«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Arxiaklashish hodisasining grammatik birliklarda uchrashi


Download 445.56 Kb.
bet57/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Arxiaklashish hodisasining grammatik birliklarda uchrashi
Arxiaklashish hodisasi tilning grammatik birliklarida, xususan, affiksal 
morfemalarda va shu morfemalar ishtirokida shakllangan grammatik formalarda





ham uchraydi. Mas., fe’lning sifatdosh shakllari qadimgi turkiy tilda “-mish” va


mыsh” (Ta’ngrida’ bo’lmыsh turk Bilga’ qag’an.-“Tangridan bo’lgan turk Bilga 
xoqon”), “-duq” va “du’k”, “tuq” va “tu’k” (barduq yerda’-“borgan yerda”,

boltuqda-“bo’lganda”) morfemalari vositasida yasalgan


1
, hozir esa bu funksiyada, 

asosan, “-gan” affiksi qo’llanadi: ( bo’lgan, borgan kabi) “-duq” va “du’k”, “tuq”


va “tu’k” morfemalari esa grammatik (affiksal) arxaizmga aylangan. Ba’zi 
morfemalar hozir tilda bor bo’lsa-da, ularning talaffuzi eskirgan bo’ladi: “Yana biri

Mahmud barlos edi. Navandokliq barloslardindur. Sulton Abusaid Mirzo qoshida

ham bek edi. Sulton Abusaid Mirzog’a Iroq viloyati musaxxar bo’lg’onda

Kirmonni Mahmud barlosg’a berib edi...” (“Boburnoma”dan). Bu gapda


qo’llangan “-din”, “-dur”, “-g’a”, “-g’on” morfemalari hozirgi “-dan”, “-dir”, “-
ga”, “-gan” morfemalarining eskirgan variantlaridir, bunday variantlat
tilshunoslikda fonetik-grammatik arxaizmlar deb ham yuritiladi. 






Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari 
Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari: 
1. Leksik arxaizm hozirgi paytda mavjud bo’lgan narsa-hodisaning eskirgan
nomidir. Istorizm esa o’tmish voqeligining nomi. 
2. Voqelikning hozir mavjudligi uning eski nomi (leksik arxaizmi) o’rnida
yangi nom bo’lishini taqozo qiladi: yuz (hozirgi so’z) – yonoq (arxaizm), lab 
(hozirgi so’z) – dudoq (arxaizm), dushman (hozirgi so’z) – yog’iy (arxaizm),

qo’shin (hozirgi so’z) – cherik (arxaizm) kabi. Bu hol tilning lug’at boyligida


sinonimik qatorlarni shakllantiradi. 
Istorizmlar tomonidan nomlangan o’tmish voqeligi hozir yo’q, binobarin,
ularning (iatorizmlarning) hozirgi tilda sinonimlari ham bo’lmaydi. 
3. Leksik arxaizmlarning yuzaga kelishida sinonim so’zlar orasidagi uslubiy
munosabatlar 
muhim
rol o’ynaydi: 

birining


faollashuvi ikkinchisining 
passivlashuviga, arxiaklashuviga olib keladi. Istorizmlarda esa bunday munosabat
bo’lmaydi: voqelikning yo’qolishi shu voqelik nomi bo’lgan so’zning 
(leksemaning) lug’atdan butunlay tushib qolisiga sabab bo’ladi.

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling