O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet24/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Gaplologiya (yun. Gaplos — oddiy; logos - tushuncha) - yonma—yon turgan o‘xshash undosh yoki bo‘g‘inlaming tushirib qoldirilishi: qayna — qaynana — qaynona, qayni — qaynini — qayn ini.
Nutq tovushlari so‘zda lutgan o'rniga qarab talaffuzda, yozuvda o‘zga- rishi mumkin. Buni tovushlarning pozitsion o'zgarishi deyiladi.
Reduksiya shunga misol bo‘la oladi. Reduksiya uch xil bo'ladi:

  1. Miqdor reduksiyasi; urg'u olmagan bo‘g‘inning qisqa talaffuz qilini- shi; ingliz tilida uchraydi.

  2. Sifat reduksiyasi; urg‘uli bo‘g‘inda unlining boshqa unliga aylanishi: eniamb — eusamb; bunda urg‘usizbirinchi bo‘g‘indagi n (ya) - iga aylangan.

  3. To‘liq reduksiya. Urg‘u olmagan bo‘g‘inda unlilar tushib qoladi. Masalan: og‘iz-og‘zim.

YOZUV
Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o'rtasidagi muloqatga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Ma’lumki, insoniyat dahosi erishgan eng buyuk va muhim yutuqlardan biri yozuvning kashf ctilishidir. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma’nodagi ibiidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Ma'lumotlarga ko‘ra, yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan, ya'ni tovush tili taxminan 400-
Islom dunyosida qalamning ilk ta'rifi muqaddas Qur’oni Karimda aytilgan. Qur'oni Karimning ilk nozil bo‘lgan suralaridan birining nomi ham “Qalam surasi” bo‘lgan. Sura awalida Olloh taolo inson zotiga ato etgan buyuk nc’mati - Qalam va u bilan bitiladigan bitiklarga qasam ichib, o‘z payg‘ambari Muhammad alayhis-salomning Makka mushriklari hasad, adovat bilan u kishiga taqayotgan tuhmat-majnunlik aybidan pok ekanligini uqtiradi.
Qalam asosan qamishdan tayyorlangan, uning uch qismi qiyalatib kesilgan va tarashlanib, o‘rtasidan yorib qo‘yilgan. Arab adabiyotida qalamga ijod va go‘zallik ilhomchisi sifatida nisbat berilib, madh etilgan. Sifatli qa- lam bebaho boylik hisoblangan, uning sifati qamishning qaerda o‘sganligi, saqlanishi, qalinligi, rangi, xullas, tanlab olinishiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lgan. Qamish qalam yoziladigan yozuv turiga hamda xattot didiga uyg‘un bo‘Iishi kerak bo‘lgan. Masalan, sulsxatini yozishda qalam uchi qalinroq, uning unsi deb ataluvchi o‘ng tarafi to‘rt dangga, vahshi deb ataluvchi chap tomoni ikki dangga teng bo‘lishi kerak bo‘lgan. Bu qalamning tili botiq qilib kesilganki, bu hol undan siyohning bir maromda oqib turishini hamda harf qayrilmalarining nozik va nafis chiqishini ta’minlagan. Suls xati ta’limotida qalamning uchdan bir hissasi ko‘proq ishga solinadi. JVasx xati uchun mo‘ljallangan qalam ham suls xati qalamiga o‘xshash bo‘lgan, lckin uning tili botiq qilib kesilmagan. Muhaqqaqxati yoziladigan qalam nchi sulsxati qalamidan ko‘ra ingichkaroq, ammo yorig'i ochiqroq, uchi- ning kesilishi esa, qing'irroq bo'lgan. Rayhoniy xatining qalami muhaqqdq \ati qalamiga o‘xshash bo‘lgan va h.z.. Ba-’zi hollarda qalamga o'rindosh sifatida uchi o‘tkirlangan palma shoxi yoki yog'ochdan ishlangan qalafhch^.- lardan foydalanilgan. ; ■ " . ' ■ 4
Papirus qog‘ozi hamda yozish uchun rriaxstis tayoqcha va bo'yoqntn^... kashf etilishi yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug‘- dirdi. Keyinchahk alohida harflardan iborat ydzuv paydo bo‘ldi. ' <■_



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling