O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet29/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

PARONIMLAR
Rus tilshunosligida paronimlarni izohlash XX asr oxirlarida boshlan- ganiga qaramay, faqat XX asrning 60-yillaridan paronim va paronimiya haqida maxsus tadqiqotlar yaratishga kirishildi. Xuddi shu davrlardan o‘zbek t ili leksikqlogiyasi va frazeologiyasi bo‘yicha chiqarilgan ba’zi qo‘llanmalarda leksikva frazeologik paronimlargata'rifberildi. Keyinchalik o‘zbektili paro- nimlari haqida bir qator maqolalar e’lon qilindi, “Paronimlar lug‘ati” nashr qilindi11. Erig muhimi, paronim va paronimiya haqidagi ma’lumot “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligidan va “O‘zbek tili leksikologiyasi” monografiyasidan ham joy oldiki, bu holat, o‘z navbatida, o‘zbek lingvistik terminlarisistemasida “paronim” va “paronimiya” terminlarining mustah- kam o‘rin olishi uchun zamin yaratdi.
Rus va o‘zbek tillarida e’lon qilingan lingvistik adabiyotlarda paronim va paronimiyaga berilgan izoh va ta'riflar bilan tanishsak, bu hodisaga munosabat bir xil emasligi, xatto o‘zaro zid fikrlar mavjudligi, paronimi- yaning boshqa hodisalarbilan qorishtirib yuborilayotganligini sezish qiyin cmas. Paronimiya hodisasining mohiyatini aniqlash maqsadida “paronim” va “paronimiya” terminlariga berilgan o'zaro farqli ta’riflardan ba'zilarini tahlil qilib ko‘raylik.
O.S.Axmanovaning “Lingvistik tcrminlar lug‘ati”da “paronimlar... talaf- fuzining o‘xshashligi va morfcm sostavining qisman mos kelishi tufayli nutqda yo xato, yo so‘z o'yini sifatida qoTlaniladigan so‘zlardir”, deyiladi. Ta’rifdaparonimlaming morfcm, morfologik, semantikjihatlardan bo‘lgan chegarasi aniq belgilanmaydi. Natijada fonetiktuzilishi qisman o‘xshash bo‘lganbarcha birliklar — turli turkumga va morfem strukturaga egabo‘lgan so‘zlar /leksemalar/ va grammat ik fonnalar /so‘z formalar/ o‘zaro paronim deb ko'rsatiladi: sud-osud /lcksik birlik/sud/ va grammatik birliklar/; / po/ drova - /so/ dvora /turli grammatik formadagi morfologik birliklar/. Bunday misollar “Paronimlar lug‘ati”da ham bor: so‘nggi /yasama sifat: so‘ng+gi/ -so‘ngi /egalik formasi: so‘ng+i/: burish /xarakat nomi/ - burish / ajin, tirish — ot leksema/.
Paronimlarga oid ko'plab ilmiy maqolalar va o‘quv qoTlanmalari muallifi O.V.Vishnyakovaning paronimlargabergan quyidagi ta’rifga e’tibor beraylik: “Paronimlar talaffuzi yaqin, ammo bir xil boTmagan, urg‘usi aynan bir bo‘g‘inda tushadigan, bir so‘z turkumiga mansub va qo‘shimcha mazmun ottenkasi bilan farqlanib, fikr aniqligi uchun xizmat qiladigan lushunchalami ifodalovchi o‘zakdosh so‘zlardir”. Bu nisbatan paronimlar- ning fonetik va marfologik chegaralarini aniq belgilashga qaratilganta’rifda, bizningcha, bir qator e'tirozli o'rinlar bor.
Birinchidan, so‘z ma'nosi o‘rnida muallif “tushuncha” termini qoTlay- di, qolaversa, qo‘shimcha mazmun ottenkalari haqida gapirar ekan, aslida ma’no ottenkalarini nazarda tutadi, chunki tushuncha borliq obyekti haqi- dagi tasawur sifatida so‘z ma'nosida reallashadi.
Ikkinchidan, mazkur ta'rifni o‘zakdosh sinonimlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin, chunki qo‘shimcha ma’no ottenkalarini ifodalash barcha sinonimlarning, jumladan o‘zakdosh sinonimlarning asosiy funksiyasidir.
Uchinchidan, ta'rifda paronimlaming urg‘usi aynan bir o‘rinda bo‘lishi shart qilib qo'yiladi. Bunday konsepsiyani mantiqan bo‘g‘in miqdori farqli yoki turli bo‘g‘inda urg‘u olgan, lekin o‘xshash fonetik strukturaga ega differensial ma’noli o‘zakdosh leksemalar o‘rtasidagi paronimik munosa- batni /masalan, O.V.Vishnyakovaning o‘zi keyingi qollanmasida paronim- lar sifatida keltirgan ynamibiM “muvaffaqiyatli” va yaaqjmBbiii “omadli” yoki o‘zbekcha silamoq va siylamoq kabi urg‘u pozitsiyasi farqlangan, farqlanayotgan so‘zlar munosabatini/ inkor etadiki, bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi.
T.G.Ponomarenko paronimlarga shunday ta'rifberadi: “Paronimlar strukturasi va tovush o'xshashligi /shuningdek, bir tildagi urg‘u olish/, bir so‘z turkumiga mansubligi bilan birlashgan o‘zakdosh so‘zlar bo‘lib, ular ma’nosiga ko‘ra aynan yoki farqli bo‘lishi mumkin”. Bu ta’rifdaparo- nimlarning formal yaqinligi, o‘zakdoshligi orqali paronimlarga yaqin turadi, bir xil semantikxarakteristikasi bilan esa doim differensial ma’noli bo‘lgan paronimlardan farq qiladi.
N.P.Kolesnikovparonimlaming faqat o‘zaro formal yaqinligini emas, balki semantik munosabatini ham hisobga olib, ularni quyidagicha ta’riflaydi: “Paronimlar deb tovush jihatidan o‘xshash, mazmunga ko‘ra farqli va biri o‘rnida boshqasi yanglish qo‘llanadigan so‘zlarni atash to‘g‘- riroqdir”. Bu ta'rifda paronimlar doirasi ancha torayadi, ya’ni har qanday o‘xshash so‘zlar emas, balki ma'nosi farqli va o‘zaro yanglish ishlatiladigan leksemalargina paronimlar hisoblanadi. Misol tariqasida ham o‘zakdosh / 3flpaBnn,a “tabriknoma” va 3ApaBHima “shifoxona”/, ham o‘zakdosh bo‘lmagan /nHfbeKilHM va WHteKnmi “ukol”/ so‘zlar keltiriladi. Paronim va paronimiyaga bo‘lgan bunday munosabatni o‘zbek tadqiqotchilari asar- larida ham uchratish mumkin. Chunonchi, M.Toshaliyev va M.Jo‘raboye- valar shunday deb yozadilar. “Paronimiya shaklan yaqin, yondosh so‘zlar- ning nutqda xato ravishda bir-birining o‘rnida qo‘llanilishiga, shuningdek, shutip so‘zlaming ba’zan so‘zo‘yini, qochiriq vositasi sifatidaishlatilishiga nisbatan qo‘llanadi. Paronimlar esa shunday xususiyatga ega bo‘lgan so‘zlai bo‘lib, paronomaziya paronimlaming nutq protsessidagi yaqinlashuvidir”. Birgina ta’rifning o‘zida ikkixil termin / “paronimiya” va “paronomaziya”/ lerminlari/ mualliflarning ta’kidlashicha, “til strukturasida alohida o‘rin tutadigan til faktini leksikhodisa sifatida izohlash uchun” ishlatiladi. Angla- shiladiki, bu o‘rinda til hodisasi /paronimiya/ nutq hodisasi /paronoma- ziya/ bilan qorishtirib yuborilgan. Leksik—semantik kategoriya bo‘lgan’ paronimiya va nutqiy hodisa — paronomaziyaning o'zaro farqi, qiyosi bir qator ishlarda maxsus yoritilgan. Shuning uchun biz masalaga bevosita aloqador bir holatni ta’kidlash bilan cheklanamiz. Ma'lumki, har qanday so‘zning, jumladan, paronimlaming ham leksik ma’nosini faqat kontekst- da, uning boshqa so‘zlar bilan mumkin bo‘lgan potentsial bog‘lanishlari yordamidagina aniqlash kerakligi haqidagi tezislar matbuotda tanqid qilingan va bu haqida taniqli sovet tilshunosi R.A.Budagov shunday deb yozgan edi: “har qanday ongli kishining tasawurida, agar rus tili uning uchun ona tili hisoblansa, stol va voda “suv” kabi so‘zlarning ma’nosi / bunga o'xshash so‘zlar esa minglab topiladi/ hech qanday kontekstsiz ham anglashilaveradi. Kontekst uni faqat toTdiradi, uning ikkinchi, uchinchi yoki tamomila yangi ma’nosini birinchi planga olib chiqadi”. Demak, o‘zbek tilida mavjud boigan ayrim va ajrim, jamoat va jamiyat, kemtik vakemshik, tanti vatantiq, diplomat vadiplomant, ekonomikava ckonomiya kabi yuzlab paronimlarning ma’nolarini kontekstsiz ham lushunish va tushuntirish mumkin.
Keyingi ikki ta'rifda /N.P.Kolesnikov hamda LToshaliyev va M.Jo‘ra- boyevalar ta’riflarida/ ta’kidlangan tezis — “paronimlar nutqda qo‘llanadi- gan so‘zlar ekanligi” masalasiga kelsak, talaffuzi yaqin, ma’nosi farqli so‘zlar nutqda adashtirilishi ham, adashtirilmasligi ham mumkin. Bu so‘z- lovchining bilim va ko‘nikmalari, uning nutq madaniyati darajasiga bog‘liq. Paronimlaming xato qo‘llanishi yoki ularning xato qo‘llanish imkoniyatiga cgaboiishi paronimik munosabat uchun asosiy kriteriy boiolmaydi. Chunki adashtirish — paronimlarni bilmaslik belgisi, lekin ularning mohiyatini belgilovchi prinsip emas.
Paronimiya va bu hodisa haqidagi ta’riflarga yakun yasashdan oldin yana bir muhim masalaga to'xtalmoqchimiz. Ma'lumki, har bir konkret l ilda obyektiv ravishda faqat til faktlarigina emas, balki bu faktlarga doir kategoriyalar ham mavjud bo‘lib, ular obyektiv mavjud bo‘hnagan sof abstraktsiyalar yoki hozirgi zamonaviy talqinda til kategoriyalarining inodellaridir.
Tilshunoslik kategoriyalarini til kategoriyalaridan farqlash zarurligi haqidagi lingvistikada e’tirof etilgan ushbu tezis paronimiyaga hambevosita aloqadordir. “Paronimiya” termini boshqa tilshunoslik terminlari singari


sabat haqidagi nazariyani bildiradi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, paronimlar munosabati har bir tilda o‘ziga xos nisbiy yopiq sistemaga ega va bu siste; nani
ikki ma'noda qo'llaniladi. U. bir tomondan, konkret tilda mavjud bo'lgan turli ma'nodagi o'xshash talaffuzli o'zakdosh so'zlarning o‘zaro leksik- semantik munosabatini bildirsa, ikkinchitomondan, ana shundaymuno- o'rganish tilshunosdan so‘zlaming shakl va ma’no munosabatiga asoslangan lcksik-semantik kategoriyalar — sinonimiya, omonimiya, antonimiya kabii e'tibor talab qiladi.
Sinonimiya shakli har xil, ma’nosi bir yoki o‘zaro yaqin so‘zlar mu-. nosabatini, omonimiya shakli va talaffuzi bir xil, ma’nosi turlicha so‘zla munosabatini, antonimiya esa shakli har xil, ma’nosi o‘zaro zid so‘zlai munosabatini bildirishi qadimdan ma’lum va bu klassik tushuncha hozirg tilshunoslar tomonidan ham e'tirof etiladi. Amrno paronimiya hodisasi yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, aksariyat ta’riflarda o‘zining ilmiy-diffe- rensial xarakteristikasini olgan emas.
Qadimgi greklar paronimlami /para — yondosh, yaqin+onoma — isrr nom/ “umumiy o‘zakka ega bo'Igan, o‘xshash talaffuz qilinuvchi, leki har xil ma'noli so‘zlar deb ataganlar”. o‘tgan asrda nashr qilingan va rt tilidagi 30 ming chet el so‘zi izohiga bag‘ishlangan lug‘atda: “Paronimik o‘xshash talaffuzli, ma’nosi va yozilishi har xil o‘zakdosh so‘zlar haqidaj ta’limotdir”, deyiladi. Ushbu lug‘atda paronimik va etimologik so‘z • terminlarining bir xil ma'noda qo‘llanilishi ham e’tiborga loyiq. Demal paronimlaming etimologik aloqadorligi o‘zining tarixiy asosiga ega.
Talaffuzi (fonetik ifodasi) o'xshash, ammo lug‘aviy ma’nosi farqi o‘zakdosh leksemalar paronimlar deyiladi. Paronimlaming o‘zaro leksik semantik munosabatda bo‘lishi esa paronimiyadir'.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling