Raso - kami yo'q, to'liq, but.
Aqli raso, barno qiz, jonim senga tasadduq (A.Po'lat).
- S -
Savdoyi bo'lib qolmoq - fe'l. Dilgir, dilgirlikka moyil; ma'yus, g'amgin. Aqldan ozgan, telba.
- Jinni bo'libsan! Savdoyi bo'lib qolibsan! - dedi Salimxon Obidiy unga (Mirmuhsin, Umid).
Sochiga oq oralagan - sifat. Qarigan, yoshi o'tgan kishi.
Sochiga oq oralagan bir ayol dorixonaga kirib, dori sotuvchiga: "Oqargan sochlarga biror natsa bormi?"- dedi. (Internetdan).
Sochi oqargan - sifat. Qari, yoshi o'tgan kishi.
To'rdagi stol qarshisida sochlari oqargan doktor o'tirardi (O'.Hoshimov, Bahor qaytmaydi).
So'nngi manzil - ot. O'tkinchi umrning oxirida boriladigan joy; qabr, go'r, go'riston, qabriston.
O'lim to;shagida so'nggi manzilga tayyorgarlik ko'rayotganida ishimizdagi muvaffaqiyatni ko'zimizda yosh bilan nishonlayotgan bu - bizlarmiz (Buxoronoma, 2013-y. 23-fevral).
- T -
Tavallud - ot. Paydo bo'lish, tug'ilish, dunyoga kelish.
Har umrning ikki kuni bor: biri o'lim, biri tavallud (M.Shayxzoda).
Tavallud topmoq - fe'l. Tug'ilmoq, dunyoga kelmoq.
Ibn Sino hazratlari Buxoroi Sharifda tavallud topganlar (O.Yoqubov, Ko'hna dunyo).
Turmush qurmoq - fe'l. Erga tegmoq; Uylanmoq; Xotin olmoq.
Yigirma yil turmush qurib, bola ko'rmadim (I.Rahim, Chin Muhabbat).
- U -
Umr yo'ldoshi - ot. Oilada xotin yoki erga nisbatan qo'llaniladi. Turmush o'rtog'i.
Yo Rabbim, Senga bandalik qiladigan, meni sening yo'lingdanqo'ymaydigan umr yo'ldoshiga ro'baro qil (Ahmad Lutfi Qozonchi, Qaynona).
Uyli-joyli qilmoq - fe'l. Uylantirmoq, xotin olib bermoq.
Axir uyli qilish ota-onaning bo'ynida, bolam (Saodat,2010).
Do'stlaringiz bilan baham: |