O‘zbek tili fonetikasi
Til orqa undosh fonemalar
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
Til orqa undosh fonemalarTil orqa undoshlar 2 guruhga bo‘linadi: Sayoz til orqa undoshlar: k [k||x], g [g||g’], [ng] Chuqur til orqa undoshlar: x, q, g‘ [g‘//g‘] [k] fonemasi sayoz til orqa portlovchi undosh bo‘lib, barcha shevalarda so‘zning hohlagan o‘rnida uchrashi mumkin: kiprikni > k’pr’kte ko‘pchilik > kepchilik kiyik > kiyik So‘z oxirida va o‘rtasi [k] spirantlashib [x] ga o‘tishi mumkin: ko‘klam > jl.kex’lem maktab > yl.mex’tep eksa ekdik > yex’se,yex’t’k ko‘knori > kex’neri // jl.kux’neri nariroq > jl.nererex’ bo‘lak > belex’// b’lex’ ellik > marg’.yell’x’ So‘z oxirida [k>y] hodisasini kuzatamiz. Bu o‘zgarish so‘zga affiks qo‘shilganda ham saqlanib qoladi: etik > yet’y eshikni > yesh’yd’ bilakka > b’ley’e tekkan > tiygen 1 laylak > leyley boychechak > beych’chey2 Lab undoshlaridan oldin sandhi holatda [k>v] hodisasi yuz beradi: tuzuk bo‘ladi > tuzuv boladы ellik besh > eluv besh Ayrim so‘zlarda [k] ning [g] ga o‘tishini kuzatishimiz mumkin: karnay > jl.gerney kekirdak > jl.gegirdek Xorazm shevalari uchun so‘z boshida [k>g] almashinuvi normal hodisadir: kel > gel ko‘r > ger ko‘z > gez va h.k. [k>g] hodisasi so‘z o‘rtasida, sandhi holatida ham kuzatiladi: ekin > eg’n (jl) tikish > t’g’sh (jl) Y-lovchi shevalarda k bilan tugagan ayrim so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda k jaranglashadi: yurak > yureg’m chelak > cheleg’m Sandhi holatda k // g almashinuvi barcha shevalar uchun xosdir: terak ekadi > tereg-eked’ kerak ekan > kereg-eken mushuk emas > mushug-emes. Juda kam bo‘lsa-da [k>ng] hodisasi uchraydi: tikilib qaradi > ting’lip qarado‘ (jl) kezaylik > nam.kezeynug// kezoynung suzaylik > nam.suzeynung J-lovchi shevalarda so‘z oxirida k tushishi mumkin: kichik > k’ch’ tirik > tiri kerak > kere Ayrim hollarda so‘z o‘rtasida ham k tushishi mumkin: etaklab > and. yetelep // j-l. etelep
undoshi [k] ning jarangli ekvivalentidir. Bu tovush ham sayoz til orqa undosh bo‘lib, so‘zning barcha o‘rinlarida kela oladi: gul > gul yigit > yig’t chigit > chig’t gavda > gevde Xorazm shevalarida [g] yumshoq talaffuz etilib, sifat jihatdan [y]ga tenglashadi: kelgan > g’elg’en > g’elyen G > y almashinuvi boshqa shevalarda ham uchrashi mumkin: tegma > tiyme sigir > siyir egdi > iydi tegirmon > tiyirmen (jl) Ayrim shevalarda [g] o‘rnida [k] ishlatiladi: choker qovun < cho‘gir kevdal’ < gavdali.1 [g] assimilyatsiyaga uchrashi mumkin: xatga > xatke bekatga > beketke Ba’zi shevalarda g>v almashinuvi kuzatiladi. Talaffuzda ba’zan [v] tushishi mumkin: te: d’sem te: m’yd’, te: me d’sem te: ved’.2 Jlovchi shevalarda [g] o‘rnida [g‘] ishlatilishi mumkin: menga > megen ~ mg‘an senga > segen ~ sag‘an unga > ug‘an ~ og‘an.3 [Ng] tovushi shevalarda bir xil emas. Ayrim shevalarda, xususan, j-lovchi va singarmonistik ylovchi shevalarda [ng]ning til oldi unlilar bilan qo‘llanuvchi [ng^] va til orqa unlilar bilan qo‘llanuvchi [ng] variantlari mavjud . Y-lovchi shevalarda esa [ng^] va [ng] oralig‘idagi birgina [ng] tovushi qayd etiladi. Lekin shunga qaramay, ayrim o‘rinlarda [ng] yumshoqroq, ayrim o‘rinlarda esa bir oz qattiqroq talaffuz etiladi. Masalan: keling > kel’ng akang > ekeng daftaring > depter’ng. Keltirilgan misollarda [ng] bir oz palatallashgan holda talaffuz etiladi. Andijon shevasining baliqchi podgruppasida [ng] bir muncha qattiq talaffuz etiladi: keling > kel’ng oling > olng qo‘ying> qoyng kabi. Y-lovchi shevalarda [ng> y] almashinuvi sodir bo‘ladi: qoshingni > qosh’yn’ onaning koyn’ bolede, bolen’ koyn’ dalada koyn’ < ko‘ngli
Andijon shahar shevasida [ng] tushiriladi: onangiz > onez ko‘nglingiz > koyn’z otangiz > otez singlingiz > s’:n’z Grammatik formalarda [ng>y] va [y] ning tushib qolishi ikkilamchi cho‘ziq unlining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi: noningni>nen’yn’>nen’:n’ Yozdingmi > yezd’ym’ > yezd’:m’ Ayrim shevalarda [ng] o‘rnida [n] kelishi mumkin: saninda bole dunyede be:m’ken? (seningdek) jl. mыlыxtan og‘ыday < miltiqning o‘qiday.
Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling