O'zbek tili evfemizmlarining qisqacha izohli lug'ati a agent


- O - Ola xurjun bo'yniga tushmoq -


Download 25.59 Kb.
bet5/11
Sana18.12.2022
Hajmi25.59 Kb.
#1029671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Lug\'at

- O -
Ola xurjun bo'yniga tushmoq - fe'l. Xotin olmoq, ro'zg'orli bo'lmoq, ro'zg'or tashvishlarini zimmasiga olmoq.
Har bir yigitning bo'yniga ola xurjunning tushmog'i bor.
Oliy jazo - ot. O'lim; jazoning eng o'g'ir turi.
Mamlakatimizda 2005-yilda oliy jazo bekor qilingan edi (Postda, 2014-y. 14-aprel).
Oqsoqol - ot. Qari, yoshi o'tgan, ba'zan boshqalarga bosh bo'la oladigan kishi.
Oqsoqolning duolarini albatta olish kerak, bolam (Gazetadan).
Ortiqcha vazn - sifat. Juda semiz, beso'nqay kishi.
Ortiqcha vazn odatda, kasallikka sabab bo'ladi (Saodat, 2009).
Otasi - ot. Er, oila boshlig'i. Xotinning eri.
Dunyoning hamma tashvishi sizda, otasi, - dedi Ma'suma beka Me'morga tasalli bermoqchi bo'lib, - bu ish ham xudoning irodasi (Mirmuhsin, Me'mor).
Otaxon - ot. Qari, yoshi ulug' odam.
Davraning to'ridagi otaxonlar bazmga fayz kiritib turipti (Oila va jamiyat, 1997-y. 23-aprel).
Oyog'idan ayrilmoq - fe'l. Biror falokat natijasida cho'loq bo'lib qolish, nogiron bo'lmoq.
Hayot sinovlari uni sindirolmadi. Hatto ikki oyog'idan ayrilsa-da, umidini so'ndirmadi (Buxoronoma, 2013-y. 23-fevral).
Ozodlikdan mahrum bo'lmoq - fe'l. Qonunga xilof nojo'ya ishi, jinoyati tufayli qamalmoq, jazosini o'tamoq.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat huquqida eng og'ir jazo sanaladi (Huquq va burch).
Og'iroyoq - sifat. Homilador, bo'g'oz xotin.
Tog'ay og'iroyoq xotinlarga xos sustkashlik bilan o'choq boshida kuymalanib yurgan Marhamatga e'tibor bermadi (Yoshlik).
- P -
Panja orasidan qaramoq - fe'l. Ishga masalaga rasmiyatchilik, sovuqqonlik bilan qaramoq, beparvo yondashmoq.
Nega uning qilmishlariga panja ortidan qaraysiz? (Sh.Rashidov, Bo'rondan kuchli).

Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling