O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet43/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

8-MAVZU. MA’RUZA MATNI.
Sо‘z turkumlаrini ajrаtish tаmoyillаri.


SO‘Z TURKUMLARI
Har bir tildaso‘zlar turkumlarga ajratiladi. Bundahar xil prinsiplai^a asoslaniladi. Ba’zan lcksik ma'uoni asosiy yetakchi belgi qilib olinadi, ba’zan morfologiyani yetakchi belgi qilib olinadi.
Masalan; turkumga ajratishda rus tilida so‘zning morfologik belgilari hal qiluvchi rol o‘ynaydi, xitoy tilida esa leksik ma'no, sintaktik belgisi va gapdaso‘z tartibi eng asosiy prinsip qilib olinadi.
Turkiy tillarda morfologik belgi, ayniqsa, so‘zning leksik ma’no va sintaktik xususiyati asos qilib olinadi.
Har bir tilda so‘z turkumlari til bilan bir xil vaqtda paydo bo‘lishi shart emas, har bir tilda so‘z turkumlarining soni har xil: rus tilida 10 ta, o'zbek tilida 11 ta, ingliz tilida 9 ta, uyg‘ur tilida 8 ta.
Ot cng qadimgi so‘z turkumi. Uning eng asosiy belgisi kelishiklar bi lan turlanishidir. Ba’zi tillarda ot turlanmaydi, ko‘makchilar yordamida yoki so‘zlar orqali bog‘lanadi.
Sifatlar ba’zi tillarda leksik ma'nosi va gapdagi vazifasi bilan ajralib turadi. Sifatlar asliy va nisbiy bo‘ladi.
So‘z turkumlari ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar. Mustaqil so‘z turkumlari quyidagilar: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l. Yordamchi so‘z turkumlari quyidagilar: ko‘makchi, bog'lovchi, yuklama.
So‘z va so‘z turkuinlarining niorfologik tasnifi.
Har bir tildagi barcha so‘zlar o‘zlarining grammatik va semantik xusu- siyatlariga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratiladi.
Semantikprinsip so‘zlarni ma’nosigako‘raso‘z turkumlarigaajratadi.
Morfologik prinsip so‘z shakllarining o‘zgarishigako‘ra so‘z turkum- lariga ajratadi.
Sintaktik prinsip esaso‘zning sintaktikvazifasiga asoslanadi.
Qadimgi olimlar davridayoq, so‘z turkumlarini ajratishda faqat shaklga emas, ma’noga ham e'tibor berish zarurligi ta’kidlangan edi.
Grek tilshunosi grammatikaga bag‘ishlangan ishlarida shunday deb yoz- gan edi: “Fe’l kelishiksiz so‘z turkumi bo‘lib, u zamonda, shaxs-sonda o‘zgarishi va harakat hamda holatni ifodalashi mumkin”.
Hozirgi kundakompleks prinsiplargaasoslangan holdaso‘z turkumlari ajratiladi va bunda quyidagilar e’tiborga olinadi: 1) grammatika formalar va ma’nolar, ya’ni so‘z morfologiyasi; 2) so‘z leksik ma’nosining umumiy xarakteri; 3) so‘zning sintaktik vazifalari; 4)so‘z tarixi.
So‘z turkumlari leksik-grammatik kategoriya bo‘lib hisoblanadi. Masa- lan, ot so‘z turkumini ajratishda ko‘rsatilgan xususiyatlarga e’tibor berayiik S.A.Abakumov shunday yozadi: “Ot predmetni ifodalovchi so‘z turkumi- dir. Predmetlik rus tihda morfblogik jihatdan rod, son, kelishiklarda ifodalan- sa, sintaktik jihatdan sifat so‘z turkumi bilan aniqlanadi, lekin ravish so‘z turkumi bilan aniqlanmaydi; gapda ot ega, kesim, aniqlovchi, to‘!diruvchi, hol vazifalarida keladi.”
So z turkumlari — bu shunday razryadki, uiar o‘z ma’no tuzilishi, grammatik kategoriyalari xususiyatlari, so‘z yasalishi, shakl yasalishi xususiyatlari, shuningdek, nutq jarayonidagi bajarilayotgan funksiyalariga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
So‘z turkumlari gap tarkibiga kirishib, gap bo‘laklariga aylanadilar. Har bir so‘z turkumiga biron-bir sintaktik funksiya mos keladi. Masalan, ot aksariyat ega va to‘ldiruvchi vazifasida, sifat aniqlovchi vazifasida, ravish hol vazifasida, fe’l kesim vazifasida keladi.
Jonli nutq jarayonida so‘zlar yangi ma'nolar kasb etadi va o‘zgacha : vazifalarda kelishi kuzatiladi. Tillarning o‘ziga xosligi tufayli turli tillar ■ uchun yagona morfologik tasnif yaratish mumkin emas.
O‘zbektili grammatikasini aytaylik, uni rus tili grammatikasi tipiga qarab yaratish mumkin emas.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling