«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I
Nutq ko’rinishlariga xoslangan leksemalarning
Download 445.56 Kb.
|
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida nutq ko’rinishlariga xoslanish
Nutq ko’rinishlariga xoslangan leksemalarning
badiiy asar tilida qo’llanishi leksemalarning nutq ko’rinishlariga xoslanishi haqida gap ketganda, ularning badiiy asar tilida qo’llanishini alohida baholash kerak, chunki badiiy nutq bilan badiiy asar tili bir hodisa emas: badiiy nutq adabiy nutqning bir ko’rinishi, u albatta adabiy til me’yorlariga bo’ysundiriladi; badiiy asar tilida esa adabiy til me’yorlaridan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi: badiiy asardagi personajlar tilining tipiklashtirilishi shuni taqozo qiladi, demak, badiiy nutq badiiy asar tilining yetakchi komponenti, ammo yagona komponent emas. Unda badiiy nutq bilan parallel ravishda, asardagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, so’zlashuv nutqi qoliplari va elementlaridan, umumnutq qatlam so’zlaridan ham foydalaniladi: muallif nutqi, muallif tili shaklida berilayotgan bayon va izohlar, asosan, adabiy nutq me’yorlariga tayanadi (so’zlarning tanlanishi ham shunga asoslanadi), obraz va personajlar tilida esa funksional uslubning barcha turlaridan foydalaniladi. So’zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida nutq ko’rinishlariga xoslanish So’zlarning fonetik tarkibida, grammatik shakllarida nutq ko’rinishlariga xoslanish: 1. So’zlashuv nutqida, ayniqsa, oddiy (jonli) so’zlashuvda: a) So’z, so’z formalari va so’z birikmalari tarkibidagi ayrim tovushlar (ba’zan bir necha tovush) tushib qoladi: obor (aytvor (pasqam ( bolla (mashu ( b) Ba’zi tovushlarning so’z tarkibidagi o’rni almashadi (so’zning metatezaga uchragan shakli qo’llanadi): turpoq (, tervat (to’rg’amoq ( d) Bir tovush o’rnida boshqa tovush (fonemaning fakultativ varianti) qo’llanadi: kegin (shoyi (ko’ynak (qalmoq ( kabi; e) So’z boshida, o’rtasida yoki oxirida tovush orttiriladi: o’ris (ishkop (tanka (banka ( f) So’z tarkibidagi ayrim unlilar uslubiy maqsadda cho’ziladi: ho-o-zir, ka- a-a-atta, ayta qo-o-l, jo-o-onim kabi; g) So’z tarkibida bir xil undoshlar qavatlantiriladi, bunda so’z urg’usining o’rni ham ko’pincha o’zgartiriladi, shu tariqa leksemaning ma’nosida ta’kidlash, erkalatish, yalinish, ma’noni kuchaytirish kabi ottenkalar ifodalanadi: maza`- ma`zza, yasha`-ya`shsha kabi; h) So’zlashuv nutqida kishi nomlarining, so’z yoki so’z birikmalarining qisqartirib talaffuz qilinishi ham uchrab turadi: Guli (Dilfuz ( Muqad (Dilor (kilo (marshrutka (metro ( i) So’zlashuv nutqida intonatsiyaning ham o’ziga xos o’rni bor: nutqiy vaziyatga qarab u tez-tez o’zgarib turishi, bunda xabar-darak, so’roq, buyruq mazmuni, taajjub, gumon, qat’iylik kabi ma’nolar ifodalanishi mumkin; j) fe’lning –b (-ib) affiksi bilan yasalgan ravishdosh shakli hamda “-gan“ affiksi bilan yasalgan sifatdosh shakli “edi” to’liqsiz fe’li bilan birga kelganda “- uvdi”, “-gandi” shakllarida qo’llanadi: aytuvdi (boruvdi ( yozuvdi (aytgandi (borgandi (yozgandi ( k) so’zlarning subyektiv baho shakllariga keng o’rin beriladi: akajon, Lolaxon, dadamlar, yigitcha, qizaloq kabi. Download 445.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling