O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet53/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Sodda gap. O‘z tarkibida birgina predikativ birlikka ega bo‘lgan, ma’lum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonasion jihatdan shakllangan sintaktikbirlik sodda gapdir. Sodda gaplar birtarkibli va ikki tarkiblibo‘ladi. Faqat yo ega, yo kesimdan iborat bo‘lsa bir tarkibli gap, ham ega, ham kesimga ega gaplar ikki tarkibli gaplar dcb ataladi va ular yig‘iq, yoyiq gaplarga bo'linadi. Faqat ega yoki kesimdan iborat bo‘lsa, yig‘iq gap; ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topsa, yoyiq gap deyiladi.
Qo‘shma gap. Ikki yoki undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap qo‘shma gap deyiladi. Qo‘shma gaplar bog‘langan va ergashgan bo‘lishi mumkin. Bog'langan qo‘shma gaplardagi soddagaplar teng bog‘lovchilar yordamidabog‘lanadi. Gaplarteng aloqadorbo‘ladi. Qo‘shmagap tarkibida sodda gaplarto‘la mustaqillikni saqlamaydi.
Ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapni izohlab keladi. Ular bir-biriga ergash bog‘lanmalar, yordamchi so‘zlar bilan bog‘lanadi. Ergashgan qo‘shma gaplar bosh gapdan va ergash gapdan iborat bo‘ladi. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki biror bo‘lagini izohlab keladi.
GAP SINTAKSISI
Tilning hamma qatlamlari o‘zi o'rganadigan narsalarni umumlashtirish va mavhumlashtirish xususiyatiga ega. Fonetika o‘xshash nutq tovushlarini umumlashtirsa, leksikologiya atrof muhitdagi o‘xshash narsa va hodisalami so‘zlar orqali umumlashtiradi. Grammatikaning morfologiya qismi so‘zlar- ning ma’no xususiyatlari va morfologik belgilariga ko‘ra ulami turkumlarga (ot, sifat, son va shu kabilarga) birlashtiradi. Sintaksis esa yuqoridagi mavhum umumlashmalar o‘rtasidagi mazkur tilning tarixiy taraqqiyoti jarayonida vujudga kelgan munosabatlarni belgilaydi, ya’ni ayrim olingan muayyan so'zlar orasidagi o‘ziga xos, xususiy munosabatlarni emas, balki turkumlar orasidagi munosabatlar tilni bu yarusining ish mavzusi hisoblanadi.
Til elementlari orasidagi mavjud munosabat pirovard natijada tilning asosiy vazifasi bo‘lmish aloqa vazifasiga xizmat qiladi: odamlar orasidagi fikr almashish quroli vazifasini bekami-ko’st bajarishga imkon beradi. Til o'zining bu vazifasini gaplar orqali amalga oshiradi. Demak, gap tilning asosiy birikmalaridan bo‘lib, odamlar orasidagi muloqotda muhum rol o‘ynaydi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling