O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


SO‘ZLARNING MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI


Download 1.49 Mb.
bet27/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

SO‘ZLARNING MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
OMONIMLAR
/
Tilda leksik ma’nolar o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ular shakldosh, ma’nodosh, ma’nolari zid bo‘lishi mumkin.
Omonimlar — shakldosh so‘zlar. Yozilishi va talaffuzi bir xil, ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar omonimlar deyiladi. Masalan, o‘t (“olov”), o‘t (“maysa”) kabi. Omonimlar bir so‘z turkumiga ham, turli so‘z turkumiga ham mansub bo‘lishi mumkin. Omonimlar ham tilda azaldan mavjud ayrim so‘zlarning o‘xshashligidan, ba'zan boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar hisobidan paydo bo‘lishi mumkin.
Omonimlar har bir tilda uchraydi. Omonim so'zlar kontekstda yaqqol ajralib turadi. Masalan, «quritib qo‘yilgan o‘tga o‘t ketmasin» deganimizda har ikkala «o‘t»ning ma’nosini ajratib olish qiyin emas.
Omonimlar yozilish va grammatik shakliga ko‘ra uch xil bo‘ladi:

  1. Omofonlar — talaffuz etilishi bir xil, lekin tovushlar tarkibidagi ba’zi fonemalar farqli bo'ladi. Masalan, o‘zbek tilida yetti (son) — yetdi (fe’l); bod — bot, bob — bop, mard - mart, rus tilida nnod (meva) — njiom (sol) kabi.

  2. Omoformalar — turii so‘z turkumlarining ayrim grammatik shaklla- rida ro‘y beradi. Bu hodisa odatda turli turkumga oid so‘zlar o‘rtasida sodir bo‘ladi. Masalan, olma (ot) — olma (fe’l), yor (ot) — yor (fe’l) va boshqalar.

Omoformalar boshqa grammatik shakllarda o‘zaro omonimlik xususiyatiniyo‘qotadi. Masalan, Yorim dushman safiniyorib o‘tdi. Bu misolda yorim — yorib so‘zlari grammatik shakllarini olgach, o‘zaro omonimlik xususiyatini yo‘qotgan.

  1. Omograflar — yozilishi bir xil, talaffuzi farqli bo‘lgan so‘zlardir. Masalan, tok (uzum) — tok (elektr quwati) kabi.

SINONIMLAR
Tilda sinonimlarning ko‘p uchrashi so‘z boyligini ko‘rsatadigan muhim dalildir. Sinonim so‘zlardan unumli foydalanish badiiy asarlarning mazmunli, ta’sirli chiqishini, hamda ularning badiiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni ham aytish kerakki, tilda bir-biriga ta- momila o‘xshash, hech farq qilmaydigan so‘zlaming yonma-yon ishlatilishi tilniboyitmaydi. Masalan, o‘zbek tilidagi traktorchi - traktorist, gazeta -
ro ^fimna, buxgalter — hisobchi, aeroport - tayyoragoh, rus tilida caMOJiem — aepomiaii, inbtKoniaHue — iribtKoeecleHue kabi. Shuning uchun bunday so'/lar kam uchraydi. Til bunday so‘zlarning biridan to‘liq foydalanib, ikkinchisini csa iste'moldan chiqarib tashlashga intiladi.
I lar bir tilning sinonimlari boshqa tillardan kirgan so‘zlar, shuning- dek, shn tihiing o'z imkoniyatlaridan foydalanib yasalgan so‘zlar hisobiga boyib boradi. Masalan, tajriba — arabcha, sinov - o‘zbekcha; muhabbat, ishq - arabcha, sevgi - o‘zbekcha; chashma — forscha-tojikcha, buloq - o'zbckcha va boshqalar.
Sinonimlarning o‘zaro farqli xususiyatlari talaygina bo‘lib, ulardan eng asosiysi ulaming harbirining ma'nosidagi farqli belgilardir. Sinonimlar- ning o‘zaro farqli belgisi, awalo, ularning ma’no hajmida, aniqrog‘i, nia'no nozikligida ko‘rinadi. Masalan, o‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlardan biri biron-bir qo‘shimcha ma'no nozikligiga egabo‘lmasligi, boshqasi esa qandaydir farqli ma'no nozikligiga egabo'lishi mumkin. Yuvosh, mo‘min, qobd, royish sinonimlaridan yuvosh so‘zi shaxsga, shuningdek, hayvon- larga nisbatan qo‘llanaveradi. Lekin mo‘min, qobilso‘zlari faqat odamga nisbatan ishlatiladi. Royish so‘zida gapga ko‘nadigan, aytganga yuradiganlik ma'no nozikligi bor.
Demak, sinonimlarning o‘zaro farqli xususiyatlaridan biri ularning qo'shimcha ma'no nozikligiga ega yoki ega emasligida boTib, bu xususiyat shu sinonimik qatordagi so‘zlarning qoTlanish doirasini, qoTlanish o‘rnini ham belgilaydi.
Sinonimlar bildiradigan vaqt, harakat, belgi, miqdor kabilarda ular- ning har birida belgining darajasi har xil boTishi mumkin. Masalan, av- val, oldin, ilgari, burun, qadim sinonimlaridan ilgari so‘zida vaqtning oTishiga qarab uzoqlik darajasi avval, oldin so‘zlaridagidan ortiq. Burun so'zida ilgari so‘zidagiga nisbatan, qadim so'zida esa burun so'zidagiga nisbatan ortiqroq. Ishchan, harakatchan, serharakat, g‘ayrath, serg‘ayrat, tirishqoq, urinchoq sinonimlaridan g‘ayratli, serg‘ayrat, tirishqoq so‘zlari bclgini kuchliroqma'nobilan ifodalaydi. Shuningdek, kambag‘al, qashshoq sinonimlaridan qashshoq so‘zi belgini kuchli ma’noda ifodalaydi. Kuch, quvvat, mador, majol, darmon sinonimlaridan mador, majol, darmon so'zlari, asosan, kuch-quwatning normal holatdan pastligini ifodalashda qoTlanadi. Demak, sinonimlar bildirganbelgi darajasidagi har xillikham shu so'zlarning ma'nosidagi farqli ma’no nozikliklari sanaladi.
Sinonimlar nutqda ishlatilishi doirasiga ko‘ra sinonimiya qatorini hosil qiladi. Masalan: a) yuz, bet, aft, bashara, chehra, siymo', b) yurak, dil, qalb, ko‘ngil kabilar.
Sinonimiya qatorini tuzishda har qanday uslubda qo‘llanishi mumkin bo'lgan «betaraf» so‘z asos qilib olinadi. Sinonimiya qatoridagi qolgan so‘zlarning ma'nodoshligi ana shu «betaraf» so‘zni solishtirish natijasida aniqlanadi. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, chehra, siymo sinonimiya qatorida yuz so‘zi «betaraf» so‘z bo‘lib, uning iste’mol doirasi kengdir, har qanday uslubda qo‘llanaveradi: yuzi tanish, yuzingniyuv, yuziyoqim- li, yuzing qursin. Lekin shu qatordagi bet, bashara, aft, chehra, siymo so‘zlarining iste’mol doirasi nisbatan chegaralangan (tor) bo‘lib, ular turli uslubiy bo‘yoqlarni ifodaiashga xizmal qiladi. Bunday so'zlar bilan predmetga bo‘lgan ijobiy yoki salbiy munosabatni yaqqol ifodalash mumkin. Chunonchi, chehrasi issiq, chehrasi yoqimli, chehrasi ochiq deyish mum- kin, chehrasi qursin deb aytish mumkin emas.
Shunday qilib, yozilishi ham, talaffuzi ham boshqa-boshqa bo‘lib, umumlashgan, bir tushunchani ifodalaydigan, lekin ma’no nozikliklari jihatidan bir-biridan birmuncha farq qiladigan so‘zlar sinonimlar deb ataladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling