O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet23/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Epenteza9 hodisasi. Talaffuzda so‘z tarkibi ichida ortiqcha tovushning paydo bo‘lish epenteza deyiladi. Ikki unli tovush o‘rtasida undosh tovush- ning yoki ikki undosh tovush o'rtasida unli tovushni paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bunday hodisa jonli tilda ko'proq uchraydi. Masalan, traktor — taraktr, tramvay — tiramvay yoki tarc-nboy, trolleybus—taralabus. Bu hodisa ba'zan orfografiyada ham aks ettiriladi: krovat — karavot, klubnika— qulupnay kabilar.
Diereza10 hodisasi. So‘z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi dicrcza deyiladi. Ayrim tillarda so'zlar talaffuz etilganda ba’zi bir tovushlar tushib qoladi. Masalan, o‘zbek tilida past, rost, go‘sht so‘zlari jonli lilda odatda pas, ros, go‘sh tarzida; bo‘1sin, kelsang-chi,buni olma gaplari esa bo ‘sin, kesang-chi, buni oma tarzida talaffuz etiladi. Binobarin. oldingi misollarda so‘z oxirida qator kelgan undoshlardan t tovushi, keyingi misollarda esa so‘z o'rtasida kelgan 1 undosh tovushi talaffuzda tushirilib qoldirilgan. Rus tilida cnacnMueo so‘z\ CHae/iueo, useecmno so‘z\ useecHo, npasdHUK so‘zi npa3HUKtarzXda talaffuz etiladi. Demak, awalgi ikki so‘zda t tovushi, keyingi so‘zda d tovushi tushirib qoldirilgan. Jonli tilda ba’zan butun bir bo‘g‘in ham tushib qolishi mumkin. Masalan, olib bor — obor, olib keldi - opkeldi kabilar.
Undosh tovushlarning so‘z tarkibida o‘zgarishi ularning atrofidagi fonetik muhitga, fonetik sharoitga, o‘miga bog‘liq, chunonchi, so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlar jarangsiz talaffuz etiladi: maktab (maktap), avlod (avlot), barg (bark); rus tilida: eopod (ropoT), cmond (ctojtii), napoeo3 (napoBOc). So‘z boshida yoki so‘z ichida unli tovushlardan oldin kelgan undoshlar to‘liq, o‘z nomi bilan aytiladi; qa-lan-dar, to-mo-sha, te-rim, rus tilida: va-uiu-Ha, mic-mo-ma, 6a-pa-6aH kabi.
Shu tariqa og‘zaki nutq so‘z tarkibidagi ba’zi undoshlarda o‘miga qarab, tushib qolish hodisasi uchraydi: rost — ros, rast — pas.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling