O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet51/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Kirish konstruksiyalar
Kirish konstruksiyalar so'zlovchining gapning ayrim bo‘laklari yoki butun ifodaga bo‘lgan subyektiv munosabatini, emotsional tuyg‘ularini ifodalaydi: Albatta, buyuk kashfiyotlar osonlikchatug‘ilmaydi. (J.A.) Yolqin akang bundan ham kattaroq bir unvonni ko‘zlayapti, chamasi. (P.Q.)
Kirish vazifasida so‘z turkumida ajralib chiqib, faqat kirish vazifasida ishlatiladigan so‘zlar (masalan, shekilli, albatta, demak. modomiki kabi- lar), ma’lum so‘z turkumidan ajralib chiqmagan, kirish vazifasida ham gap bo'lagi vazifasida ham qo‘llanuvchi so‘zlar (qisqasi, rost. aftidan, oxiri kabilar) keiadi.
Kirish konstruktsiyalar strukturasiga ko‘ra 3 xil: kirish bolaklar, kirish birikmalar, kirish gaplar.
Kirish bo‘laklar. Bular bir so‘zdan iborat bo‘lib, ma’lum so‘z turkumi bilan bog‘lanadilar. Shunga ko‘ra, kirish bo‘laklar quyidagi gaplargabo‘linadi:

  1. ot tipidagi kirish bo‘laklar: chamasi, taajub, modomiki, odatda, oxiri, nazarimda, baxtimizga, baxtga qarshi, so‘ziga ko‘ra kabilar;

  2. olmosh tipidagi kirish bo‘laklar: menimcha, seningcha, uningcha;

  3. sifat tipidagi kirish bo‘laklar: so‘zsiz, to‘g‘ri, durust, qisqasi, tabiiy kabilar;

  4. son tipidagi kirish bo‘laklar: birinchidan, ikkinchidan kabilar;

  5. ravish tipidagi kirish bo‘laklar: dastlab, oxir, nihoyat, umuman, asosan, aksincha kabilar;

  6. fe”i tipidagikirish bo‘laklar: kechirasiz, bundan chiqdiki, anglashi- ladiki, deyman kabilar.

Kirish birikmalar. Bular birikma holida bo‘lib, ularning strukturasi quyidagicha:

  1. qaratuvchili kirish birikmalar: uning fikricha, buning ustiga, sening nazaringda kabilar;

  2. sifatlovchili kirish birikmalar: bir tomondan, shu jumladan kabilar;

  3. to'ldiruvchili kirish birikmalar: menga desa, qisqasini aytsam, to'g'risini aytganda kabilar;

  4. holli kirish birikmalar: qisqacha aytganda, boshqacha aytganda, ochiq gapirganda kabilar;

  5. aniqlovchi va to‘ldiruvchili kirish birikmalar: uning so‘ziga qaragan- da. sening gapingga qaraganda kabilar:

  6. aniqlovchi va holli kirish birikmalar: uning ochiq aytishicha, uning ochiq gapirishicha;

  7. aniqlovchi, hol va toidiruvchili kirish birikmalar: uning ochiq gapirishga qaraganda.

Kirish gaplar. Bulargap shaklida boiadi: Yolgiz borishga, to‘g‘risini aytsam, qoiqaman. (0.) Ibrohimov, qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmidan bahramand qildi. (A.Q.)
Kirish konstruktsiyalar quyidagilarni ifodalaydi:

  1. So‘zlovchining aytilayotgan fikriga boigan munosabatini bildiradi. Bunga albatta, ehtimol, balki, shubhasiz, haqiqatan, darhaqiqat, baxti- mizga, afsus, essiz, so‘zsiz, chamasi, shekilli, toleimizga, koshki, baxtga qarshi, muqarrar, ajab, to‘g‘risini aytganda, ochiq aytganda kabilar kiradi. Bular quyidagi ma’nolarni anglatadi:

  1. ishonch yoki tasdiqni (albatta, shubhasiz, so‘zsiz, haqiqatan, dar- haqiqat, muqarrar kabilar): Haqiqatan, bu yil mashinada sakkiz yuz ellik tonna terishga va’da berganmiz. (P.Q.) Darhaqiqat, bugungi sayr umrbod esda qoladigan bo'Iadi. (J.A.);

  2. gumonni (ehtimol, balki, chamasi, shekilli, aftidan); Ehtimol, oramizdan eski qadrdonlar chiqib qolar. (“Abu Ali Ibn Sino qissasi”..) Telejkalar paxtani tashib ulgurmayapti, shekili. (P.Q.);

  3. shodlik, mamnunlikni (baxtimizga, toleimizga, xayriyat, shukur): Baxtimizga, o‘rtoq Davronov uchrab qolib, bizni bu erga ergashtirib kel- di. (P.T.) Xayriyat, bugun havo ochiq bo‘ladi;

  4. afsus, achinish, taajjubni (afsus, essiz, nahotki, baxtga qarshi, ajabki): Afsuski, hikoya oxirida Pavelning o'sha yili o‘Iganini aytib o‘tmog‘im lozim. (N.Ostrovskiy);

  5. orzu — umidni (koshki, shoyad, koshkiydi): Koshki, akasi Yo‘lchi bo‘lsaedi. (0.).

  1. Aytilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi. Bunga menimcha, fikrimcha, aylishlaricha, ma’lum bo‘lishicha, uning so‘ziga qaraganda, uning qayd qilishicha, seningcha, nazarimda, sening gapingga qaraganda kabilar kiradi: Ernazar akaning aytishicha, bu yil saraton juda issiqboshlandi. (I.R.). Nazarimda, ro‘zg‘orva oshxona ishlarini Dilzoda- xonning onasi qilar ekan. (P.Q.).

  1. Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Bunga birinchidan, ikkinchidan, awalo, nihoyat, oxirikabilar kiradi: Nihoyat, go‘zal kunlar- ning birida zabaidast odam bilan qudratli mashina cho‘lning qoq o‘rtasida uchrashdi. (S.N.)

  2. Aytilmayotgan fikming oldingi fikrbilan aloqasini ifodalaydi. Bunga demak, xullas, xulosa qilib aytganda, anglashiladiki, shunday qilib, bari- bir, binobarin, ko‘rinadiki, ochiq qilib aytganda, qisqasi, bir so‘z bilan aytganda kabilar kiradi: Xullas, qo‘shiq yana avjiga mindi. (Sh.R.) Shunday qilib, tarixiy shartnomaga qo‘l qo'yildi. (Ya.) Baribir, suv ham, gaz ham o‘sha hammauylargabittatrassadan boradi. (P.Q.)

  3. Aytiiayotgan fikming, odatda, ro‘y beruvchi hodisa ekanligini ifoda- laydi. Bunga odatda, odat bo‘yicha, odatga ko‘ra kabilar kiradi: Odat bo‘yicha, shovqin solish, atrofidagilami bezovta qilish, asabiga tegish man qilinadi.

Kirish konstruksiyalar gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi. Bu ular- ning ma’no va funksiyasiga bog'liq.
Kirish konstruksiyalarning ba'zilari /demak, haqiqatan, darhaqiqat, baxtimizga, to‘g‘ri kabilar/ ko‘proq gap boshida, ba’zilari /shekilli/ gap oxirida, ko‘pchiligi, ko‘pchiligi esa gap o‘rtasida keladi.
Kirish konstruksiyalargapda ba’zan birdan ortiq kelishi ham mumkin: Shunday qilib, Mahmud, sening fikringcha, xalifaning Xorazmshohga alohida iltifot qilib qolishi zamirida biror g'araz yo‘qmi? — savol berdi Beruniy. (”Abu Ali Ibn Sino qissasi”.)

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling