O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet37/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

GRAMMATIKA
Grammatika yunoncha “yozish san'ati” ma’nosinibildiradi. Hozirdau tilshunoslik fanining bir tildagi so‘z tuzilishi, gapda so‘zlaming o‘zgarishi va birikishini o‘rganadigan ilmning nomidir. U til qonunlarini oTganib, ularni yoritib beradi. Har bir tilning asosi uning fonetik sistemasi, leksikasi va grammatikasidir. Grammatika vositasida gap quriladi. Til birgina leksika- ning o‘zidan emas, balki tilning lug‘at tarkibi + fonetik sistemasi, gram- matikasidan iboratdir.
Grammatika so‘zlarning o‘zgarishi, gapdagi munosabati, o'zaro bog‘lanishi haqidagi qoidalardan iborat bo‘lib, u tilning izchil xarakterini ko‘rsatadi. So‘z o‘zgarishining va gapda so'z birikishining granunatik qoida- lari bor. Har bir til o‘z grammatikasiga ega. Muayyan tilning grammatikasi umumiy qoidalar asosida oTganiladi, yaratiladi.
So‘zlarning o‘zgarishi, birikishi haqidagi qoida shu tildagi bir guruh so‘zlarga (masalan, otlar, fe’llarga) xos grammatik qoida boTib umumla- shadi. Masalan, kelishik qoidalarini olaylik. Akromga ayt, emas, Akrorndan ayt, desak, o‘zbek tilining grammatika qoidasi buzilgan, o'zbektili gramma- tikasidan noto‘g‘ri foydalangan bo‘lamiz.
Grammatika so‘zning ma’nosi bilan qiziqmaydi. Predmetning nomi yoki og‘ir->mgilligi bilan qiziqmaydi. Grammatika uchun masalan, uy, dala, ariq, qog‘oz, non, idrok so'zlarining umumlashgan grammatik xususiyati, predmetning nomini anglatishi muhim. Shuning uchun grammatika bu so‘zlami ot kategoriyasiga kirgizib umumlashtiradi. O‘zbek tilidagi ot kategoriyasining grammatik xususiyatlaridan biri kelishiklarda turlanishidir. Otning yana bir grammatik xususiyati birlik va ko‘plik shakl- larining mavjudligidir. Mana shu xususiyatlari va gapdagi vazifasi e’tiborga olinib, ular ot turkumiga kiritiladi. Demak, umumlashtirish, mavhum- lashtirish tilning eng muhim xususiyatidir. Grammatika ikki qismdan - morfologiya va sintaksisdan iborat.
Har bir tilda grammatik qoidalarning yoritilish darajasiga qarab ilmiy va an'anaviy maktab grammatikasi yaratiladi. Grammatikaning morfologiya va sintaksis bo‘limlari o‘zaro zich bog‘langan. Fonetikani ba’zi olimlar gram- matikaga kiritmaydi, mustaqil bo‘lim deb hisoblaydilar, ba'zilar gram- matika tarkibiga kiritadilar. Ayrim amaliy mulohazalarga ko'ra fonetikani ham grammatikaga qo‘shadilar. Demak, grammatik katcgoriyalar, gram- matikformalar, so‘z turkumlari (morfologiya) va gap bo'laklari (sintaksis) haqidagi taTimot grammatika dcb ataladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling