O'zbek tili evfemizmlarining qisqacha izohli lug'ati a agent
Download 25.59 Kb.
|
Lug\'at
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoga keltirmoq
O'ZBEK TILI EVFEMIZMLARINING QISQACHA IZOHLI LUG'ATI - A - Agent - ot. Josus, voqeanavis, ayg'oqchi. Lekin g'oyat ehtiyotkorlik bilan ishlar, chunki agentlar va so'z ovlovchilar qishloqlarda oz emas (Oybek, Nur qidirib). Ajal og'zi - ot. O'lim payti, qazo vaqti. Jigarbandiga "rizqing uzilmasin, bolajonim" degan xavotir-hadikda non tishlatgan mushtipar onalar farzandini armiyaga emas, ajal og'ziga jo'natayotkanday jon hovuchlab qolardi (Xalq so'zi, 2013-yil 30-yanvar). Asr vabosi - ot. Salbiy oqibatlarga olib keluvchi tojsimon virus. Yildan-yilga asr vabosi kasalligiga chalinayotganlar soni ortib borishi xavotirli hol, albatta (Buxoronoma, 2011-yil iyun). Ayol - ot. Xotin, rafiqa (erga nisbatan). Uyda ayolimizga bor gapni aytib berdim. Ayolimiz oldin ishonmadi (T.Murod, Otamdan qolgan dalalar). - B - Begim - ot. Er. Oilaviy munosabatlarda xotinning erga bo'lgan murojaat shakli hisoblanadi. Bekam - ot. 1. Xotin. Er xotiniga qo'llaydigan murojaat shakli. 2. Oilaga, xonadonga yoki xo'jalikka boshchilik qiluvchi ayol. Bog'bonsiz bog' misli cho'l-yobon, Bekasiz uy - suvsiz tegirmon (Qanoatli so'zlar). Beva - ot. Eri o'lgan yoki taloq qilingan xotin, tul, qoqbosh. Nomardning xotini bo'lguncha, mardning bevasi bo'lgan yaxshi (Maqol). Beg'am - sifat. Beparvo, parvoyi falak. - D - Dilband - ot. Bola, farzand. Mushfiq ona ko'z oldida o'sib borar dilbandi (E.Rahimov). Do'mboq - sifat. To'ladan kelgan. Orifning baxti va davlati - go'zal xotiniyu, do'mboq qizi (X.Axrorova, Orifning davlati). Dunyoga keltirmoq - fe'l. Tug'moq, ko'zi yorimoq, yengillashmoq. - E - Egasiga topshirmoq - erga bermoq. "Ra'noni egasiga topshirmagunimizcha, - dedi Nigoroyim, - quyilmaydiganga o'xshaydi" (A.Qodiriy) Enaga - ot. Qarovchi, boquvchi, tarbiyachi. Ikki enga sarpolarni ko'tarib kirib keldilar (S.Abdulla, Toxir va Zuxra). Download 25.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling