O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet18/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

4-MAVZU. MA’RUZA MATNI.
Fonemаlаr klаssifikаtsiyasi.Bо‘g‘in, urg‘u, intonаtsiya.

NUTQ TOVUSHLARI ARTIKULYATSIYASI
Nutq apparatining ishlashi natijasida tovush hosil boTish jarayoni artikulyatsiya deyiladi. MaTum bir tilga xos boTgan nutq tovushlarini hosil qilishga muvofiqlashgan nutqapparati artikulyatsiya bazasi deyiladi. Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi uchta bosqichni: 1) talaffuz qilishga tayyorgarlik-ekskursni, 2) talaffuzning o‘zini, 3) nutq organlarining o‘z o‘rniga qaytishi-rekursni o‘z ichiga oladi. Nutq tovushlarini hosil qi- lishdagi artikulyatsiya harakatlarining yigTndisi artikulyatsiya bazasi deyiladi.
Nutq tovushlarining akustik xususiyati ularning kuchi, balandligi, tembri va cho‘ziq-qisqaligi bilan ifodalanadi. Akustika tovushlarning quyidagi belgilari borligini ta'kidlab ko‘rsatadi:

  1. Tovush amplitudaga, ya’ni tebranish chegarasiga bogTiq boTadi.

  2. Tovushning baland—pastligi tebranish tezligiga, ya'ni bir sekundda boTadigan tebranish soniga bogTiq. Tebranish ko‘p boTsa, tovush baland boTadi. Tebranish oralig‘i qancha uzun boTsa, tebranish shuncha kam, sekin boTadi, tovush yo‘g‘on va past chiqadi.

  3. Tovushning cho‘ziq-qisqaligi tebranish vaqtining davomli yoki davomsiz boTishiga bogTiq. Tebranish qancha davomli boTsa, tovush shuncha qisqa boTadi.

  4. Tovush tembri asosiy ton bilan qo‘shimcha tonlaming munosabatiga bogTiqdir. Tembrning o'ziga xos xususiyatlari bor; tembrga qarab tovushning baland—pastligini aniqlaymiz. Bir xil cholg‘u asboblarining farqini ham tembridan ajratish mumkin. Ularda rezanatori farqqiladi.

Nutq tovushlarining paydo boTishida rezonansning roli katta. Nutq tovushlarining tarqalishi va kuchayishida kishilarning og‘iz va burun bo'shligT rezonator vazifasini bajaradi. Og‘iz bo'shligT o‘zgaruvchan rczonator hisoblanadi. Uning boTinishi, tilning yuqoriga koTarilishi va pastga tushishi, oldinga va orqaga surilishi turli—tuman tovushlarning chiqishiga imkon beradi. Burun bo‘shlig‘i esa o‘zgarmas rezonatordir.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling