O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


TILLARNING O‘ZARO TA’SIRI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI


Download 1.49 Mb.
bet5/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

TILLARNING O‘ZARO TA’SIRI VA RIVOJLANISH
QONUNIYATLARI

Ibtidoiyjamoada kishilar urug‘ bo‘lib yashaganlar. Bir nechta urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Bu uyushmalarning o‘z tili bo'lgan. Qabilalar ko‘payib, tarqala boshlaydi. Uzoqroq hududdagi qarindosh qabilalar bir tilning turli shevalarida so‘zlashuvchi qabilalar uyushmasiga birlashadi. Qabila ittifbqlarining umumiy tili bo‘ladi, ayrim qabila tillari qabila tiliga nisbatan sheva holatini egallaydi.
Qabilalar ittifpqi xalqni tashkil qiladi. Xalqning asosiy belgilaridan biri milliy tilning bo‘lishidir. Shevalar, milliy tillar urug‘chilik davridan boshlab ko‘payib boradi.
Shevalardagi farq ortib borib, yangi til paydo bo‘ladi. Son o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi. Vaqt o‘tgan sayin, masofa kengaya borib, yangi tillar paydo bo‘ladi. Bu differensatsiya va integratsiya (farqlanish va ’ mujassamlashuv) hodisasidir. Shevalarning ko‘payishi va yangi tillarning paydo bo‘lishi tilshunoslikda farqlanish (differensatsiya) deyiladi, ya’ni tillaming shevalarga ajralishi.
Til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqli. Til ko‘p funksiyalidir, hamnia uchun umumiy aloqa vositasidir, ya’ni invariant vositadir. Millatning asosiy belgilari umumiy hudud, umu- miy til, umumiy madaniyat birliklaridir. Shu belgilarni o‘zida mujassam- lashtirgan uyushma millat deyiladi. Bu uyushmaning tili milliy til deyiladi.
Milliy tilning xalq tilidan farqi unda adabiy yozuv shaklining mavjud- ligidir. Har bir millatning madaniy merosi ana shu tilda o‘z aksini topadi. Tilning rivojlanish tarixi jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Til taraq- qiyotida qo'shni xalqlar o‘rtasidagi turli munosabatlar, savdo—sotiq va madaniy aloqalar, urushlar o‘z ta’sirini qoldiradi. Bu ba’zi tillarga ko‘proq, ba'zilariga kamroq ta’sir etadi. Dunyoda sof tilning o‘zi yo‘q. Masalan, ingliz tili lug‘at boyligining 30 foizi sof ingliz so'zlari bo‘lib, qolganlari roman va sharq tillaridan o‘zlashgan.
Tillarning chatishuvida substrat va superstat haqida gapirish mumkin (tag qatlam va ustki qatlam). Ikkala tushuncha mag‘lub tilning g‘olib tildagi elementlaridir. Bir tildan ikkinchi tilga so‘zlaming o'zlashtirilishi substratga kirmaydi. Substratda g‘olib til mag‘lub tilni siqib chiqaradi va bunda mag‘lub til g‘olib tilga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Superstatda kelgindilar tili mahalliy tilga sezilarli ta’sir o‘tkazadi, lekin uni siqib chiqara olmaydi.
Tilda inqilob bo‘lmaydi. Tildagi o‘zgarishlar asta-sekin evolyutsion yo‘1 bilan amalga oshadi. Til taraqqiyotida turg‘unlik bo‘lmaydi. U doim rivojlanadi.
Har qanday til o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida lug‘at tarkibini ichki va tashqi manbalar hisobiga boyitib, rivojlantirib boradi. Til taraqqiyotining bu umumiy qonuniyati o‘zbektili uchun ham taalluqlidir. O'zbek tili lu- g‘at tarkibining boyishida ichki manbalar muhim manbalardan hisoblansa- da, dunyodagi hech bir til faqat o‘z ichki manbalarigagina tayanib ish

ko‘rmaganidek, o‘zbek tili uchun ham faqat o‘z so‘zlari, o‘z qatlam boy- ligi va imkoniyatlarigina kifoya qilmaydi. O‘zbek tili lug‘at sostavining boyishi va takomillashuvida tashqi manba (resurs) muhim rol o‘ynaydi. Umuman, dunyoda hech bir til boshqa tillardan mutloq ajralgan holda rivojlana olmaydi. Shu sababli, har qanday tilning lug‘at tarkibida shu til bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan boshqa tillarning elementlari mavjud bo‘ladi. Xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar negizida tillararo so‘z almashtirish yoki o‘zaro so‘z o‘zlashtirish hodisasi sodir bo‘ladi. Chunki xalqlar o‘rtasida sodirbo‘lgan o‘zaro munosabatlar natijasida o'zlashgan moddiy ashyolar va ma’naviy- ma’rifiy tushunchalar bilan birga, o‘z navbatida, ulami ifodalovchi lekse- malar ham o‘zlashadi.
Dunyoning ko‘pgina tilshunoslari tillarning o‘zaro aloqasi xususida talaygina ilmiy izlanishlar olib borishgan. Olib borilgan tadqiqotlarning ko‘pchiligida bu masalaga ijtimoiy-tarixiy hamda psixologik nuqtayi nazardan yondashilgan, ya’ni muayyan bir til tarixini o‘rganish orqali mazkur til- ning o‘z taraqqiyoti davomida tarixning u yoki bu davrida boshqa tillar ta’- siriga tushishi va buning natijasida tillar o‘rtasida o‘zaro so‘z almashish hodisasikuzatilgan. Tabiiyki, tillar o‘rtasida o‘zaro so‘z almashish aloqa- sining miqdoriy natijalari turli tillarda turlicha bo‘ladi. Jahon tillari orasida hech qachon va hech qayerda boshqa tillar ta’siriga tushmagan yoki o‘z lug‘at boyliklaridan boshqa tillarga bermagan til topilmasa kerak. Shu- ningdek, hech bir tirik til boshqa bir til bilan o‘zaro aloqaga kirishmaslik kafolatini bera olmaydi. Ayniqsa, o‘zaro aloqada bo‘lgan xalqlarning tillari bir-birlariga ta’sir etishi, bir-birini boyitishi uchun xizmat qilishi, bunday o‘zaro ta'sirning leksikada samaralibo‘lishi ma’lum fakt. Xalqlaming o‘zaro aloqalari, tillarning bir-biriga ta'siri turli davrlarda, turli sharoitlarda o‘ziga xos ko‘rinishdabo‘ladi. Bunday o‘zaro ta’sir ayrim davrlarda kuchsiz darajada bo‘lsa, boshqa bir davrda sezilarli va samarali tarzda boTadi. Shu bilan bir- ga, bunday o'zaro ta’sir ba’zi vaqtlarda stixiyali tarzda bo‘lsa, ayrim davrlar- da uni ma’lum qonun-qoidalar asosida yoTga solish, unga insonning faol aralashuvi talab etiladi.
Darhaqiqat, turli tarixiy davrlarda azaliy o‘zbek tili ko‘plab boshqa til- lar bilan o‘zaro aloqada boTdi. Shu bois, o‘zbek adabiy tilining lug'at tar- kibida qadimgi uyg‘ur, so‘g‘d, xitoy, arab, mo‘g‘ul, fors-tojik kabi ko‘plab tillarning elementlari mavjuddir. Bu tillar o‘zbektili lug‘at tarkibiga turli davrlarda,turli darajada,turli yollar bilan ta’sir etgan. Shunga ko‘ra, o‘z- bek tiliga o‘tgan so‘zlaming soni ham turli miqdordadir. Ayni shunday holat- ni o‘zbek tilining barcha terminologik sistemalarida ham to‘liq kuzatish mumkin.
Quyida o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan va u bilan inuomalada bo‘lgan tillar mavzusini o‘zbek kitobatchilik terminologiyasi limsolida berishga harakat qildik.
Ta’kidlash lozimki, ba’zi turkiy tillarda bo‘lganidek, o‘zbek kitobatchi- lik terminologiyasi shakllanishining dastlabki bosqichlarida (XI-XII asrdan XX asr boshlariga qadar) o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligidan ayni so- haga oid terminlar yaratishda asosiy manba o‘laroq yetarli darajada foyda- lanilmagan. Bu yo'nalishda asosiy ustunlikka, birinchi navbatda, arab tili, keyin esa, fors-tojik tili ega bo‘lgan. Shu bois,o‘zbek kitobatchilik ternrinolo- giyasining shakllanishida arab hamda fors-tojik tillarining o‘mi katta bo‘lgan.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling