O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet34/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Til oldi undoshlari


Til oldi undoshlari ovozning ishtirokiga ko‘ra ikkiga – shovqinli [t, s, d, ch, sh, j] va sonorlar [r, l, n] ga bo‘linadi.

Til oldi shovqinli undoshlar jarangli-jarangsizlik belgisiga ko‘ra quyidagi juftliklarga hosil qiladi: [t-d], [z-s], [ch-j].



[T] undoshi. Bu tovush til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh bo‘lib, so‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchraydi: tentak, ketti, ot, bet, ket, ta’lim-tarbiya, katta, paxta, terim, to‘yona.

Ko‘pgina shevalarda [t] jaranglashib [d] ga o‘tadi. Turli shevalarda bu hodisa turlicha qabul qilingan: ayrim dialektlarda sporadik ravishda qabul qilingan bo‘lsa (m-n: djlovchi shevalarda), boshqalari uchun normal holat hisoblanadi (masalan:

xorazm shevasi). Misollar: j-lovchi shevalarda: deyirmen| diyirmen~dыyыrmen

dog‘ishup < to‘qishib dudun < tutun donguz < to‘ng‘iz.

Xorazm shevalarida: dag‘< tog demir < temir

depki < tepki derek < terak

delledim < terladim.

Ko‘p shevalarda [t>ch] almashinuvi kuzatiladi: tish>chish

tush>chush.

[T] assimilyatsiyaga uchrab, quyidagicha o‘zgaradi: t > s: aytsa > eysse

ketsa > kesse eshitsa > eshisse

t ettem’nem t yig’ller

atlas > elles

Dissimilyativ o‘zgarishlar ham uchraydi: ittifoq > intipoq.

Ba’zan so‘z oxirida [t] tushiriladi: go‘sht > gosh

musht > mush do‘st > dos

Ayrim hollarda so‘z o‘rtasida ham [t] tushishi mumkin: vaqtli > vexl’

dasturxon > dasexen (jiz. shevasida).

[D] fonemasi jarangsiz [t] ning jarangli ekvivalenti hisoblanadi. U so‘zning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi. So‘z oxirida aksariyat [t] holida talaffuz qilinadi:

dot>det mard>mert avlod>evlat

J-lovchi shevalarda bir xil sharoitda ham [t] ham [d] ishlatilishi mumkin: O‘ldir > eltir, lekin qoldir > qaldo‘r

Ayrim so‘zlarni talaffuz qilganda, tarkibidagi etimologik [d] tovushi tushib qoladi:

baland > belent > belen xursand > xursent > xursen

J-lovchi shevalarda taraddud so‘zi teredi shaklida talaffuz etiladi. Bunda o‘rtadagi va oxiridagi [d] tovushi tushiriladi.

J-lovchi shevalarda va ayrim ylovchi shevalarda [d] ning quyidagicha o‘zgarishlarini kuzatish mumkin:

d > l: aldamoq > ellemoq

hidlab > hillep

d > n: kelganda > kegenne indamaydi > innemeydi undan keyin > inney key’n d > sh: podsho > p shshe

d y: sudradi > suyrede aldirildi > so‘yro‘ldo‘

[S] fonemasi shevalarda turli variantlarga ega. Deyarli barcha shevalarda [s>ch] o‘zgarishlari mavjud:

soch > choch sochiq > chechiq sichqon > chichqen

sochmoq > chechmeq

Supurgi, suvamoq kabi so‘zlarda anlaut pozitsiyadagi [s] tovushi [sh] bilan almashadi:

supurgi > shipirgi, djlovchi sh’pqrg‘q suvamoq > shuvemoq

Dj-lovchi shevalarda [s>dj] almashinuvi mavjud: sovchi > djovchы

Toshkent shevasida anlautdagi [s] ning [t] ga o‘tishi kuzatiladi: sirpanchiq > t’rpanch’q

Bus-butun so‘zining bus elementidagi [s] ham shevalarda [t] kabi talaffuz etiladi:

but-butun

[Z] fonemasi [s] ning jarangli juftidir. J-lovchi shevalarda y-lovchi shevalarga nisbatan kam qo‘llaniladi. So‘z oxirida jarangsizlashib [s] kabi talaffuz etiladi. Masalan:

zog‘ora > z g‘ re ziynat > ziynet so‘z > soz // sos ko‘z > koz // kos bordingiz > berdiz ozgina > ezgine qizilcha > qo‘qlche

kunduz > kunduz // kundus

Shevalarda [z>y] o‘zgarishlarini uchratishimiz mumkin: so‘zla > seyle

zanjirla > yenj’lle (jiz.shevasi).

[Sh]-jarangsiz sirg‘aluvchi tovush. So‘zning barcha bo‘g‘inlarida uchratish mumkin:

shali > sheli // shalы (jlovchi) ergash > ergesh

osh > esh go‘sht > gosh

pishgan > p’shken tushib > chush’p

Dj - lovchi shevalarda [sh>s] o‘zgarishi kuzatiladi: bosh > bes

tosh > mes besh > bes

Ayrim shevalarda [sh] assimilyatsiyaga uchraydi: ishchi > ichchi

qo‘shchi >kochch (jlovchi sh.) pishsin > p’ss’n

qo‘shsa > qesse

Shevalarda ayrim so‘zlarning talaffuzida boshlang‘ich [sh] tushib qoladi. shisha > ‘shshe

shishibdi > ‘sh’pt’ Ayrim so‘zlarda sh orttiriladi:

eshak > ‘shshey (jiz.sh.) // eshshek (and. sh).

[Ch] fonemasi. Bu tovush til oldi, jarangsiz affrikat undosh bo‘lib, birmuncha palatallashgan holda [sh] kabi talaffuz etiladi. O‘zbek tilining barcha shevalari uchun xos bo‘lib, statik normal fonema hisoblanadi.

echim > (dj.sh) cheshuv echib > (dj.sh) cheship soch > chech

Toshk.shev.: chey, echchu, chech, qulech.

Shevalarda [ch] affrikati [sh] bilan almashadi. Lekin bu holat barcha shevalarda bir xil emas. J-lovchi shevalar uchun normal holat hisoblansa, y-lovchi shevalarda fakultativ-sporadikdagina uchraydi, masalan:

ochdi > oshte nechta > n’shte

qornim ochdi > q in’m oshte hech nima>h’sht’me

uchta > ushte ichdi > ‘sht’

djl. Shay || shey < choy

[Ch] assimilyatsiyaga uchrab quyidagicha o‘zgarishlarga ega bo‘ladi. uch so‘m > ussom

kuchsiz > kuss’z Hadicha > Xechche

[J] fonemasi – til oldi, jarangli affrikat. Y-lovchi shevalarga nisbatan dj-lovchi shevalarda bu fonema ko‘proq qo‘llaniladi, j-lovchi shevalarda esa [dj] [j] bilan almashtiriladi:

y lovchi: yo‘q // j lovchi: djoq-joq yesh // djash - jas

yexshi // djaxshы - jaqsы

[J] bilan boshlanuvchi arab, fors tillaridan kirib kelgan ayrim so‘zlar o‘zbek tili va shevalariga o‘zlashib, o‘zbek tili lug‘at sostaviga singib ketgan: djen, djenbez, djeven, djey, djeng, djendjel, djehen, djuven, dj’hez, djedvel, djenub va h.k.

Ayrim shevalarda [j] kuchsizlanib y ga o‘tishi mumkin:

majlis > meyl’s

Bu holat jlovchi shevalar uchun ham xosdir. [j//y] almashinuvida ko‘pincha turg‘unlik holati buziladi va bir so‘zning o‘zida ham [j], ham [y] uchraydi: yegen // djegen

yaxsh’ // djaxsh’ yaproq // djaproq yoldosh // djoldosh.

Sporadik ravishda [j>sh] xususiyati uchraydi: xurush < xuruj

Ayrim jlovchi shevalarda ba’zan [j] affrikatining ikkinchi sirg‘aluvchi elementi tushib qoladi: dasto‘k < jasto‘q // yostiq.




Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling