O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet7/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

FORS-TOJIK TILINING TA’SIRI
Ma’lumki, o'zbek xalqi juda qadimdan eroniy tilda so'zlashuvchi aholi bilan birga yashab kelgan, shu jihatdan, ularning madaniy-iqtisodiy tur- mush tarzida ko'plab mushtaraklik elementlarini uchratamiz. Biz yuqorida aytdikki, jamiyatdagi har qanday o‘zgarish, birinchi navbatda, tilda o‘z ak- sini topadi. Demak, o‘zbek xalqi turmush tarzidagi bu yaqinlik o‘zbek tili- ga o‘z ta’sirini ko'rsatmay qolmadi. Somoniylar sulolasi davrida (IX-X asr- lar) arab tili o'rniga «forsiyi dari» yoki forsiy til, ya’ni dariy deb atalgan mahalliy til adabiy til sifatida keng yoyilgan. «Forsiyi dari», ya’ni fors adabiy tiliga Xurosonda yashovchi tojiklarning so‘zlashuv tili asos bo‘lgan. Umuman, Somoniylar hukmronligi davrida fors-tojiktilining nufuzi yanada ortdi. Natijada, forsiy adabiy til arab tilini she'riyatdan tamoman siqib chiqardi va u fan, adabiyot va madaniyat tiliga, qolaversa, rasmiy davlat tili darajasiga ko'tarildi. Bularning ta’siridadiniyadabiyotlargina arabtilida vozilgan bo‘lsa, fors-tojik tilida dunyoviy adabiyot namunalari yaratildi va ii mahalliy turkiy tillarga, ayniqsa, o‘zbek tiliga kuchli ta’sir o‘tkaza oldi.
I lar ikki tilning o'zaro hamkorlik qilishi o'zbek-tojik bilingvizmi hodisasini vujudga kcltirgan muhim omilhisoblanadi.
Ma'lumki, tillarning o‘zaro ta’siri ikki ko'rinishda bo‘ladi. Birinchisi, tillarning o'zaro genetikjihatdan yaqinligi nuqtayi nazaridan, ikkinchisi, t illar o'rtasida genetikjihatdan hech qanday aloqalar bo‘lmagan holdagi yaqinlik, ya’ni so‘z o‘zlashtirishdir. Ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit faqatgina bir tilning ikkinchi tilga ta’sir etish yo‘nalishini belgilab beradi, xolos. Ikki til o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning natijalari nafaqat mazkur tilning ta- raqqiy etishidagi asosiy omil bo‘lgan tarixiy sharoitlarga, balki shu til struk- turasining o‘ziga xos xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek tili fors- tojik tilidan har ikki jihatga ko‘ra ham ta'sirlana oldi.
Hozirgi o‘zbek tili leksikasida anchagina miqdorda forscha-tojikcha so‘zlar bo‘lib, o‘zbek tili leksikasida turkiy so‘zlardan keyin miqdor jihatidan ; ikkinchi o‘rinda turadi. Albatta, aytilgan bu fikrlar umumiy o‘zbek tili lek- sikasiga tegishlidir. O‘zbek tilining barcha terminologik sistemalarida bu miqdor ko‘rsatkichi bir xilda emas. Masalan, o‘zbek quruvchilik terminolo- giyasida forscha-tojikcha o‘zlashmalar arabcha o'zlashmalaiga nisbatan ko‘p miqdorni tashkil etadi. Lekin o‘zbek kitobatchilik terminologiyasida buning tamoman aksini ko‘ramiz, ya’ni forscha-tojikcha o‘zlashma terminlar arab- cha o'zlashmalaiga nisbatan ancha kam miqdorni tashkil etadi. Bu hodisa, ay- niqsa, siaxron aspektda yanada yaqqol ko‘zgatashlanadi. Chunki, ayni soha terminosistemasida diaxron aspektda sof holda uchrovchi forscha-tojikcha terminlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, sinxron aspektda (nazm va nasr tilida «maktub» ma'nosida qo‘llanuvchi noma terminidan tashqari) bunday holat deyarli kuzatilmaydi. Ular aksariyat hollarda forscha-tojikcha affikslar. prefiks va affikslashgan so‘zlar o‘zbekcha yoki arabcha so‘zlar (asos)ga qo‘shilib keladi. Yoki fors-tojik tilida sof arabcha negizlar asosida forscha- tojikcha morfemalar yordamida ko‘p miqdorda yangi so‘zlar vujudg; keltirildi. Bu so‘zlar poetik nutq, rasmiy yozishmalar tili va ilmiy uslut uchun qulay va zaruriy so‘z va terminlar edi. O‘zbek tili mana shunda^ nulqiy vositalarga muhtojlik sezganida buni fors-tojik tilidan oldi. Diaxronil aspektda sof holda uchrovchi forscha-tojikcha o‘zlashmalar (bu terminlar- ning ba'zilari adabiyotlarda stilistikbo‘yoqdorlikni oshirish maqsadidabugur ham muomalada bo‘lib turadi): daftar, kilk, siyoh, fihrast, xoma, xoma zan, xomatarosh, iskanja, muhra, nol, noma, nomabar, nomaoro (xush xat kotib), navisanda, xushnavis, nigor (ishlangan rasm, sural, tasvir) nigoranda, nigorish, nigorxona, nishon, ro‘znoma, sarnoma, sarsuxan sheroza (kitob muqovalarini muqovalashda uni yaxshilab tutib turuvch ipak tasma; muqova, muqova naqshlari) va boshqalar.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling