O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet19/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

NDTQ IOVUSHLARI TASNIFI
I <»viislilni shovqin va ovozdan hosil bo‘ladi. Tovushlar unli va undosh- lnign njialadi. Agar o'pkadan chiqayotgan havo oqimi tovush paychalarini litratib o'tib, og‘iz bo‘shlig‘ida qarshilikka uchrasa, undaundosh tovush hosil bo'ladi. Hamma tillarda tovushlar miqdori har xil. O‘zbek tilida 6 ta unli, 23 ta undosh bor.
Unlilar (vokalizm). Unli tovushlar faqat ovozdan iborat. Tilning gori- zontal holatiga ko‘ra unlilar uch xil bo‘ladi:

  1. Til oldi unlilari: (i), (a), (e).

  2. Til o‘rta unlilari: (o‘).

  3. Til orqa unlilari: (u), (o‘), (o).

Tilning ko‘tarilish darajasiga qarab, unlilar uch turga bo‘linadi:

  1. ochiq unlilar; (a), (o).

  2. yarim ochiq unlilar; (e), (o‘).

v) yopiq unlilar; (i), (u).
Qisqa va cho'ziqligiga qarab unlilar qisqa va cho‘ziq unlilarga ajraladi. Bu miqdor belgisi deyiladi. Bu xususiyat o‘zbek va rus tillarida yo‘q, ingliz, turkman tillarida bor. Lablarning ishtirokiga ko‘ra unlilar lablangan (u, o‘, o) va lablanmagan (i, e, a) bo‘ladi.
Unlilarning tarkibiga ko‘ra turlari uch xil - monoftonglar. diftonglar, triftonglar bo‘lib, bu ularning tarkibidagi tovushlar miqdoriga bog‘liq. Bunday ajratish ham o'zbek va rus tillariga xos emas. U roman-german tillarida ko‘p uchraydi. Diftonglar va triftonglar garchi ikki va uch tovush- dan iborat bo‘lsa ham bir vazifani bajaruvchi, bir fonema hisoblanadi. Bo‘g‘in ajratilganda bir bo‘g‘inga kiritiladi.
Undosh tovushlar (konsonantizm). Undosh tovushlaming hosil bo‘- lishida havo oqimi tovush paychalarini titratish - titratmasligidan qat'iy nazar og‘iz bo‘shlig‘ida qarshilikka uchraydi. Agar havo oqimi faqat og‘iz bo‘shlig‘ida qarshilikka uchrasa, jarangsiz undoshlar (p, t, s, f) hosil bo‘ladi.
Agar shovqin ovozdan ustun tursa, jarangli undoshlar hosil bo‘ladi: (b. v, g, d, j).
Agar ovoz shovqindan ustun tursa, sonor yoki sonontlar deyiladi. Ular og‘iz (r) va burun (m, n, ng) sonorlariga bo‘linadi.
Talaffuz o‘rniga ko‘ra undoshlar lab, til, bo‘g‘iz undoshlariga ajraladi. Lab—lab undoshlar: b, m, p.
Lab—tish undoshlar: v, f.
Til oldi undoshlari: t, d. s, sh, n, z.
Til orqa undoshlari: q, g‘.
Til o‘rta undoshi: y.
Hosil bo'lish usuliga ko‘ra undoshlar portlovchi, sirg‘aluvchi, qorishiq va ba’zi tillarda nafas turlariga ajratiladi.
Portlovchilar; (b), (p), (t), (d) kabiiar talaffuzida o‘pkadan chiqayot- gan havo nutq organlari qarshiligini yorib o'tadi, natijada portlash ro‘y beradi.
Sirg‘aluvchilar; (v), (f), (s), (sh), (j), (x) bunda nutq organlari qattiq jipslashmaydi, bir - biriga yaqinlashadi, havo oqimi ularning orasidan sirg‘alib o‘tadi.
Qorishiq tovushlar; (ch), (j) - ular ikki undosh yig‘indisidan tashkil topgan. Bunda til milkkataqaladi, lekin tovush portlash bilan emas, sirg‘a- lish bilan chiqadi. Ba’zitillarda nafas undoshlari bor.
Tillardagi nutq tovushlari son jihatdan ham, sifat jihatdan ham o‘zaro to‘g‘ri kelmaydi. Ularning akustik — artikulyatsion xususiyatlari ham har xil bo‘ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling