O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet35/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Til oldi sonor undoshlar


[N] fonemasi. O‘zbek tili shevalarida bir qancha variantlarga ega. Masalan, ko‘pgina shevalarda sporadik ravishda [n>l] almashinishi uchraydi:

nodon > (jl) ladan lekin > nek’n ko‘ylak > koynek

Tushum kelishigi affiksidagi n tovushi jarangli undoshlardan keyin kelib d ga o‘tadi: sizni > s’zd’ - tosh., nam. s’zz’

oyni > eyd’ birovni>b’revd’

Til orqa undoshlaridan oldin kelganda [n>ng] o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. yaqin qoldi > yeqo‘ng qelde

maymuncha > meymungche men keldim > meng keldim senga > (nam) sengge

So‘z o‘zagining oxirida n fonemasi undosh tovush bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda, assimilyatsiyaga uchraydi:

n>m: ko‘rinmay > korummey tinmay >t’mmey

bir nima > b’nn’me g‘uncha > g‘umche

n>t: hech nima > h’sht’me

Toshkent, Namangan shevalarida so‘z o‘zagiga ko‘plik affiksi qo‘shilganda, n

progressiv assimilyatsiyaga uchraydi va quyidagicha o‘zgaradi: ishni > ‘shsh’ tuzni > tuzz’

suvni > suvv’ mixni > m’xx’ kimni > k’mm’

Singarmonistik y-lovchi shevalarning yalovchi gruppasida va dj-lovchi shevalarda bir-biriga zid bo‘lgan [l*] va [l] undoshlari mavjud. Old qator unlilar bilan yondosh kelganda [l*], orqa qator unlilar bilan esa [l] talaffuz etiladi.

to‘la > tola oldi > aldы

oltin > altыn tilla > til’l’e bo‘lak > bel’ek pila > pill’e

Boshqa shevalarda esa o‘zbek adabiy tilidagi kabi old va orqa qator oralig‘ida o‘zgarib turuvchi faqat bitta [l] fonemasi mavjud.

Dj lovchi shevalarda [l>n] almashinuvi mavjud. Agar so‘z [m] yoki [ng] tovushlari bilan tugagan bo‘lsa [l] [n] ga o‘tadi.

kamlik > kemnik

choy damlab > cheydomnep imladi > imnedi

Bunday almashinuvni Toshkent, Namangan shevalarida ham kuzatish mumkin: boraylik > ber’ynuk

bersaylik > ber’ynuk chiqaylik > ch’qaynug

Namangan shevasida II shaxs buyruq fe’lida l>n o‘tadi. keltiringlar > kelturu:ne

yuringlar > yuru:ne kelinglar > kel’:ne boringlar > ber’:ne

Assimilyatsiya natijasida [l] quyidagicha o‘zgarishlarga uchraydi. aldab > allap

mamalakat > memneket ko‘ngling > kengning

Regressiv assimilyatsiya: bilmadim > b’lmedim ayrilmaydi > ayrыmmaydы

Sporadik ravishda djlovchi shevalarda [l] [r] bilan almashadi: o‘lja > erdje

jig‘ildon > djыg‘ыrdon dumbul dedi > dumburdedi

Bir bo‘g‘inli fe’llarda l tushib qoladi: qilib > qo‘b kelinglar > kengner

ol > o. kel > ke

Ko‘plik affiksidagi [l] ham tushishi mumkin: bizlar > bizer || bize

sizlar > sizer

[R] fonemasi til oldi titroq tovushdir. Asl o‘zbekcha so‘zlarda [r] asosan so‘z o‘rtasida uchraydi: terep

otur derrev arpa

Ayrim shevalarda, xususan, Namangan shevasida [r] turg‘un holatga ega emas, chunki ba’zan talaffuzda tushib qoladi yoki assimilyatsiyaga uchraydi.1



[R] fonemasi fakultativ-sporadik ravishda quyidagicha o‘zgarishga ega bo‘ladi:

r>y: ro‘mol > yl. Yom l. ro‘para > and. yepere r>l: anjir > jl.endjil zarar > yl.zelel

karidor > kal’dor

devor > toshk.devel || nam.devel || and.duvol r>d: bayroq > djl.baydaq.

Ayrim o‘rinlarda [r] progressiv va regressiv assimilyatsiyaga uchraydi: marta > jl.mette

o‘rni > onnы surnay > sunney

ertasiga > marg‘.etten’s’ge zanjir > zendj’l chorvadorlar > charvadallar

Y-lovchi shevalarda [r>y] almashinuvi uchraydi: ro‘paramda > yoperemde (nam).

ro‘mol > yomel (toshk).

bir > bi:r > biy (qorabuloq)2

Namangan shevasida sporadik ravishda [r>v] hodisasi uchraydi: duradgor > duvedgor.

Ayrim o‘rinlarda [r] tushishi mumkin: Jl. tekre qo‘lo‘p < takror qilib aylo‘g‘ elado‘m < oylik olar edim turgan > to‘g‘an, beratыg‘an.

Bu hodisani y-lovchi shevalarda ham kuzatish mumkin: dasturxon > destexon

qirqta > q’xte charx > chex charm > chem barg > bey.




Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling