O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet49/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Sintagma. Sintagma gap ichida bir-birining ketidan kelib bir nafas bilan aytiladigan so‘zlar gruppasidir. Shuningdek, sintagma bir so‘zdan ham hosil bo‘lishi mumkin, u ritmik urg‘uga ega bo‘ladi, gap tarkibidagi sintagmalar bir-biridan pauzabilan ajraladiva sh. k.
Sintagma termini tilshunoslikda ko‘pincha faqat sintaktik ma’noda — bi r—biridan qisqa to‘xtam orqali ajralib turadigan semantik— grammatik— intonatsion butunlik ma’nosida qo‘llaniladi. Lekin ayrim tilshunoslar bu terminning doirasiga bir so‘z tarkibidagi qo‘shimchalarni, morfemalarni ham kiritadilar.
Nutqiy aloqaning eng sodda, eng boshlangTch shakli bo‘lgan ikki bo‘lakning sintaktik munosabati sintagma deb ataladi. A.A. Reformatskiy ta’rificha, ikki bo‘lakdan iborat birikma sintagmadir, lekin bunday birikma- lardagi bo‘laklaming ma’lum bir munosabatda boTishi (boglanishi), ifoda- langan maqsadga ko‘ra teng bo‘lmaydi. Sintagma bo‘laktari shulardan iborat bo‘lishi mumkin: birinchidan, biri ikkinchisini aniqlab kelish yo‘li bilan bog‘langan ikki so‘z: qiziq xat, xat yozdim, chiroyli yozdim; ikkinchidan, so‘zning morfologik qismlari, morfemalar, morfemalarning birikuvi: talaba+man, bog‘bon+siz‘. uchinchidan gapning bir bo'lagi bo‘lib kelgan so‘z birikmalari: “Og‘riq tishlar”ni ko‘rdik. Qo‘l uchi bilan ishlaydi.
Sintagma boTaklari bir-biri bilan ikki xil munosabatda: predikativ munosabatda va predikativ bo‘lmagan munosabatda bo‘lishi mumkin.
Predikativ munosabat (bog‘lanish) eng asosiy, eng muhim munosabat bo‘lib, bunda ikki bo‘lak bir-biri bilan vaqt va mayl jihatdan bog‘lanadi. Predikativ sintagma bog‘lanishi jihatidan ikki xil: tashqi (Oy chiqdi. Bola uxlayapti. Mashina to‘xtar) va yashirin ( Tun. Sovuq. Dahshat) boTadi. Yashirin sintagma tashqi ko‘rinishda bir xil boTakli boTsa ham, aloqa vositasi sifatida tugal bir fikrni ifodalaydi.
Predikativ boTmagan sintagmalar tubandagicha boTadi:
Attributivli sintagma. Bunda aniqlovchi boTak aniqlanmishning biror belgisini ko‘rsatadi: yosh yigit, ko‘m-ko‘k dala, charchagan odam.
Obyektli sintagma. Bu munosabatda izohlovchi (keng ma'noda) bo‘lak obyektini bildirib keladi: choy ichdi, xat yozuvchi, eshikni ochib.
Relyativli sintagma. Bunda izohlovchi boTak hokim boTak-harakatning biror belgisini ko‘rsatadi: yaxshi o‘qiydi, sekin yur, qo‘pol gapirdingiz.
Sintagmaning boTaklari moslashuv, boshqaruv va bitishuv yoTi bilan bogTanadi. Masalan: Yosh qiz ochilgan paxtani tez tera boshladi. Bu gap — Yosh qiz/ochilgan paxtani/ tez tera boshladi/paxtani tera boshladi/kabi to‘rt sintagmadan iborat boTib, yosh qiz ochilgan paxtani tez tera boshladi — bitishuv yoTi bilan, paxtani tera boshladi — boshqaruv yoTi bilan bogTangan. Faqat izohlovchi boTakemas. Bugapdagi sintagmalardan qiz tera boshladi predikativ munosabat bilan, yosh qiz, ochilgan paxta(ni) atributiv munosabat bilan, paxtani tera boshladi obyektli munosabat bilan, tez tera boshladi, relyativ munosabat bilan bogTangandir.
So‘z birikmasining sintagmadan farqlanuvchi taraflari quyidagicha:

  1. Sintagma nutq bilan, gapirish jarayoni bilan bogTiq boTadi, u muay- yan ritmik urg‘u va pauza yordamida reallashadi, so‘z brikmasida bunday xususiyat yo‘q.

  2. Sintagmalar nutq jarayonida ritmik gruppalar bilan bir-biridan ajralarkan, ko‘p vaqt o'zining hajmi va chegarasi e’tibori bilan gapga ham, so‘z brikmasiga ham mos kelmaydi. Ayniqsa,bu fikr oddiy so‘zlashuv tiliga nisbatan to‘g‘ridir. Oddiy so‘zlashuv tilida sintagmalar bir-biri bilan birla- shib (qo‘shilib) ketishga moyil bo‘ladi.

  3. Sintagma birgina so'zdan ham tuzilishi mumkin, shuningdek, so‘z+ ko‘makchi kabi birikmalar ham sintagma hisoblanishi mumkin, ammo so‘z birikmasida bunday xususiyat yo‘qdir.

  4. Nutqdagi har qanday sintaktik hodisa ham sintagmatik kategoriyaga taalluqli bo‘ladi, so‘z birikmalarining har qanday turi ham, hech istis- nosiz, sintagmatik kategoriyaga aloqador bo'ladi. Bog‘lanishning faqat tobelanish yo‘li bilan birikkan turigina so‘z birikmalari bobida o‘rganiladi.

  5. Sintagma nutqjarayoni bilan bog‘liq bolgan sintaktik birlik bo‘lganligi uchun (agar u birdan ortiq so'zdan tuzilgan bo‘lsa)sintagmani tashkil qil- gan komponentlar yonma-yon turmog‘i shart, erkin so‘z birikmasiga bun- day qoidani berib bo‘lmaydi. qoida buzilgudekbo‘lsa, bo'lakni sintagmatik qayta ajratish kerak bo‘ladi.

  6. So‘z birikmasidadoimiy ish ko‘ruvchi grammatikqolip (model) mav- jud, sintagmatik bo‘linishdabunday qolipning bo'lishi mumkin emas.

  7. Sintagmada fonetik —stilistik talab birinchi o‘rinda turadi, ya’ni sintag ma nutq intonatsion mazmunining bo‘linishi natijasida yuzaga keladi, bu jihatdan so‘z birikmasi undan sifat jihatdan keskin farqlidir.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling