O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet2/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

MAVZULAR BO’YICHA TESTLAR .....................................................

  • GLOSSARY ..............................................................................................

  • ISHCHI FAN DASTURI .........................................................................



    SO’ZBOSHI

    Ushbu o’quv-uslubiy majmua “Tilshunoslik nazariyasi” fani bo’yicha yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning ishchi dasturi, ma’ruza matnlari, amaliy mashg’ulotlarning ishlanmalari va amaliy mashg’ulotlaritarqatma materiallari jamlangan.


    Mazkur o’quv-uslubiy majmua oliy o’quv yurtlarinig bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
    1-MAVZU. MA’RUZA MATNI.
    Tilshunoslik asoslari”fanining maqsad va vazifalari. Tilning tabiati va funksiyalari.

    TILSHUNOSLIK FAN SIFATIDA
    Tilshunoslik til haqidagi mustaqil va aniq fan bo'lib, tilning kelib chiqishi, larixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini ilmiy asosda o'rganadi. Bu fan muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. lilshunoslik mikrolingvistika va makrolingvistikaga ajratiladi. Mikrolingvistika tilning faqat ichki, ya’nifonetik, leksikva grammatiktuzilishini, makroling- vislika csa tilni boshqa fanlar bilan qo‘shib o‘rganadi.
    « Tilshunoslik asoslari* kursi til haqidagi fanlaming asosiy masalalarini o'rganadi, shu bois, bunday bilimlarga ega bo‘lmasdan uning ayrim bo‘- limlarini to‘liq tasawur qilish mumkin emas. Tilshunoslik fani tekshiradi- gan muammolardan eng asosiylari «Tilshunoslik asoslari» fanida oTganiladi. 1 ilni tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq kabi boshqa fanlar ham o‘r- ganadi. Til va jamiyat taraqqiyoti bogTiqligi tufayli tilni sotsiologlar ham oTganadilar. Tilshunoslar ham tarix, etnografiya, psixologiya, antropo- logiya, matematika, geografiya, fizika kabi fanlarga oid materiallar va xu- losalardan foydalanadilar.
    Dunyoda tilshunoslik borasidagi ilk qadamlar insonlar o‘rtasidagi mulo- qotga bolgan zaruriyat sezilgan davrlardan e’tiboran qo‘yilgan, desakyang- hsh bolmaydi. Tilshunoslik fani eng uzoq tarixga egabo‘lgan fanlar sirasiga kiradi. U cramizdan bir necha yuz yillar awal Qadimgi Hindiston va Qa- dimgi Yunoniston (Gretsiya)da taraqqiy etaboshlagan. Qadimgi Yunoniston olim va faylasuflari o‘rtasida so‘z va uning tushuncha mohiyati o‘rtasidagi bogTanishning mavjudligi masalasi ancha munozaralarga sabab bo‘ldi. Bularning natijasi o‘laroq olib borilgan tahlillar, kuzatishlar pirovardida tilning so‘z boyligi, so‘zlarning paydo bo‘lishi haqidagi dastlabki nazariy Hkrlarga asos solindi.
    XIX asrrring birinchi yarmida tilshunoslik sohasida juda katta marralarga crishildi. Xususan, bu davrda tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metod shakllan- di va unga hamohang tarzda til haqidagi fan ham qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fani dcb yuritila boshlandi. Bu davrda Yevropa tillarining sanskrit (qadirngi hind) tili bilan uzviy bog‘lanishi borligini sezgan holda bu tillarning o‘za- ro aloqadorlik, bog‘liqlik taraflari jiddiy o‘rganilaboshlandi. Ayniqsa, tillami qiyosiy-tarixiy oTganish borasida nemis olimlari Frans Bopp (1791-1867),
    Yakob Grimm (1785-1863), daniyalik olim Rasmus Rask (1787-1832), nis olimi Aleksandr Vostokov (1781-1864), chex olimi Dobrovskiy (1753- 1829) kabilarning xizmatlari katta bo‘ldi. Qiziqarli tarafi shuki, mazkur olimlar bir-birlariga bog'liq bo‘lmagan holatda va bir davming o‘zida tillami qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganish metodi, g'oyasi va tamoyillarini ishlab chiqish borasida bir nuqtada uchrashdilar.
    1818-yilda F.Boppning «Sanskrit tilining yunon, lotin, fors va nemis l illariga qiyosan tuslanish sistemasi haqida» nomli asari chop etildi. Unda I Bopp mazkur tillaming morfologik tuzilishini ko‘rsatib bergan. Qolaversa, ii hind-yevropa tillarining ko‘pjihatdan mushtaraklikka egabo‘lganligini, xususan, grammatik qurilishini bir xilda ckanligini, bu tillaming bir o‘zak 1 ildan kelib chiqqanligini asoslab bergan. Xuddi shu yili R.Raskning «Qa- dimgi shimoliy til yoki island t ilining kelib chiqishiga oid tadqiqotlar» nomli ilmiy ishi e’lon qilindi. R.Rask ham o‘z asarida tillaming yaqinligini va o‘xshashligini aniqlashda ularning grammatik qurilishi, tovushlarning bir-biriga mos kelishi kabi holatlar asos bo'lishini ta’kidlaydi. 1819-yilda Y.Grimmning «Nemis granimatikasi» nomli asarining birinchi jildi dunyo yuzini ko‘rdi. 1920-yilda A.Vostokov qalamiga mansub «Slavyan tili haqida inulohazalar» nomli ilmiy asar chop etildi. E’lon qilingan bu ishlarda in- soniyat tillarini yangi usul — tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganish metodi boshlab berildi.
    Umuman, tilshunoslik fanining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olim- lar — bu Ferdinand de Sossyur, Grosse, Boduen de Kurtene, N.V.Km- shevskiy, eramizdan oldingi IV asrda yashagan hind olimi Panini, grek lilshunoslari Demokrit, Epikur, Geraklit, o‘zbek tilshunoslari Mahmud Koshg‘ariy, Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabilardir. Ular til haqidagi l'anning yaratilishida o'zlarining salmoqli ilmiy g‘oyalari, izlanishlari bilan ishtirok etganlar.
    Tilshunoslik umumiy tilshunoslikning muammolarini tushunishga layyorlaydi va, shu bilan birga, til haqidagi dastlabki ma'lumotlami beradi.



    Download 1.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling