O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet38/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

GRAMMATIK KATEGORIYALAR
Grammatik katcgoriya bir xil grammatik hodisalar, ayniqsa, grammatik so‘zlarning har xil shaklidan qat'iy nazar majmui, yig'indisidir. Grammatik kategoriyalardagi bir xillik grammatik shakllarga, granmiatik vazifaga qarab belgilanadi.
Ma’lum ma'nodagi so‘z bir nccha grammatik shakllami olishi mumkin, iekin so‘zning ma'nosi o'zgarmaydi. Grammatik kategoriya bir tomondan so‘zlaming leksik-grammalik |xususiyati, yasalishi, vazifalari kabi hodisa- lar asosida ajratilgan guruhlar (ot kategoriyasi, fe’l kategoriyasi kabi), ikkinchi tomondan birlik, ko'plik, fe'llarda shaxs-son kabi grammatik vazifalarni affikslar, so‘z shakllari bilan bir xil xarakterdagi grammatik hodisalar majmuidir. Har bir so‘zning asosiy ma'nosi bor, yana umumiy ma'nosi bor, bu asosiy ma’noga yo‘ldosh, qo‘shimcha ma’no bo‘lib keladi. Masalan: paxtalar, asosiy ma'no - o‘simlik turi, qo‘shimcha ma’no — ko‘plik. Umumiy xarakterdagi bir qancha so‘zlarda uchraydigan qo‘shimcha ma’no grammatik ma'no deyiladi. Grammatik ma'no turli vositalar orqali ifodalanadi (qo‘shimcha, yordamchi so^z).
Grammatik kategoriya mantiqiy kategoriyabilan bogliqdir. Mantiqiy kategoriya borliqni tafakkurda aks ettiradi. Mantiqiy kategoriyadagi belgilar grammatik kategoriyalar orqali ifodalanishi mumkin. Masalan: ning. ga, kelishik qo‘shimchalari, predmet, hodisalar tasvirini ifodalaydigan so‘zlar- siz grammatik ma’no ifodalamaydi. Grammatik ma’no mantiqiy hukm bilan aynan bir xil emas. Har bir tilning o‘ziga xos grammatik kategoriyalari mayjud. Masalan: o‘zbek tilida: son, egalik, zamon, kelishik kategoriyalari, rus tilida: rod, zamon, son kategoriyalari.
Grammatik kategoriyalar va grammatik shakl bir xil hodisa emas. Masalan, o‘zbek tilida zamon kategoriyasi bir necha shakllar bilan ifodala- nadi: men oldim, men olganman, men olgan edim kabilarning hammasi o‘tgan zamon fe'lini bildiradi. Ularning hammasi birlashib zamon katego- riyasiga kiradi. Har bir tildagi grammatik kategoriyalar shu tilning xusu- siyatlarini aks ettiradi.
Grammatik kategoriyalar har bir tilda har xil bo‘ladi. Masalan: rus tilida otlarning jonli—jonsiz bo‘lishi o‘zbektilida yo‘q. Turkiy tillardagi egalik kategoriyasi slavyan tillarida mavjud emas.
Harbir tildagi grammatik kategoriya tarkibiy qismlardan iborat. Masa- lan: son kategoriyasi — birlikva ko‘plik, shaxs — T, II, III shaxslar. Ba'zan bitta shald bir necha grammatik kategoriyani ifodalashi mumkin. Masalan: ‘iumaio fe’ 1 ida —to qo‘shimchasida ham shaxs, ham son ifodalanadi, I shaxs, birlik. Hamma tillardagrammatik vositalar har xil bo‘ladi, har xil qodlanadi. Shu bilan bir—biridan farq qiladi.
Son kategoriyasi miqdor munosabatiga asoslangandir. Bunda morfologik vositalar orqali predmet bir donaligi va ko‘pligi ifodalanadi. Son kategoriyasi hamma tillarda uchraydi. Faqat ishlatilishi bir xil emas. Ko‘pgina tillarda birlik ma'nosi ko‘plikka nisbatan qarama - qarshi qo‘yilib taqqoslanadi. Bir xil t illarda ayrim otlar faqat birlik sonda, ba’zi otlar faqat ko‘plik sonda beriladi. Turkiy tillarda deyarli hamma otlar birlik sonda, ba’zi otlar faqai ko‘plikda bcriladi. Ba’zi mavhum tushunchalar muhabbat, owgfaqatbirlikda ishlatiladi.
Shaxs kategoriyasi ish-harakatning biror shaxsga munosabatini bildiradi. Masalan: 1 shaxs ish-harakatining so‘zlovchi tomonidan bajarilishini, II shaxs ish-harakatining suhbatdosh tomonidan bajarilishini bildiradi. Ba’zi (illarda shaxs-son boshqa so‘z turkumlari orqali ham ifodalanadi. Masalan: Bi/ ishchimiz.
Kclishik kategoriyasi. So‘zlarning gapdabir-biriga bo‘lgan munosabat- larini kcrakli shakllarda ifodalagan grammatik hodisaga kelishik kategoriyasi
deyiladi. Kelishik kategoriyasi har bir tilga xos ma’lum grammatik vositalar orqali gapdagi so‘zlarning bajarayotgan vazifasini aniqlab beradi. Turli so‘z shakllarini o‘z ichiga olgan morfologiya sintaksis bilan bir bo‘lib til- ning kommunikativ vazifasini bajaradi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling