O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet16/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR
Tilshunoslik tabiiy fanlardan biologiya, fizika, kimyo, geografiya, geologiya, tibbiyot kabilar bilan qaysidir jihatlari yuzasidan bog‘langandir. Biz tilshunoslikni tabiiy fanlar sirasiga kiruvchi inson fiziologiyasi va antro- pologiyasi fanlari bilan aloqalarini ko‘rib o‘tamiz. Tilshunoslik uchun eng muhim jihat reflektor holatdagi inson nutqi faoliyati nazariyasi boTib, uning asoschilari l.M.Sechenovhamda I.P.Pavlovdir, Inson ko‘rish, eshi- tish, sezish orqali dunyoni idrok etadi, o‘z hayotiy faoliyati davomida ana shu fiziologik holatlar — signallar sistemasi orqali voqeliklarni anglaydi, tafakkuri orqali ulaming analiz-sintezini amalga oshiradi. Bularning barcha- sida fiziologik asoslar yetakchilik qiladi. Fonetikaning anatomik-fiziologik aspekti fonetik birliklaming biologik asosini — inson organizmidagi ayrim a’zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini o‘rganadi. Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1) nutq a’zolarining anatomiyasi; 2) nutq a’zolarining fiziologiyasi; 3) nutq a'zolorining ijro kechimi (Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. —T.: Talqin, 2005. 26-b.).
Tilshunoslar va antropologlarning o‘zaro qiziqish xususiyayatlari ikki holatda to‘qnashadi: birinchidan, tillami tasniflashda, ikkinchidan, nutq- ning kelib chiqishi masalalarini o‘rganishda. Qolaversa, inson nutqiga oid jihatlar bevosita fizikaning tadqiqot obyekti sanalgan akustikaga bog‘lab o‘rganiladi. Chunki fizikaning akustika bo‘limi bilan tilshunoslikning fonetika bo‘limi o‘zaro bog‘liqdir. Ma'lumki, akustika har qanday tovush- ning eshitish bilan aloqador xususiyatlarini oTganadi. Tilning tovush to- moni murakkab jarayon boTib, uning fizik-akustik tabiati, biologik asosi (nutq a’zolarining harakati), talaffuz etilishi va eshitilishi kabi xossalari bor. Tovushning sifat belgilari sanalgan tovush balandligi, tovush kuchi, tovush tembri, shuningdek, tovushning miqdor belgisi ko‘rsatkichi bo‘1- gan tovush cho‘ziqligi tilning fonetik birliklarining fizik tabiati hisoblanadi. Shu bilan birga, har qanday tovushning paydo boTish oTnini, lab va bu- running ishtirokini aniqlash uchun fizik asboblardan foydalaniladi. Fizika- dagi magnit maydon, atomning tuzilishi singari masalalar tilshunoslikdagi leksik-semantik maydon, eng kichik til birliklarining boTinuvchanligi singari nazariyalarning kelib chiqishiga zamin yaratdi. Bularning barchasi tilshunoslik bilan fizika fanining uzviy aloqador ekanligini koTsatadi (Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiv fanlar. —Toshkent, 2001. 78-b.).
Aytish kerakki, tilshunoslik bilan aloqador fanlar tilning shu fanlar nuqtayi nazaridan eng ahamiyatli aspektini oTganadi. Masalan, sotsioling- vistika tilning ijtimoiy hodisa ekanligini, til va jamiyat munosabatlarini, ya’ni tilning kommunikativ vazifasini oTganadi. Mantiq fani bilan tilshunoslikning o‘zaro aloqadorlik tomoni til biian tafakkur munosabatlarida yaqqol koTinadi. Chunki tilshunoslikning oTganish obyekti bo‘lgan til ta- fakkur bilan bevosita bogTiqdir. Mazkur qoTlanmaning maxsus bir boTimi til va tafakkur munosabatlariga bagTshlanganligi ham bejiz emas.
Tilshunoslik va matematika o‘rtasidagi munosabat masalasini ochib berish ancha murakkab. Shunday fikr borki, har qanday fanni «fan» deb atash uning ichiga matematikaning qanchalik kirib borganligi, unda qo‘1- lanish darajasining qay darajada ekanligi bilan belgilangan. Bu - bejiz cmas, albatta. Chunki matematika aniqlikni yoqtiradi. Matematikada har qanday masala aniq o‘z yechimiga, natijasiga ega. XX asrga kelib ko‘pgina matematiklar hamda yaratilgan matematika maktablari matematikani nafaqat aniq fanlarda, xususan, fizika yoki texnikada, balki ijtimoiy fanlarda ham qo‘llay boshladilar. Buning natijasi o‘laroq tilda ekonometrika (iqtiso- diyotda matematik metodlarni qo‘llash), matematik mantiq, matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi terminlar paydo bo‘ldi. Aytilga- nidek, XX asrda matematik mantiq fani mustaqil bir fan sifatida ish ko'rdi. Umuman, matematik mo/it/iymatematikaning o‘ziga xos birbo‘limi sifatida shakllandi. Matematik lingvistika haqida ham shunday fikrlami aytish mum- kin. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, matcmatik lingvistikaga maxsus yoki o‘zi- ga xos lingvistika sifatida qaramaslik kerak. Bunda til hodisalarida matematik usullardan foydalaniladi. Eng muhimi, bu bevosita tilga emas, balki nutqqa oiddir. Masalan, ehtimollar nazariyasi yoki matematik statistikaning qoilanishi.
Hozirgi kunga kelib kompyuter lingvistikasi keng rivoj topmoqda. Hatto, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida maxsus predmet sifatida o‘qitila boshlandi.
Xullas, tilshunoslik til haqidagi mustaqil fan bo‘lib, uning obyekti tildir. Shuningdek, u tilshunoslikdan tashqari yana bir necha fanlar tomoni- dan o‘rganilishni talab qiladigan murakkab sohadir. Tilning mohiyatini o‘rganish va tilshunoslik fanining predmetini aniqlash o‘z navbatida tilni o‘rganadigan boshqa fanlarning yutuqlarini nazarda tutishni va tilshunos- likning asosiy masalalarini hal qilishda ulami inobatga olishni taqozo etadi. Tilshunoslikboshqa fanlar bilan qanchalik aloqada bo‘lmasin, uning o‘z tadqiqot obyekti va tadqiqot chegarasi mavjud va mustaqil fan sifatida fan- lar sistemasida qat’iy o‘miga ega.
lanish darajasining qay darajada ekanligi bilan belgilangan. Bu - bejiz cmas, albatta. Chunki matematika aniqlikni yoqtiradi. Matematikada har qanday masala aniq o‘z yechimiga, natijasiga ega. XX asrga kelib ko‘pgina matematiklar hamda yaratilgan matematika maktablari matematikani nafaqat aniq fanlarda, xususan, fizika yoki texnikada, balki ijtimoiy fanlarda ham qo‘llay boshladilar. Buning natijasi o‘laroq tilda ekonometrika (iqtiso- diyotda matematik metodlarni qo‘llash), matematik mantiq, matematik lingvistika, kompyuter lingvistikasi kabi terminlar paydo bo‘ldi. Aytilga- nidek, XX asrda matematik mantiq fani mustaqil bir fan sifatida ish ko'rdi. Umuman, matematik mo/it/iymatematikaning o‘ziga xos birbo‘limi sifatida shakllandi. Matematik lingvistika haqida ham shunday fikrlami aytish mum- kin. Lekin shuni ta’kidlash lozimki, matcmatik lingvistikaga maxsus yoki o‘zi- ga xos lingvistika sifatida qaramaslik kerak. Bunda til hodisalarida matematik usullardan foydalaniladi. Eng muhimi, bu bevosita tilga emas, balki nutqqa oiddir. Masalan, ehtimollar nazariyasi yoki matematik statistikaning qoilanishi.
Hozirgi kunga kelib kompyuter lingvistikasi keng rivoj topmoqda. Hatto, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida maxsus predmet sifatida o‘qitila boshlandi.
Xullas, tilshunoslik til haqidagi mustaqil fan bo‘lib, uning obyekti tildir. Shuningdek, u tilshunoslikdan tashqari yana bir necha fanlar tomoni- dan o‘rganilishni talab qiladigan murakkab sohadir. Tilning mohiyatini o‘rganish va tilshunoslik fanining predmetini aniqlash o‘z navbatida tilni o‘rganadigan boshqa fanlarning yutuqlarini nazarda tutishni va tilshunos- likning asosiy masalalarini hal qilishda ulami inobatga olishni taqozo etadi. Tilshunoslikboshqa fanlar bilan qanchalik aloqada bo‘lmasin, uning o‘z tadqiqot obyekti va tadqiqot chegarasi mavjud va mustaqil fan sifatida fan- lar sistemasida qat’iy o‘miga ega.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling