O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet4/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

TILNING PAYDO BO‘LISHI
Tilning qachon va qayerda paydo bo'lganligi hali aniqlangan emas. I Jning paydo bo‘lishi masalasi ko‘p zamonlardan beri insoniyatni qiziq- l irib keladi. Bugunga qadar fanda eng dastlabki til (yoki tillar) qanday to- vush yoki so‘zlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan, degan savolga aniq javob to- pilmagan. Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar) taxminan bundan yarim million yil ilgari paydo bo‘lgan. Til taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lgandan awalgi holatibiz uchun qorong‘idir. U davrda qanday l ovushlar talaffuz qilingani, ulaming bir-biri bilan qay tarzda bog‘langani, u so‘zlarning qanday ma’nolarni ifodalagani kabi savollarga javob yo‘q. Albatta, tilning paydo bo‘lish jarayoni juda murakkab bo‘lib, bu masala bilan tilshunoslikdan tashqari antropologiya, psixologiya va etnografiya kabi fanlar ham shug‘ullanadi.
Tilshunoslik tarixidan ma’lumki, grek faylasuflari ikki xil farazni o‘rtaga l ashladilar. Demokrit va boshqalar narsa bilan narsa nomi orasida bog'lanish yo‘q, til inson tomonidan yaratilgan, degan fikmi ilgari surishadi. Bular ano- malistlar deyiladi. Platon boshliq olimlar narsa bilan uning nomi orasida bog‘lanish bor, degan fikmi ilgari surishgan. Bu oqim analogistlar deyiladi.
Hozirgi tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaraganda, dastlabki, ya’ni ilk chog'lardagi narsa nomi bilan ayni shu narsa orasida bog‘lanish bo‘lmagan. Bunday bo‘lsa, tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi.
Tilning paydo bo‘lishi haqida quyidagicha farazlar mavjud:

  1. Tovushga taqlid farazi. Bunga ko'ra, ibtidoiy odamlarning turli tovushlarga, hayvon va qushlar ovoziga, tabiat hodisalariga taqlid qilishi jarayonida so‘z yasalgan (kukushka, gavkat, miyov...).

Bu faraz noto‘g‘ri, albatta, chunki u til va tafakkur birligiga ziddir.

  1. Undovlar farazi - ikkinchi farazdir. Bu qadimiy faraz bo‘lib, uning asosida odamlar hayvonlaming baqiriq-chaqiriqlarini o‘rganib, ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari, g‘am-alamlarini ifodalashgan (oh, uh kabi). Fransuz olimi Jan Jak Russo ham shu farazni quwatlagan. Bu faraz hamtilningjamiyat bilan bog‘liqligini inkor etadi. His-tuyg‘ularnibildirish uchun jamiyatning mavjudligi shart emas. Lekin til faqat jamiyat bor joydagina mayjud.

  2. Mehnat chaqiriqlari faraziga ko‘ra, odamlar jamoa bo‘lib mehnat qilayotganlarida mehnatni tashkil qilishda foydalanilgan tovushlar asosida til paydo bo‘lgan, deb hisoblanadi.

Hozirgi zamon olimlarining dalolat berishicha, tilning paydo bo‘lishida mehnat chaqiriqlarining dahli yo‘q. Bu faraz ham tilning paydo bo‘lishini jamiyatning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘lay olmaydi.

  1. Ijtimoiy kelishuv farazining asosiy kamchiligi, tilning paydo bo‘lishini odamning paydo bo‘lishibilan bog‘lamasligidir. Lekinbu faraz ham tilning paydo bo‘lishini tushuntirishga o‘z hissasini qo‘shgan.

Tilning paydo bo‘lishini dialektik materializm quyidagicha yoritib beradi: maymunlar odamga aylanar ekan, dastawal qo‘lning vazifalari o‘zgara boradi, mehnat qila boshlaydi, oyoqda yurib qo‘lga tayanmay qo‘- yadilar. Mehnat rivojlanib, odamlar yanadabir—birlarigajipslashib, bir— birlari bilan aloqa qilish zaruriyati paydo bo‘ldi. Til — mehnat bilan birga taraqqiy etgan. Til va mehnat asta—sekin miyani rivojlantirib, tafakkurni yuzaga keltiradi. Mehnat, til va ong orasidagi munosabat hozirgacha davom etib kelmoqda.
Odamni ham, tilni ham kollektiv, ijtimoiy mehnat yaratdi. Til vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, taraqqiy etdi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling