O'zbek tili evfemizmlarining qisqacha izohli lug'ati a agent
Download 25.59 Kb.
|
Lug\'at
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vakansiya
- - Y - Yalangoyoq
- Yanglishmoq
- Yetuk gavda
- Yolgiz ayol
Uzatmoq - fe'l. Turmushga chiqarmoq, erga bermoq.
Kelin qilsang, yo'qdan qil, qiz uzatsang, borga qil (Qanoatli so'zlar). - V - Vasiyat - ot. Marhumning o'z yaqinlariga aytib yoki yozib qoldirgan topshirig'i, istagi, nasihati. Afandi o'g'liga vasiyat qildi: Men o'lsam eski narsalardan kafan qilib go'rga qo'yinglar ("Latifalar") Vakansiya - ot. Bo'sh o'rin, band qilinmagan vazifa. Vakansiya yo'q. Vakansiyani egallamoq. - X - Xizmatchi - ot. Ko'cha-ko'y, hovliva bog'larga suv sepib, supurib-sidirib yuruvchi xizmatkor; qorovul. O'nlab xizmatchilar hafsala bilan yer supurgan, meshkobchilar etaklarini belbog'ga qistirib, suv sepgan (S.Siyoyev, Avaz). Xo'jayin - ot. Er, oila boshlig'i, umr yo'ldoshi. Xo'jaynim vafot etkanlaridan so'ng farzandlar tarbiyasi, ro'zg'or tashvishi zimmamga tushdi (Oila va jamiyat, 1998-y. 19-yanvar). - Y - Yalangoyoq - sifat. Qashshoq, o'ta kambag'al, yalang'och odam. Egnida bir yengi tirsakdan, bir bari tamomanyo'q ilma teshik bo'z yaktak, yalangoyoq cholni ko'rib G'ulomjonning yuragi ezilib ketti (M.Ismoiliy, Farg'onada tong otguncha). Yaltirbosh - sifat. Kal, kalbosh. Xayr, mayli, - dedi boshqa bir ishchi, - ularning yaltirboshlarini miltiq dorisi bilan davolaymiz (S.Ayniy, Qullar). Yanglishmoq - fe'l. Haqiqatga yoki biror qonun-qoidaga xilof ish tutmoq; xato qilmoq, adashmoq. Yakka qolgan Saodat qadrining poymol etilganidan, yanglishganidan to'yib-to'yib yig'ladi (Saodat). Yengil bo'lmoq - fe'l. Homiladorlik muddati nihoyasiga yetmoq, tug'moq. Bo'shanmoq. Endigina yengil bo'lgan onalar o'zlarini uzoq muddat ehtiyot qilishlari kerak (Saodat, 2009). Yetuk gavda - sifat. Semiz, o'ir vazndagi kishi. Uning yetuk gavdasi harakatlariga halal berardi (Buxoronoma, 2018-y. 26-sentyabr). Yollanma ishchi - ot. ma'lum shartlar asosida ishlaydigan, yollangan xizmatchi. O'z istagi bilan xizmatkor. Shirkat vakili yollanma ishchilarni ikkiga ajratadi (S.Siyoyev, Yorug'lik) Yolg'iz ayol - sifat. Ersiz, eri o'lgan yoki eridan ajrashgan xotin. Ayniqsa, yolg'iz ayol jamiyatga moslasha oladimi? (Hurriyat, 2018-y. 26-sentyabr). Download 25.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling