O‘zbek tili fonetikasi


Chuqur til orqa [q], [x], [g‘] undosh fonemalari


Download 210.89 Kb.
bet38/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Chuqur til orqa [q], [x], [g‘] undosh fonemalari


[q]-chuqur til orqa portlovchi tovushdir. O‘zbek shevalarida so‘zlarning barcha o‘rinlarida uchraydi:

qush > kush

kuda > quda yaqin > yaqn qishloq > qshleq qorni > qenn’

baqirgan > baqыrgen

Shevalarda [q] bir qancha variantlarga ega. So‘z o‘rtasida intervokal pozitsiyada, yoki sandhi holatida jaranglashib [g‘] tarzida talaffuz etiladi. Bu holat asosan j-lovchi shevalar uchun xos bo‘lib, adabiy tilda va y-lovchi shevalarda ayrim grammatik formalarni yasash uchungina qo‘llaniladi:

o‘rtoq > orteg‘’m qishloq > q’shleg‘’m quloq > quleg‘’m qayiq > qayig‘’m

Misollardan ko‘rinib turganidek, [q] bilan tugagan so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, [q>g‘] almashinuvi sodir bo‘ladi. Bir bo‘g‘inli va ba’zi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar bundan mustasnodir:

oq > eqi o‘q > oqi to‘q > toqi

ittifoq>itt’feqi

J-lovchi shevalarda ayrim so‘zlarning boshida [q] [g‘] kabi talaffuz etiladi: qarg‘a > g‘arg‘a

quzg‘un > g‘uzg‘un qo‘zg‘abdi > g‘’ozg ‘apm’

Toshkent, Namangan, Marg‘ilon shevalarida esa so‘z oxirida [q] jaranglashishi kuzatilgan:

o‘rtoq > orteg‘ (tosh) qishloq > qoshleg‘ q’shle qirq > q’rq, q’rg‘ (nam) yo‘q > yoq, yog‘

[q] ning spirantlashib [x] ga o‘tishi j-lovchi shevalar uchun ham, y-lovchi shevalar uchun ham xosdir. Masalan:

vaqt > vextm to‘qson > toxsen

chiqdi > chixto‘ // ch’xte (yl) maqsad > maxsat // mexset (yl) qirqta > q’xte < q’rxte

Ayrim shevalarda [q>v] hodisasi mavjud: ayiq > ayuv, ba’zan ay’g‘ qamoqda>qamevde

Ba’zi so‘zlar oxirida [q] ning tushishi natijasida undan oldingi unli ikkilamchi cho‘ziqlikka ega bo‘ladi:

qone: botqa < qo‘noq bo‘tqa shald’re:pul < shaldiroq pul 1 yo:uyemes < yo‘q u emas oy’ng qeye:de < oying qayoqda

[X] fonemasi. Bu tovush jarangsiz sirg‘aluvchi tovush bo‘lib, portlovchi [q] ning juftidir. [X] undoshi o‘zbek tilining barcha shevalari uchun xosdir. Lekin jlovchi shevalarda [x] o‘rnida asosan [q] yoki [qx] affrikati qo‘llaniladi: qxat, qxato‘n, qxыzmat, qxalayo‘q.

Ayrim y-lovchi shevalarda ham [x>q] hodisasini kuzatish mumkin. Xususan,

Namangan shevasida: masxara>masqara

daraxtga > daraqqa

Sporadik ravishda [x>v] almashinuvini kuzatish mumkin: jo‘xori > djoveri

[g‘] chuqur til orqa, sirg‘aluvchi undosh tovushdir. [g‘] fonemasi so‘zlarning barcha o‘rinlarida kela oladi. J-lovchi shevalarda bu tovush ko‘pincha bilabial [v] yoki [y] tovushiga o‘tadi: 2

jl. Achuv > ach: uv < achchig‘i av z > ev z // evuz < og‘iz buvday // biydey < bug‘doy suverdu < sug‘ordik

av r < og‘ir tuvra < to‘g‘ri

Ba’zi shevalarda [g‘] jarangsizlashib, portlovchi [q] tovushiga o‘tadi: J-l. baqchadan ottu < bog‘chadan o‘tdi





Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling