O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet15/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

TILSHUNOSLIK VA IJTIMOIY FANLAR
Umuman, tilshunoslik, birinchi navbatda, ijtimoiy fanlarga kiradi. Shu bois, u ijtimoiy fanlar bilan, ayniqsa, tarix, psixologiya, pedagogika, iqt isodiy geografiya bilan juda yaqin aloqadadir. Yuqorida ham aytib o‘t- ganimizdek, tilshunoslikning tarix fani (ijtimoiyjamiyat taraqqiyoti haqi- dagi fan) bilan uzviy aloqasini hech kim inkor eta olmaydi. Chunki, har qanday xalq tilining tarixi shu xalq tarixining bir bo'lagidir. Bu holat, ayniqsa, muayyan bir tilning lug‘at tarkibini tadqiq qilishda, uning shakl- lanishi va taraqqiyotini, yashash tarzini o‘rganishda yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, til urug‘ va qabila, elat hamda millat tarixi bilan chambarchasbog‘liqbo‘lganiuchun kishilikjamiyatining tarixi tilda bevosita o‘z aksini topadi. Chunki, jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq shunday qonuniyat borki, jamiyatdagi har qanday o‘zgarish, bi- rinchi navbatda, tilda namoyon bo‘ladi. Har qanday tildagi so‘zlarning ta- rixini, tilning lug‘at boyligini o‘rganishda, ungatarixiy nuqtayi nazardan to'g'ri baho berishda tarixfanitilshunoslikka katta yordamberadi. Masalan, hoziigi o'zbck adabiy tilida faol qo‘llanishda bo‘lib turgan arabcha, forscha- tojikcha va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlami o‘rganishda tarixiy dalillar asosiy omil sanaladi.
Albatta, tilshunoslik vaadabiyotshunoslik (adabiyot nazariyasi, adabiyot larixi, adabiy tanqid) o‘rtasidagi yaqin aloqa ham isbot talab qilmaydi. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik o‘rtasidagi ittifoq natijasida filologiya (yunoncha: phileo - sevaman + logos - so‘z) fani vujudga keldi. Tarixan bu termin Qadimgi Gretsiyadabugungi ma’nosida qoilanmagan; filologga nisbatan grammatik (grammatikos) termini qoilangan. Bu davrlarda Qa- dimgi Gretsiyada grammalikachi bilan filolog ikki xil ma’no uchunqoilan- gan, xususan, filolog termini badiiy asarning mazmuni va uslubini o‘rga- nishbilan shug‘ullanuvchi shaxsga, grammatikachi (grammatist) termini esa grammatika, orfografiya, matn izohi kabilarni o'rganuvchi shaxsga nis- batanqo‘llangan. Keyinchalik, aniqrog‘i, Tiklanish (Vozrojdeniya) davrida nafaqat til va adabiyot, balki tarix, huquq, xo'jalik, din, falsafa kabi fan- larni o'rganuvchi klassik filologiya vujudga keldi. XIX asr o‘rtalariga kelib filologiya o‘z qamrov doirasini toraytirdi va uning obyektiga filologik fanlar sifatida tilshunoslik va adabiyotshunoslik kirdi.
Aytish mumkinki, poetika (yunoncha: poietike — poetik san’at, ijod, poeziya) tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlarining mushtarak obyekti sanaladi. Shuningdek, tilshunoslik va adabiyotshunoslikning o‘zaroyaqin aloqalari stilistika, adabiy til tarixi, badiiy asar tili masalalari tahlilida yanada yaqqol ko'rinadi. Ammo badiiy matn tahlilida har ikki fan o‘ziga xos usullarda tadqiq etadi, o‘rganadi. Adabiyotshunos tilni badiiy shakl va g'oyaviy mazmunning bir uzvi, adabiyotning asosiy elementi, so‘z san’ati sifatida, tilshunos esabadiiy matnni muallifning nutqiy faoliyati, til me'yori va uslubining aniq bir fakti sifatida tahlil qiladi. Badiiy asarda qo‘llangan til vositalari tadqiqi bilan funksional stilistika shug‘ullanadi.
Til shaxs nutqiy faoliyatining asosiy omili o‘laroq psixologiya va tilshunoslik fanlarining predmeti sanaladi.
Tilshunoslik (psixologiya kabi) pedagogika bilan ham yaqindan aloqada bo‘ladi. Ularning aloqalarini til o‘qitish metodikasida to‘liq kuzatish mumkin. Ayrim olimlar bu aloqani lingvodidaktika yoki lingvopedagogika deb ham atashmoqda. Ushbu so'zlarda qo‘llangan didaktika termini ham yunoncha bo‘lib, didaktikos — ibratli, namuna degan ma’nolami anglatgan. Didaktika hozirda pedagogikaning ta’lim va o'qitish nazariyasi, umumiy metod va shakllari haqidagi bo‘limidir.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling