lisoniy birliklar bilan birikish imkoniyatlari va ushbu imkoniyatning yuzaga chiqish masalalari bilan shug‘ullanuvchi valentlik nazariyasining vujudga kelishi bevosita kimyo
fanining ta'siri bilan bog‘liqdir» (A.Nurmonov, B.Yo‘ldoshev. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. 3-b.). Tilning tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holatlar til- shunoslik fanini tarix fani bilan shunchalik chambarchas bog‘laydiki, ikka- lasini bir-biridan ajratish ancha mushkul.
Albatta, tilshunoslik til bo‘yicha tadqiqot olib borganda boshqa fan materiallariga suyanadi. Buni hech kim inkor eta olmaydi. Ayni shu holat boshqa fanlar nuqtayi nazaridan ham to‘liq kuzatiladi. Boshqa fanlar ham til materiallariga suyanadi, undan keng foydalanadi. Aytish mumkinki, t ilshunoslik, deyarli barcha fanlar bilan yaqin aloqada bo‘ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling