O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet33/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Kitobatchilik termimda holat bunday emas. Bundabevosita asosga (kito- bat) -chilik affiksining qo‘shilishi natijasida soha nomini (kitobat+chilik) anglatuvchitermin yasalgan. Kitobat terminigp. matbaachi, muqovachi singari -chi affiksini qo‘shish orqali kitobatchi shaklida termin yasalishi mavjud emas. Ta’kidlashlozimki, qog'ozsozlik termini -lik affiksi orqali, qog‘ozchilik esa, -chilik affiksi bilan yasalgan terminlar sirasiga kiradi. Buning sababi bor, albatta. Chunonchi, qog‘ozsozlik termini qog‘oz so‘ziga -soz. hamda - lik affikslarining qo‘shilishi natijasida yasalgan, ya’ni: qog‘oz + soz + lik. Bunda qog'ozsoz mustaqil termin sifatida muayyan ma'noni ifodalaydi va unga-lik affiksining qo‘shiluvi bilan qog‘ozsozhk yasalgan. Bu tipdagi so'zlarda oxirgi -lik affiksidan qolgan qismi ham mustaqil lek-sema sifatida qo'llanishi mumkin. Qog‘ozchilik terminida unday emas, o‘zbek tilida qog'ozchi muslaqii leksema sifatida qo‘llanmaydi. Shu sababdan, qog‘ozchilik terminida -chilik yaxlit bir affiks sifatida ajraladi, ya’ni uning -lik affiksidan qolgan qismi mustaqil leksema sifatida qoilanmaydi. Demak, bunday holatning mavjudligi hozirgi o'zbek tilida ish faoliyatning maium sohasini bildiruvchi bir butun holdagi -chiiik affiksi borligini tasdiqlaydi.
Albatta, muayyan sohalarga oid terminlar yasalishida barcha affikslar ham baravar ishtirok etavermaydi. Qaysidir biri termin yasashda faol ishtirok etsa, boshqa birlari nofaol bo'ladi.
So'nggi yillarda barcha sohalarda zamonaviy texnik jarayonlarning takomillashuvi va ularning ishlab chiqarishga keng ko‘lamda kirib kelishi natijasida ular bilan bog'liqtushuncha hamda ulami ifodalash uchun ko'plab birikma shaklidagi terminlar yasash an’anasi kuchaydi. Termin yasashning sintaktik usuli haqida gap ketganda, asosan, birikma shaklidagi termin yasash holati tushuniladi. Barcha tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham bi- rikma shaklidagi termin yasashning sintaktik usulidan kei g foydalaniladi. Umuman, terminologiyada sintaktik usul bilan ko‘p miqdorda birikma shaklidagi terminlar yasaladi. Termin yasashning bu usuli (morfologik va semantik usullar singari) eng sermahsul hisoblanadi. Shuning uchun ham, har qanday soha terminologiyasida birikma terminlar soni boshqalariga nisbatan salmog‘i jihatidan birinchi o‘rinda turadi. Xususan, o‘zbek kito- batchilik terminologiyasida ham, ximiya, qurilish, farmatsevtika, tcxnik terminologiyalardagi singari, yakka so‘zli terminlarga nisbatan sintaktik usulbilan yasalgan terminlar ancha salmoqli o‘rinni egallaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kitobatchilik sohasiga oid 4500 terminning 3160 donasi, ya’ni 70 foizini ikki va undan ortiq komponentdan iborat birikma shaklidagi terminlar tashkil etar ekan.
Terminologiyaga oid ba'zi manbalarda bir so‘zga teng terminlar sistema- ning minimal elementlari, ikki va undan ortiq so‘zlardan tuzilgan birikma shaklidagi terminlar esa, maksimal elementlari sifatida talqin qilinadi. Ular minimal elementlarga ayni sohaning tayanch yoki asos tushunchalari- ni ifodalovchi asosiy terminlar sifatida ham qaraydilar. Bildirilgan bu fikrlar ko‘pjihatdano‘zbek kitobatchilikterminologiyasigaham to‘liq mos keladi. Shu bois, ayni soha terminologiyasida ana shunday minimal elementlar \ mavjudki, haqiqatan ham ular (kitob, nashr, qog‘oz, nashriyot, tnuallif kabilar) shu sohaga oid asosiy o‘zak tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. Bunday minimal elementlar ishtirokida birikma shaklidagi terminlar yasalishi hodisasi ancha faollashib bormoqda. Masalan, rus tilida ish qurol- lari, texnika vositalari nomlarini ifodalovchi birikma shaklidagi terminlar yasalishida tushunchalaming umumiy belgilarini o‘z ichiga olgan minimal elementlaming ishtiroki ancha samarali bo‘lmoqda. Masalan, mashina so‘zi
ishtirokida juda ko'plab ikki komponentli birikma shaklidagi terminlar yasalmoqda: Mawuna 6yMaeo3apejibHafi, Mauiuna adpecoeajibHafi, MatuuHa KapmoHopesajibHafi va h.z..
O‘zbek terminologiyasida birikma shaklidagi terminlaming yasalishida sistemalashtiruvchi minimal eiementlaming o‘mi katta. Ayniqsa, ikki kom- ponentli birikma shaklidagi terminlarni yasashda bunday sistemalashtiruv- chi minimal elementlardan keng foydalaniladi. Masalan, o‘zbek kutubxona- chilik-bibliografiya terminologiyasida birgina kutubxona minimal elementi ishtirokida 80 dan ortiq ikki komponentli termin yasalganligi ma’lum. O‘zbek kitobatchilik terminologiyasida ham birgina nashr so‘zi ishtirokida qirqdan ortiq birikma shaklidagi termin yasalgan: bosma nashr, to‘iiqnashr, tuzatiigan nashr, yangi nashrva boshqalar. Bu erda minimal element deb ataganimiz nashrso‘zi umumiy tushunchani ifodalashi uning bir jihati boisa, ikkinchi jihati, uning birikma shaklidagi terminlarning aniqlanmish komponenti sifatida kelishi orqali nashrning turlariga ko‘ra tabaqalanishini ifodalamoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, o‘zbek kitobatchilik terminologiyasida boshqa tillardan kalka usuli bilan o‘zlashgan birikma shaklidagi terminlaming o‘zbekchadagi muqobil variantlari ham birikma shaklidagi tcrmin holatida ifodalangan. Bu holatning mavjudligi ayni soha terminologiyasida birikma, shaklidagi terminlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Quyida ushbu holatni, ingliz va o‘zbek tillari misolida ko‘rib chiqamiz: printedpublikation - bosma nashr, continuedpublikation - davomli nashr, washable binding - yuviiadigari' muqova, handcomposition - qo‘lda (harf) terish, titie of the book - kitobning, nomi, abridged edition // condensed edition - qisqartma nashr, printea publikation //published work - bosma asar, issue editor - nashr muharriri, paperreel - qog‘ozo‘rami, selektion(s), omnibus book (voiume) - taniangan asarlar to‘plami, book collektion - kitoblar to‘plami va h.z.. Yoki boshqa tillarda. xususan., rus tilida qo‘shma so‘z shaklidagi terminlaming o‘zbekcha ekvivalentlari birikma shaklidagitermin ko‘rinishiga cga bo‘ladi: khucohocku

  • kitob qopi, KHueoonuca-uue - kitobni tavsiflash, KHueonodbeMHUK - kitob koiargich, KHueo-pacnpocmpaHCHue - kitobningyoyilishi, KHueonenamaHUe

  • kitob bosish va boshqalar.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling