O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


LEKSIK MA’NONING KENGAYISHI VA TORAYISHI


Download 1.49 Mb.
bet26/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

LEKSIK MA’NONING KENGAYISHI VA TORAYISHI
So‘z ma’nosining rivojlanishi sifat va miqdor o‘zgarishiga, ma’noning kengayishi va torayishiga, hatto tildan umuman tushib qolishiga olib keladi. j Bunda jamiyat tarixining ahamiyati katta. Har bir yangi narsa yoki hodisagal yangi nom yaratmasdan mavjud so‘zlar yordamida ifodalash ham mumkinj Natijada leksik-semantik ma’no kengaya boradi. Masalan: uchmoq - faqan parrandani bildiruvchi so'zlar bilan birikkan. Hozir uning ma’nosi ken-j gayib ko‘z, varrak, samolyot, yer yo‘ldoshi kabi tushunchalar bilan alo-4 qaga kirishadigan bo'lgan. J
So‘zning leksik ma’nosi kengayishi natijasida ko‘p ma’noli (poliseman-j tik) so‘zlar paydo bo‘ladi. Leksik ma'noning torayishi so‘z ma’nosinind kengayishiga nisbatan aks jarayondir. Bunda so'zning qo‘llanish doiraa chegaralanib qoladi. Masalan: osh so‘zi barcha ovqat turini bildirar edil Hozirda ko‘proq palov ma’nosini anglatadi. j
So‘zlarning ma’no kengayish yoki torayishi hodisasini “baxshi ”so‘zi timsolida chuqurroq tanishamiz. Baxshi so‘zi asli xitoycha bo'lib, «uninJ xitoy tilidagi shakli «pak - si» (hozirgi xitoy tilida «bo - shi») bo‘lgan| holda turkiy tilga mo‘g‘ul tili vositasida o'zlashgandir. Ushbu xitoycha so‘1 yapon tilidagi «hakase // hakusi» so‘zlari uchun ham manba bo'lib hisobl lanadi. «Turktilining etimologik luqati»da baxshi so‘zi haqida quyidagilanl o'qiymiz: «Xitoycha pak - si (po - si ham deyiladi: ustoz; yozuvchi, kotffl ma'nolarini anglatadi)dan bahsi — baksi. Bu so‘z Anadoli turkchasida ■ qadar kcng qo‘llanilmagan, u, asosan, shaman e’tiqodli turklarga oifl bo'lib, «to‘y-tantanalarni boshqaruvchi kishi»ga nisbatan ishlatilgan. Osijfl turkchasida «p» tovushi «b» bilan beriladi. Shu sababli: po —si/bo ~sffl baski / baksi. Ushbu so‘zning xitoy tilidagi talaffuzi bilan lahjalardafl talalTuz farqliliklari birgalikda qo'llanishda bo'lgan. Sanskritcha - bhikJ mo‘g‘ulcha baksi. Shuningdek, «Drevnetyurkskiy slovar»da tabib yolj
hakimlarning otachi baqshi deb atalgani aytib o‘tiladi. Bu yerdagi otachi so‘zi qadimgi turkiy tilda «ot» (o‘t. maysa)ga - amak (amak) qo‘shimchasini qo‘shish natijasida vujudga kelgan «otamak» (o‘tamoq) — «sog‘aytirmoq» fe’lidan yasalgan. Ushbu so‘z qadimda «dorivor o‘t-o‘lanlardan dori-dar- mon tayyorlab, bemorni xastalikdan xalos etuvchi tabib, hakim ma’nosini ifodalagan.
Hozirgi o‘zbek tilida otaci so‘zi mavjud emas. Lekin bu so‘z bugungi turk tilida mavjud bo‘lib, «otamak — dori-darmon berib kasalni tuzatish; otaci - hakim, tabib» ma’nolarini ifodalaydi. «Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya»da ham otachi leksemasining «1 abib» ma'nosini ifodalashiko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, “Devonu lug‘otit turk”da ham otachi so’zining «tabib» ma’nosini ifodalashi aytilgan. Prof. E.R.Tenishev baxche leksemasi uyg‘ur tilining sharqiy lahjasida «baxshi», «tabib», «shaman», shuningdek, uyg‘ur tili markaziy shevasining dolan lahjasida baqsu - «afsungar», «folbin»; oqsuy lahjasida baqshi. baxshi: qush vaxshisi «ovchi qushlar yordamida ov qiluvchi», qashqar va yorkent lahjalarida — «(kasallik keltiruvchi jinlarni quvish yo‘li bilan) xastalikni davolovchi»; uyg‘ur adabiy tilida — baxshi', X-XIII asrlarga oid qadimgi uyg‘ur yodnomalarida esa, «ustoz», «shogird» ma’nolarini ifodalaganini yozadi. Shuningdek, boshi, boshi, baq-shi ko'rinishidagi leksik shakllaming xitoy tilidan o‘zlashganini ko‘rsatib o‘tadi. Boshqa bir manbada /v7X.s7?/so‘zining baxshi, bhahsi, pahsi, pahsi shaklidagi ko‘rinishlari keltiriladi va ulaming «pak-si»ga bog‘liqligi ta’kidlanib, braxma yozuvlarida bitilgan yodgorliklarga oidligi aytiladi.
V.V.Bartoldning fikricha, bahshi (sankritcha asli - bhikshu) leksemasi Sharqiy Turkistondagi uyg‘ur kotiblarga hamda uyg‘urlar ichida yashagan buddist rohiblarga nisbatan qo‘llangan. Mo‘g‘ullar davlatida baxshiso‘zi «kotib», «ma’mur» ma’nolarini anglatgan. Shuningdek, «Turkiston hukm- doiiarining forscha bilmagan kotiblari ham baxshideb atalgan. A.K.Borov- kovning izohlashicha, XII-XII1 asrlarda Sharqiy turk kitobatchiligida uyg‘ur kotib — baxshilarning o‘rni katta bo'lgan. Ular, asosan, rasmiy devonxonada laoliyat ko‘satganlar.
XV-XVI asrlardagi yozma manbalarda, xususan, Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan baxshi termini, asosan, «kotib», «mirzo» ma’nola- i ini anglatib kelgan. Baxshitermini «Boburnoma»da ham «kotib», «mirzo», ■■yozuvchi» ma’nolarini ifodalagan. XVIII-XIX asrlarda baxshi leksemasi Bnxoro xonligidagi lavozimlardan birining nomini anglatgan va u hukmdor lomonidan olib borilayotgan qurilish uchun belgilangan mablag‘larning hisob-kitobini yuritgan. Hozirgi o‘zbek tilida ham baxshi so‘zi mavjud bo‘lib, u quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: 1. Xalq dostonlarini kuylovchi shoir, oqin. 2. Duolar o‘qib, dam solib, irim-sirimlar qilib davolovchi labib. Ko'rinib turibdiki, baxshi leksemasining bugungi ma'no anglatish doirasida o‘zga-rishlar sodir bo‘lgan. Uning qadimgi davrdagi ma'nolaridan ayrimlarigina bugungi kunda ham saqlanib qolgan, xolos. Tilimizda baxshi so'zining «kotib» ma’nosi yo‘qolgan va unga uyg‘un holda baxshi so‘zi kitobatchilik termini sifatida iste’moldan chiqib ketdi.
Tahrir so‘zining ham arab tilidagi «asar yozish» ma'nosi o‘zgarib, endi «asarga tuzatishlar kiritish» yoki ilmiy terminologiyada uning mazkur ma'nosi yanada kengaygan holda «nashrga tavsiya etilayotgan asarning bugungi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g‘oyaviy, adabiy talablarga shaklan va mazmunan uyg‘un kelishi, ya’ni asarning ijtimoiy qiymatini belgilash hamda muallifga asarni to‘liq nashrga tayyorlashda yordam ko‘rsatish jarayonlari» tarzida ifodalanadi.
Lavh, munshiy, musavvir, xattot, insho kabi so‘zlarda ham kitobat- chilik nuqtayi nazaridan ma’lum miqdorda ma’no torayishi hodisasi sodir bo‘lgan. Buning aksi o‘laroq, ba’zi arabizmlarda, termin sifatida emas, balki so‘z sifatida, ularning leksik ma’nolari awalgisiga nisbatan yanada kengroq ma'nolarni ifodalashi tufayli ularda ma’no kengayishi hodisasi sodir bo‘lgan. Masalan, xat so‘zi dastlab uch ma'noda qo‘llangan bo‘lsa, bugun u to‘qqiz ma’noni ifodalashga xizmat qilmoqda. Qalam so‘zining ma’no anglatish ko‘lamida keskin o'zgarish sodir bo‘lgan va u ham ma’no kengayishi tufayli awal ikki ma’noda qo‘llangan bo‘lsa, hozir olti ma'noni bildirmoqda. Shuningdek, safha, hoshiya, bob, lavha, juz(v) kabi so‘zlarda ham semantik ma’no kengayishi hodisasi sodir boTgan. Masalan, arab tilida polisemantik hisoblangan va ayni shaklda o‘zbek tiliga o‘zlashgan safha so‘zi quyidagi ma’nolami ifodalagan:«l. Sahifa, varaq, bet. 2. Harnarsaning yuza tomoni; 3. Yoq, qirra; 4. Majofly. Kitob». Hozirgi o‘zbektili leksikasida safha o‘rnida uning arab tilidagi sinonimi bo‘lgan sahifa qoTlanadi. Ta'kidlash lozimki, sahifa so‘zi safha anglatgan barcha ma'nolami ifodalamaydi, undan faqat birinchi ma’nosi o‘rnida foydalaniladi, xolos. Safha so‘zining qolgan ma'nolari yo‘qolgan. Ularning o‘rnida bu ma’nolarni ifodalashda boshqa so‘zlar muomalada mayjud. Xususan, uning ikkinchi ma’nosini ifodalashda asii turkiy «ust», «ustki qism», «yuza», «sirt» hamda yana bir arabcha «sath» so'ziari, uchinchi ma’nosida ham asli turkiy «yoq», «qirra», «tomon» va arabcha «taraf» so‘zlari ishlatiladi. Safha yoki sahifa so‘zining to‘rtinchi, ya’ni «kitob» ma'nosi o‘mida arabcha kitob ishlatiladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling