O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


So‘z qurilishining morfologiyaning obyekti sifatida o‘rganilishi


Download 1.49 Mb.
bet40/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

So‘z qurilishining morfologiyaning obyekti sifatida o‘rganilishi.
Barcha tillarda so‘zlar ma’noli qismlarga bo‘linadi. Masalan, ishchi so‘zidagi ish predmetlik ma’nosini bildiruvchi o‘zak va —chi grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimcha.
Qo‘shimchaning grammatik ma'nosi faqat tovush jihatidan emas, balki shu so‘zning gapdagi sintaktik vazifasiga ko‘ra ham belgilanadi. Masa- lan, rus tilidagi;
Ha CTOJie JiexajiH khhth
51 BLiepa Kynuji khhth
V MeH5J neT 3Toii KHHnigaplarida khuzu so‘zi bir xil ko‘rinishga ega. Lekin, - u qo‘shimchasi birinchi gapda ko‘plik, bosh kelishik, ikkinchi gapda ko‘plik, tushum kelishigi, uchinchi gapda birlik, qaratqich kelishigi ma’nolarini bildiradi.
Demak, kelishik morfemasi — u ning ma’nosi gapda so‘zning boshqa so‘zlar bilan munosabatiga ko‘ra belgilanyapti.
So‘zning har bir ma’noli qismi morfema deb ataladi. Morfemalar ikki xil bo‘ladi: o‘zak va afifiks.
So‘zlarning o‘zaro munosabatini bildirishga xizmat qiluvchi affikslar qo‘shinicha deb ataladi.
So‘zning qo‘shimchasiz (ya’ni so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchasiz) qismi negiz deb ataladi. Negiz bir, ikki va undan ortiq o‘zaklardan yoki o‘zak hamda yasovchi affikslardan iborat bo‘lishi mumkin.
Faqat o‘zakdan iborat negizlarni tub negiz deb ataymiz.
O‘zak va affiksdan tashkil topgan negizni yasama negiz deb ataymiz.

So‘zning morfologik tuzilishidagi o‘zgarishlar.
Vaqt o‘tishi bilan so‘zlar ham ma’no jihatidan, ham tovush jihatidan o‘zgarib ketadi, o‘zining leksik ma’nosini ham o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Hatto ba’zi so‘zlar mustaqil leksik ma’nosini yo‘qotib, yordamchi so‘zga aylanib qoladi. Masalan, oldida, tomon, bir- kabi:
Uy oldida kutdim.
Shahar tomon yo‘l oldi.
Bir yonadi, bir o‘chadi.
Boshqa tillarda ham shu holatni kuzatamiz. Masalan, ingliz tilida yor- damchi fe’lga aylangan to have, to be fe’llari yoki artiklga aylangan so‘zlar (ingliz, nemis, fransuz tillarida) the, der, die, das, le, la kabi.
Konversiya. Konversiya — yangi so‘z yasash usuli bo‘lib, bunda bir grammatik turkumdagi so‘z boshqa grammatik turkumga o‘tadi. Yangi so‘z awalgisidan morfologik, sintaktikxususiyatlarigako‘rafarqqiladi. Masalan, Yomonga yondoshsang, balosi yuqar.
Konversiyani quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  1. Substantivatsiya- konversiya yo‘li bilan ot hosil bo‘lishi;

  2. Adyektivatsiya- sifat hosil bo‘lishi;

  3. Adverbializatsiya — ravish hosil bo‘lishi;

Rus tilida konversiyaning sifatdan ot hosil bo‘lish hodisasi ko‘p uchraydi. Masalan, noprnoii, KpenocrHoii, Kjpocjibiii, aaBejiyiouinii, uacoBoh kabi.
Nemis tilida otdan fe’l yasalish hollarini ko'ramiz:
Pfeffern-garimdori, pfeffern-garmdori sepish, haus-uy, hausen- yashamoq.
Ingliz tilida fe’ldan ot yasash, yoki, aksincha, otdan fe’l yasash ko‘p uchraydi. Look-qaramoq; a look- nazar; stone-tosh; to stone-tosh otmoq.
Fransuz tilida, poste-pochta, poste-pochtadan jo‘natmoq.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling