O'zbek tili evfemizmlarining qisqacha izohli lug'ati a agent


Download 25.59 Kb.
bet3/11
Sana18.12.2022
Hajmi25.59 Kb.
#1029671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Lug\'at

Ilonning yog'ini yalagan - sifat. Juda ayyor, mug'ombir, quv, shum.
Ey, qanaqa go'l odam bo'lmasang o'zing. Bektemirov ilonning yog'ini yalagan odam (S.Ahmad, Hukm).
- J -
Jon bermoq - fe'l. O'lmoq, vafot etmoq, yorug' dunyodan ketmoq; nafasdan to'xtamoq.
Vafot qildi jonkashim, dardkashim. Hozir qo'limda jon berdi (Oybek, Tanlangan asarlar).
Jonidan jon bunyod etmoq - fe'l. Hayot hadya etmoq; dunyoga keltirmoq; tug'moq.
Biz - ayollar shifokorining o'zimiznikilardan tashqari ham doimiy bir yaqinimiz borki, bu - jondan jon bunyod etadigan ayol (Saodat, 2009).
Jufti halol - ot. Qonuniy yoki shar'iy nikohdagi er-xotin.
- K -
Kamko'rk - sifat. Ko'rinishi yoqimsiz, chiroyli emas; xunuk, ko'rimsiz.
- Nima balo, kuyoving kamko'rkmi? (A.Qodiriy, O'tkan kunlar)
Keksa - sifat. Uzoq yashab, katta yoshga yetgan, umrining so'ngi bosqichini yashayotkan; qari, qariya.
Keksalar esa bunday issiq o'ttiz yil burun bo'lganini, o'shanda ham shahar tovaday qizib, odamlar atrof chorbog'larda jon saqlashganini eslashardi (Mirmuhsin, Umid).
Ko'zi ojiz - sifat. Jismonan zaif, ko'r, so'qir odam.
Mobil telefonlarga maxsus programmalarni o'rnatish orqali ko'zi ojiz kishilar obyektni aniqlay olishi mumkin.
Ko'zi yorimoq - fe'l. Bo'shanmoq, tug'moq.
- L -
Loqayd - ravish. Ahamiyat, e'tibor bermay; beparvolik bilan, qiziqmay, befarq.
Qizining ichki maqsadidan bexabar ona loqayd javob berdi (Oybek, Qutlug' qon).
Luqma - ot. Bir chaynam, bir yutum, bir og'iz ovqat.
O'zining javob berishi lozimliginisezgan Usmonpolvon og'zidagi luqmani tez-tez yutib oldi (A.Qodiriy, Obid ketmon).
Lo'mbozdek - sifat. Beso'naqay, katta, qo'pol.
Shaloq darvozga lo'mbozday qulf osig'liq edi (Oybek, O.v. shabadalar).
Lo'ppi - sifat. Do'boq, semiz.
Ko'm-ko'k ko'zli lo'ppi qo'g'irchoqning lo'ppi yuzi olmadek qip-qizil edi (A.Muxtor, Opa-singillar).

Download 25.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling