O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet21/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Gap urg‘usi yoki logik urg‘u.
Ovozni kuchaytirish yoki ko‘tarish yordamida gap tarkibidagi biror- bir so'zni ajratib talaffuz etiladi. Ana shu gapda ajratib talaffiiz etish hodisa- sini gap urg'usi yoki logik urg‘u deb ataymiz.
Ana shu logik urg‘u tufayli gap turli xil ma’noga ega bo'ladi. Logik urg‘u yordamida mantiqiy tomondan muhim vabutun e'tiborni qaratish kerak bo‘lgan so‘z ajratib talaffuz etiladi. Logik urg‘u gapdagi har bir so‘zga, hatto u yordamchi so‘z ham turkumiga oid bo‘lsa ham tushishi mumkin. Logik urg'uning ifodalanishi turli tillarda turlichadir. Masalan, rus tilida urg‘u tushgan so‘zdagi so‘z urg‘usi yana ham kuchliroq talaffuz qilinadi;
Fransuz tilida logik urg‘u olgan so'zning birinchi bo‘g‘ini so‘z urg‘usi oladi. O‘zbek tilida logik urg‘u olgan so‘z kesimdan oldingi o‘ringa ko‘chiri- ladi. Masalan, Men maktabga bugunbordim (kecha emas, bugun)
Men bugun maktabga bordim. (do‘konga emas, maktabga)
Bugun raaktabga men bordim.(do‘stim emas, men).
Nutq jarayonida ovozimiz ko‘tarilib yoki pasayib, nutqqa ohang bag'ish- laydi. Nutqning ohangdorligi intonatsiya deb ataladi. Gap ohangi turli va- zifalarni bajaradi.
Masalan, uning eng muhim vazifalaridan biri sintaktik funksiyasi hi- soblanadi. Bunda ohang yordamida biz tasdiq, savol, hayajon kabiiarni ilodalaymiz. Intonatsiya yordamida biz so‘z birikmasi gapga tegish yoki tu- gallanmagan gapning bir qismini, aniqlashimiz mumkin.
TOVUSHLARNING NUTQ JARAYONIDA O‘ZGARISHI
Ma'lumki, nutq tovushlari yozuvda har qaysi tilda qabul qilingan bel- gilar — harflar orqali aks ettiriladi. Biroq so‘zlashuv jarayonida nutq to- vushlari harflar orqali aks ettirilganidek, yakka-yakka holda ishlatilmaydi. Nutq tovushlari har bir til qonun — qoidalariga muvofiq ma’lum tartib bi- lan tutashib, birikib so‘z hosil qilarkan, so‘z tarkibida aks ettirilgan harf- larga nisbatan birmuncha o‘zgargan holda talaffuz etilishi mumkin. So‘z- lashuv jarayonida nutq tovushlarishshg o‘zgarishi ayrim tovushlaming bir- biriga ta'sir qilishi natijasida ro‘y beradi. Masalan, yozuvda yotdi, kelibdi shaklida yoziladigan so‘zlarog‘zaki nutqda yotti, kelipti shaklida talafiuz etiladi.
Nutqda so‘z tarkibidagi tovushlaming bunday o‘zgarishiga kombinator o‘zgarishlar deyiladi. Kombinator o'zgarishlar assimilyatsiya, dissimilyatsi- ya jarayonlarida va boshqa fonetikjarayonlarda ro‘y beradi.
So‘zlarda ikki yonma-yon tovushning bir-biriga ta’sir qilishi natijasida, ya’ni oldingi tovushning keyingisiga yoki keyingi tovushning oldingisiga o‘xshab ketishi, moslashishi kabi fonetik jarayon assimilyatsiya' hodisasi deb aytiladi. Bunday hollarda tovushlar artikulyatsiya yoki akustika jihatidan bir-birlariga moslashadi. Masalan, yozuvda otda shaklida ifodalangan so‘z so‘zlashuv jarayonida otta deb talafiuz etiladi: bunda shu ot so‘zidagi ja- rangsiz t tovushning ta'siri natijasida shutovushdan keyin kelgan jarangli d ham t ga o‘xshab ketgan. Rus tilida cde/iamb so‘zi talaffuzda sde/iamb tar- zida aytiladi, bunda keyingi jarangli d tovushiniig ta'siri bilan oldingi ja- rangsiz stovushijarangli ztarzida talaffuz etiladi, ya’ni jarangli d undosh tovushi o‘zidan oldin kelgan jarangsiz s undosh tovushini o‘z-o‘ziga o‘x- shatib singdirib, jaranglilashtiradi.
Assimilyatsiya to‘liq va to'liqsiz bo'lishi mumkin. Nutq jarayonida sing- diruvchi tovush qo‘shni tovushni aynan o'ziga o‘xshatsa, lo'Iiq assimi- lyatsiyadeyiladi. Masalan, o‘zbektilida otdan, o7Jt/so“zlarida oldingijarang- siz t tovushining ta’siri bilan jarangli d tovushi ham t bo'lib, ikki boshqa- boshqatovush bir xilda ottan, o‘tta kabi talaffuz ctiladi. Bu hodisaboshqa tilbarda ham uchraydi. Masalan, rus tilida omdamb so'zi oddamb tarzida talafiuz etiladi. Bu so‘zda keyingi d tovushi t ga ta'sir qilib, o“ziga o‘xshagan d kabi talaffuz etiladi. Shu xilda so‘z tarkibidagi singdiruvchi tovush qo‘shni lovushga ta’sir qilib, qisman o‘ziga o‘xshatsa, to'liqsiz assimilyatsiya deyiladi. Masalan, toshgan, o‘tgan so‘zlarida -gan affiksidagi jarangli g undoshi o‘zidan oldin kelgan sh, t tovushlarining ta’siri bilan talaffuzda qisman o'zgarib, k tarzida talaffuz etiladi: toshkan, o‘tkan. Bunda jarangsiz sh, t undosh toviishlari o‘zlaridan keyin kelgan g undosh tovushini aynan,
1 Assimilyatsiya — assimilatio lotincha so'z bo'lib, o‘xshatish, moslashtirish ilemakdir to‘la o‘ziga o‘xshatmasa ham, jarangliligini yo‘qotib, sh, t tarzidajarangsiz talaffuz etiladi.
Ba’zi tillarda assimilyatsiya hodisasi orfografryada hamo‘z aksinitopadi. Masalan, hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida jo‘nalish kelishigi, asosan -ga affiksi bilan ifodalanadi. Lekin, q, k. g‘, tovushlari bilan tugagan so‘zlarning oxirida jarangsiz undosh tovushi bo'lgani uchun —qa, -ka shaklida yoziladi: o‘rtoq—ga— o‘rtoqqa, terak-ga—terakka, bog‘-ga—boqqa kabi. Bundayholni rus tilida ham uchratish mumkin: z tovushi bilan tugagan prefikslar jarangsiz tovushlar bilan boshlangan so‘zlar o‘zagi bilan tutashib kelganda, jarangsiz- lashib, talaffuzga muvofiq s harfi bilan yoziladi: Masalan, 6e3-miamH0— Gecn/iamHo. u3-xodumb—ucxodumb, pa3-cKa3amb—paccKa3amb.
Assimilyatsiya ikki xil bo'ladi. Agar so‘zda oldingi tovush o‘zidan keyingi tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga qisman yoki to‘la o‘xshatsa, bunday hodisa progressiv assimiiyatsiya deyiladi. Masalan, otdan (ottan), tutda (tutta), beshga (beshka) kabilar. Progressiv assimilyatsiya asosan turkiy tillarga xosdir.
Agar so‘z tarkibidagi keyingi tovush o'zidan oldin kelgan tovushga ta’sir qilib, uni o‘ziga to‘la yoki qisman o'xshatsa, bunday assimilyatsiya regressiv assimilyatsiya deyiladi. Masalan, mazkur, adas, birla so‘zlari maskur, allas, WZfatarzidatalaffuzetiiadi. Regressiv assimilyatsiya, ayniqsa, rus tili uchun xosdir. Masalan, lodka so‘zida k tovushi o‘zidan oldin kelgan jarangli d tovushiga ta’sir qilib, uni t tovushiga aylantiradi, natijada bu so‘z JiomKa tarzida talaffuz etiladi; c6op so'zidagi jarangli b tovushi o'zidan oldin kelgan jarangsiz s tovushiga ta’sir qilgani uchun bu so‘z 36op tarzida talaffuz etiladi.
Turkiy tillarda, mo‘g‘ul tilida, ayrirn ugor-fin tillarida singarmonizm hodisasi ham uchraydi. Singarmonizm4 ham assimilyatsiyaning bir ko‘rini- shidir. So'zning birinchi bo‘g‘inidagi unlining xususiyati va sifatiga qarab, boshqa bo‘g‘inlardagi unlilaming ohangdoshlashib moslashuviga singarmo- nizm deb aytiladi. Singarmonizm ikki xil bo‘ladi.

  1. Palatal5 6 singarmonizm;

  2. Labial’ singarmonizm.

Palatal singarmonizm o‘zbek tilidan boshqa barcha turkiy tillarga xos fonetik qonundir. Bu fonetik qonunga muvofiq so‘z tarkibidagi «qattiq», ya'ni til orqa unlilari yoki «yumshoq», ya'ni til oldi unlilari ohangdoshlashib uyg‘unlashadi, moslashadi. Agar so‘z tarkibida birinchi bo‘g‘indagi unli «qattiq», ya’ni til orqa unlisi bo‘lsa, qolgan bo‘g‘inlarda ham faqat til orqa unlilari ishlatiladi. Masalan, qoraqalpoq tilida — balalarbimbizdan, ozarbayjon tilida gardashlarbimizdan qirg'iz tilida — moldolordon. Agar so‘z tarkibida birinchi bo‘g‘indagi unli «yumshoq», ya’ni til oldi unlisi bo‘lsa, qolgan bo‘g‘inlarda ham til oldi unlilari ishlatiladi. Masalan, qon|)- qalpoq tilida — mektepierimizdenu, ozarbayjon tilida — telebelerimizden, qirg‘iz tilida — mekteptin.
Shunday qilib, palatal singarmonizmda so'zning hamma morfemalari- dagi unlilar, ya’ni so‘z o‘zagidagi va morfemalar hamda aftikslardagi unli- lar, ohangdoshlashib moslashgan bo'ladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik turkiy tillarda affikslarning kamida ikki varianti bor. Masalan, qoraqalpoq tilida: bala-lar-bimiz-dan, mektep-ler-i-miz-dan- qirg‘iz tilida — mekteptete, toodo.
Labial singarmonizm barcha turkiy tillarda ham uchramaydi. Labial singarmonizm hodisasi bor bo‘lgan tillarda so'zning oldingi bo‘g‘inidagi labiallangan unli o'zidan keyingi bo‘g‘indagi unliga yoki qolgan hamma bo‘g‘indagiunlilargata’sirqilib, ularni labiallangan unliga o‘xshatib, mos- lashtiradi. Masalan, qirg‘iz tilidakol, kolu, koldor so‘zlarida labial singar- monizm hamma bo‘g‘inlarda yuz bergan. Tuva tilida kol, kolu, kollar, koHarbt so‘zlarida labia? singarmonizm ba’zi bo‘g‘inlardagina yuz beradi.
O‘zbek tilida labial singarmonizm og‘zaki nutqda hamda ba’zi shevalarda uchraydi: mumkun (mumkin), muhurn (muhim), buvu (buvi). bo‘ium (bo‘lim), so‘lum (so‘lim), o‘g‘ul (o“g‘il) kabi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling